• 1. Majburiy konveksiyada issiqlik almashinuvi (ishlar sikli).
  • Aesning parogeneratorlari va turbomashinalari




    Download 210.82 Kb.
    bet1/11
    Sana05.03.2024
    Hajmi210.82 Kb.
    #167526
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    AESPG va TM laboratoriya
    8-декабр Конституция, Xayot faoliyati xavfsizligi test 3-kurslar uchun, Arxeologiyadan test, Test ingliz tili, М Б Мўминова Тижорат банклари актив операцияаларини бошқариш стратегияси, tahlil 1, 28-fevral, 2023-y, 1-amaliy mashgulotlar EEE “ELEKTR TARMOQLARI VA TIZIMLARI”, Tarbiya faniga ta\'lim innovatsiyalarini tatbiq etish 2, Xix asrning 70-90 yillarida turkiston o\'lkasida xalq ozodlik har, 6.1, 21 Устав лотин 25 08, KO\'RILDI, 5-ma\'ruza (1), Tarbiya ijtimoiy-tarixiy zarurat sifatida Tayyorlagan




    AESNING PAROGENERATORLARI VA TURBOMASHINALARI


    fanidan
    Tajriba mashg`uloti


    Bajardi: ________________________
    Qabul qildi ________________________
    2023


    Laboratoriya ishlarini bajarish bo‘yicha xavfsizlik qoidalari

    « AESning parogeneratorlari va turbomashinalari» laboratoriyasidagi asboblar elektr tokida ishlaydi. Shuning uchun ma’lum bir sharoitlarda, o‘rnatilgan qoidalarni buzish natijasida, laboratoriya dastgohlari insonni elektr toki urishi mumkin bo‘lgan yoki turli ko‘rinishdagi jarohatlanishi mumkin bo‘lgan manbaga aylanadi. Talabalarni yaqinlashtirishi, kirishi mumkin bo‘lgan asboblar mashinalar va ishga tushirish apparatlari tarkibiga kirgan laboratoriya jihozlarini montaj qilganda vaziyat yana ham jiddiylashib laboratoriya ishlarini bajarishda yana ham xavf kuchayadi.


    Inson badani elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lganligi sababli kuchlanish ostida bo‘lgan ikkita, elektrdan izolyasiya qilinmagan elementga tegib ketish natijasida (shunday elementlardan biri elektr mashinasining yoki transformatorning ustki qobig‘i bo‘lishi mumkin) inson badanidan elektr toki o‘tadi. Tokning xavfli qiymatlarida bu narsa yoki kuchli qo‘yishga (elektr jarohat), yoki inson organizmidagi (jismidagi) asab, yurak va nafas olish yo‘llarini lat eyishiga olib keladi (elektr zarbasi). Elektr toki bilan shikastlanish oqibati yomon bo‘lib, ba’zan o‘lim bilan yakunlanishi ham mumkin.
    Talabalarni elektr mashinalari bilan ishlashining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmasligi natijasida faqatgina elektr toki bilangina shikastlanib qolmay, balki, elektr mashinalarining tormozlash (to‘xtatish) qurilmalarining aylanuvchan qismlari tomonidan mexanik zarbalarga ham uchrashlari mumkin. SHu narsani esda tutish kerakki, kuchlanish ostida laboratoriya jihozlarini ko‘p elementlari tegib ketishi mumkin bo‘lgan masofada joylashgan: aylanuvchi qismlar esa himoya qurilmalariga ega bo‘lishiga qaramay kiyim - kechakni «ilib» tortib ketishi yoki qattiq tegib ketishi mumkin. SHuning uchun talabalar laboratoriyada o‘ta ehtiyotkor bo‘lib, quyidagi texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari darkor:
    1) laboratoriyalarda bo‘lish paytlarida talabalar o‘ta ehtiyotkor, intizomli va hushyor bo‘lishlari kerak; o‘qituvchi va laborantlarning barcha ko‘rsatmalarini og‘ishmay bajarishlari kerak; faqat tekshirilayotgan laboratoriya dastgohi oldida bo‘lishlari kerak;
    2) boshqa qurilmalar va jihozlarga, taqsimlovchi punktlarga, pultlarga yaqinlashish va ularni, o‘chirib-yoqish ishlarini o‘zboshimchalik bilan qilish qat’iy taqiqlanadi; kuchlanish ostida bo‘lgan sxemani uning izolyasiya qilinmagan tok o‘tkazuvchi qismiga kimdir tegib turgan bo‘lsa ulash, sxema ulanishini almashtirish, elektr mashinalari ishlab turganda uni aylanuvchi qismlariga tegish yoki ustiga yaqin masofada egilish, laboratoriya qurilmasini yoki uning kuchlanish ostida bo‘lgan ayrim asboblarini kuzatuvchisiz qoldirish mutlaqo mumkin emasdir;
    3) Siljigichlar yoki ishga tushirish apparaturalarining dastagi jildirilganda albatta qo‘l izolyasiya qilingan dastagiga tegib turganligiga ishonch hosil qilish kerak;
    4) Talabalarning kiyimida bo‘yin va bosh ro‘mollarining, galstuklarning; boshqa narsalarning uchlari osilib turmasligi, sochning turmaklangani va bosh kiyimi sochning osilib turmasligini ta’minlash joiz;
    5) agar sxemada kondensator bo‘lsa, uni o‘chirilgandan so‘ng chiqish simlarini qisqa tutashtirib, zaryadsizlantirib qo‘yish zarur;
    6) laboratoriya qurilmasi bilan ishlaganda talabalar xar bir laboratoriya qurilmasi yonida bo‘lgan rezina gilamcha ustida turishi kerak;
    7) qurilmaga taaluqli bo‘lgan xar bir nosozlik yoki texnika xavfsizligi qoidalarini buzilishi to‘g‘risida xar bir talaba tezda o‘qituvchiga xabar berish kerak;
    8) agar baxtsiz xodisa yuz bergan bo‘lsa, laboratoriya qurilmasini tezda o‘chirib, jabrlanuvchiga birinchi yordamni ko‘rsatish va talabani xabardor qilish kerak.
    1. Majburiy konveksiyada issiqlik almashinuvi (ishlar sikli).


    Download 210.82 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 210.82 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Aesning parogeneratorlari va turbomashinalari

    Download 210.82 Kb.