|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi jizzax politexnika instituti energetika va radioelektronika fakulteti
|
bet | 5/12 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 2,05 Mb. | | #158232 |
Bog'liq AESda issiqlik va massa almashinuvi Hisobot 2023Laplasning operatsion usulida. integrallanadigan differensial tenglama hamda boshlang'ich va chegaraviy shartlar integral ko‘rinish yordami bilan:
tasvirlash tekisligiga o‘tkaziladi. Natijada oddiy differensial tenglama olinadi, ushbu tenglamani integrallab orqaga original tekislikka o‘tish amalga oshiriladi.
Oxirgi integral otzgarishlar usuli ham originaldan tasvirlashga to‘g‘ri keladigan integral nisbatlar bo‘yicha o‘tishga asoslangan. Tasvirlash fazosida yechim topilgandan so‘ng formulalar bo‘yicha orqaga originalga qaytish amalga oshiriladi. Tasvirlash fazosida yechim topilgandan so‘ng formulalar bo‘yicha orqaga originalga qaytish amalga oshiriladi.
Oxirgi farqlar usuli (to‘r usuli) nostatsionar issiqlik o‘tkazuvchanlik chiziqli boMmagan masalalami yechish uchun qo'llaniladi, shu bilan birga analitik usullami qo'llash o‘ta qiyin bo‘lgan masalalar — murakkab geometrik va chegaraviy shartlar bilan berilgan masalalarni yechishda qo‘llaniladi.
Nazorat savollari
Issiqlik o'tkazuvchanlikning to‘g ‘ri va teskari masalalarini yechishda
nima topiladi?
2. Umumlashgan o ‘zgaruvchilar nima uchun qo ‘llaniladi? F0 va B.
sonlarining fizik ma’nosi qanday?
Nostatsionar issiqlik o'tkazuvchanlik masalalarini analitik yechishning qaysi usullarini bilasiz, ulaming ma’nosi nimada?
Oxirgi farqlar usuli nimadan iborat? Aniq va noaniq hisoblash usullari nima?
3-Laboratoriya ishi
Mavzu: Erkin konveksiyada issiqlik almashinuvi (ishlar sikli).
Ishning maqsadi: Erkin konveksiyada issiqlik almashinuvi (ishlar sikli) jarayonini o’rganish
Nazariy muqaddima
Issiqlikni konvektiv va molekulyar uzatilishining birgalikda ta’sir etishi tufayli bo‘ladigan issiqlik almashinish konvektiv issiqlik almashinish deyiladi.
Boshqacha aytganda konvektiv issiqlik almashinuvi bir vaqtda ikki usul: konveksiya va issiqlik o‘tkazuvchanlik yo‘li bilan amalga oshiriladi.
harakatlanuvchi muhit va uning boshqa muhit (qattiq jism, suyuqlik yoki gaz) bilan chegara sirti orasidagi konvektiv issiqlik almashinuvi issiqlik berish deyiladi. Issiqlik berishni amalda hisoblashda Nyuton qonundan foydalaniladi.
Q= α.F(tc – tdev)
Bu yerda: F – issiqlik almashinuvida ishtirok etayotgan yuza, m2;
tdev – devor sirtining temperaturasi; oC;
ts – devor sirtini yuvib o‘tadigan muhitning temperaturasi oC
α – issiqlik berish koeffitsienti, Vt/m2K.
Suyuqlik oqishining vujudga kelish sabablariga ko‘ra erkin harakatlanishdagi va majburiy harakatlanishdagi konveksiya farqlanadi. Erkin harakatlanish notekis isitilgan suyuqlik va gazda vujudga keladi. Bunda vujudga keladigan temperaturalar farqi zichliklarning farq qilishiga va zichligi kamroq (yengilroq) jismlarning suyuqlik (gaz) yuziga qalqib chiqishiga olib keladi, bu esa harakatlanishni keltirib chiqaradi.
Erkin konveksiyadagi issiqlik berish kriteriyasi Grasgof soni orqali aniqlanadi. Grasgof soni, zichliklarning farqi tufayli suyuqlikda (gazda) paydo bo‘ladigan ko‘tarish kuchlarining qovushqoqlik kuchlariga nisbatini harakterlaydi.
Bu yerda: β– hajmiy kengayish koeffitsienti, 1/grad;
q – erkin tushish tezlanishi, m/c2;
l – geometrik o‘lcham;
ν– kinematik qovushqoqlik koeffitsienti, m2/c.
Prandtl soni, suyuqlikning fizikaviy xossalarini xarakterlaydi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi jizzax politexnika instituti energetika va radioelektronika fakulteti
|