|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi jizzax politexnika instituti energetika va radioelektronika fakulteti
|
bet | 1/12 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 2,05 Mb. | | #158232 |
Bog'liq AESda issiqlik va massa almashinuvi Hisobot 2023
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
ENERGETIKA VA RADIOELEKTRONIKA FAKULTETI
«Energetika» kafedrasi
“AES jihozlarida issiqlik va massa almashinuvi jarayonlari”
fanidan tajriba mashg’ulotlarining
HISOBOT DAFTARI
Bajardi: _________ ____________________________
Qabul qildi: _________ ____________________________
JIZZAX-2023 y
Laboratoriya ishlarini bajarish bo‘yicha xavfsizlik qoidalari
«AES jihozlarida issiqlik va massa almashinuvi jarayonlari» laboratoriyasidagi asboblar elektr tokida ishlaydi. Shuning uchun ma’lum bir sharoitlarda, o‘rnatilgan qoidalarni buzish natijasida, laboratoriya dastgohlari insonni elektr toki urishi mumkin bo‘lgan yoki turli ko‘rinishdagi jarohatlanishi mumkin bo‘lgan manbaga aylanadi. Talabalarni yaqinlashtirishi, kirishi mumkin bo‘lgan asboblar mashinalar va ishga tushirish apparatlari tarkibiga kirgan laboratoriya jihozlarini montaj qilganda vaziyat yana ham jiddiylashib laboratoriya ishlarini bajarishda yana ham xavf kuchayadi.
Inson badani elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lganligi sababli kuchlanish ostida bo‘lgan ikkita, elektrdan izolyasiya qilinmagan elementga tegib ketish natijasida (shunday elementlardan biri elektr mashinasining yoki transformatorning ustki qobig‘i bo‘lishi mumkin) inson badanidan elektr toki o‘tadi. Tokning xavfli qiymatlarida bu narsa yoki kuchli qo‘yishga (elektr jarohat), yoki inson organizmidagi (jismidagi) asab, yurak va nafas olish yo‘llarini lat eyishiga olib keladi (elektr zarbasi). Elektr toki bilan shikastlanish oqibati yomon bo‘lib, ba’zan o‘lim bilan yakunlanishi ham mumkin.
Talabalarni elektr mashinalari bilan ishlashining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmasligi natijasida faqatgina elektr toki bilangina shikastlanib qolmay, balki, elektr mashinalarining tormozlash (to‘xtatish) qurilmalarining aylanuvchan qismlari tomonidan mexanik zarbalarga ham uchrashlari mumkin. SHu narsani esda tutish kerakki, kuchlanish ostida laboratoriya jihozlarini ko‘p elementlari tegib ketishi mumkin bo‘lgan masofada joylashgan: aylanuvchi qismlar esa himoya qurilmalariga ega bo‘lishiga qaramay kiyim - kechakni «ilib» tortib ketishi yoki qattiq tegib ketishi mumkin. SHuning uchun talabalar laboratoriyada o‘ta ehtiyotkor bo‘lib, quyidagi texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari darkor:
1) laboratoriyalarda bo‘lish paytlarida talabalar o‘ta ehtiyotkor, intizomli va hushyor bo‘lishlari kerak; o‘qituvchi va laborantlarning barcha ko‘rsatmalarini og‘ishmay bajarishlari kerak; faqat tekshirilayotgan laboratoriya dastgohi oldida bo‘lishlari kerak;
2) boshqa qurilmalar va jihozlarga, taqsimlovchi punktlarga, pultlarga yaqinlashish va ularni, o‘chirib-yoqish ishlarini o‘zboshimchalik bilan qilish qat’iy taqiqlanadi; kuchlanish ostida bo‘lgan sxemani uning izolyasiya qilinmagan tok o‘tkazuvchi qismiga kimdir tegib turgan bo‘lsa ulash, sxema ulanishini almashtirish, elektr mashinalari ishlab turganda uni aylanuvchi qismlariga tegish yoki ustiga yaqin masofada egilish, laboratoriya qurilmasini yoki uning kuchlanish ostida bo‘lgan ayrim asboblarini kuzatuvchisiz qoldirish mutlaqo mumkin emasdir;
3) Siljigichlar yoki ishga tushirish apparaturalarining dastagi jildirilganda albatta qo‘l izolyasiya qilingan dastagiga tegib turganligiga ishonch hosil qilish kerak;
4) Talabalarning kiyimida bo‘yin va bosh ro‘mollarining, galstuklarning; boshqa narsalarning uchlari osilib turmasligi, sochning turmaklangani va bosh kiyimi sochning osilib turmasligini ta’minlash joiz;
5) agar sxemada kondensator bo‘lsa, uni o‘chirilgandan so‘ng chiqish simlarini qisqa tutashtirib, zaryadsizlantirib qo‘yish zarur;
6) laboratoriya qurilmasi bilan ishlaganda talabalar xar bir laboratoriya qurilmasi yonida bo‘lgan rezina gilamcha ustida turishi kerak;
7) qurilmaga taaluqli bo‘lgan xar bir nosozlik yoki texnika xavfsizligi qoidalarini buzilishi to‘g‘risida xar bir talaba tezda o‘qituvchiga xabar berish kerak;
8) agar baxtsiz xodisa yuz bergan bo‘lsa, laboratoriya qurilmasini tezda o‘chirib, jabrlanuvchiga birinchi yordamni ko‘rsatish va talabani xabardor qilish kerak.
Texnika xavfsizligi bo‘yicha o‘tkazilgan mashg‘ulot maxsus jurnalda xar bir talabaning imzosi bilan qayd etilishi lozim.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi jizzax politexnika instituti energetika va radioelektronika fakulteti
|