• Topshirish muddati: 24-03-2024 Topshiriq savollari: 1.
  • Guruh: ped006-1 Bajardi: Baxtiyorov Abbos Tekshirdi




    Download 166.74 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana25.03.2024
    Hajmi166.74 Kb.
    #176244
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Muhammad Al-Xorazmiy
    1699362337, 1710569673 (1), 1713895567


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
    Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi
    Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
    Pedagogika Psixologiya Fanidan:
    2-Topshiriq ishi
    Guruh:
    PED006-1
    Bajardi: Baxtiyorov Abbos
    Tekshirdi:
    Yusupova Zamira
    Topshirish muddati:
    24-03-2024


    Topshiriq savollari:
    1. Psixika va ongning rivojlanishini tahlil qilish (Venn diagrammasi,
    Bumerang usullari asosida)
    2. Sezgi turlari va uning psixofiziologik asoslari.
    3. Diqqatni diagnostika qilish metodlari.(P’eron - Ruzer metodikasi, Shult
    jadvali)
    Javoblar:
    1. Psixikaning odamga xos bo‘lgan oliy darajasini ong tashkil etadi.
    Ong psixikaning oliy, uni yaxlit bir xolga keltiruvchi shakli bo‘lib,
    kishining mehnat faoliyatida, boshqalar bilan (til yordamida) doimiy
    muloqot qilish jarayonida shakllanishining ijtimoiy-tarixiy shart-
    sharoitlari natijasi hisoblanadi. Shu ma‘noda ong «ijtimoiy mahsul»
    bo‘lib anglangan borliqdan bo‘lak boshqa narsa emasdir. Ongning
    strukturasi, ya‘ni tarkibining muhim psixologik ta‘rifi qanday? Uning
    birinchi ta‟rifi nomining o‘zidayoq berilgan bo‘lib, ong deganidir.
    Kishining ongi bizning tevarak-atrofimizni qurshab turgan olam
    haqidagi bilimlar majmuasidan tarkib topdi. Ongning yashash usuli va
    ong u nimaningdir borligi bilimdir. Shunday qilib ongning strukturasiga
    muhim bilish jarayonlari kiradiki ular yordamida odam o‘zbilimlarini
    doimo boyitib boradi. Bu jarayonlar qatoriga sezgilar va idrokni,
    xotirani hayol va tafakkurni o‘tkazuvchi qo‘zg‘atuvchilarning bevosita
    aks etishi natijasida ongda borliqning o‘sha momentda kishi tasavvurida
    hosil bo‘lgan hissiy manzarasi gavdalanadi. Xotira ongda o‘tmish
    obrazlarini qaytadan gavdalantirsa, hayol ehtiyoj ob‘yekti bo‘lgan, ammo
    hozirgi paytda yo‘q narsaning obraz modelini hosil qiladi. Tafakkur
    umumlashgan bilimlardan foydalanish yo‘li bilan masalaning hal 18
    etilishini ta‘minlaydi. Aytib o‘tilgan psixik bilish jarayonlaridan
    istalgan birning batamom barbod bo‘lishi u yoqda tursin, buzilishi yo
    izdan chiqishi ham ongning barbod bo‘lishiga olib keladi. Ongning
    ikkinchi tarifi-unda subyekt bilan obyekt o‘rtasida fanni farqlanishining


    o‘z ifodasini topishi, ya‘ni odam «men» degan tushuncha bilan «men
    emas» degan tushunchaga nima tegishli ekanini aniq biladi. Tirik
    organizmlar dunyosi tarixida birinchi bo‘lib undan ajralib chiqqan va
    o‘zini atrofmuhitga qarama-qarshi qo‘ygan inson o‘z ongida ushbu
    qarama-qarshilik va tofovutni saqlab kelmoqda. Jonli mavjudotlar ichida
    uning o‘zigina bilishga, ya‘ni psixik faoliyatni o‘zini tadqiq etishga
    yo‘naltirishga qodirdir. Odam o‘z xatti- xarakatlarini va umuman
    o‘zini o‘zi ongli ravishda baholaydi. «Men»ning emas
    «men emas» dan ajratilishi-har bir kishi bolalaigida boshdan
    kechiradigan yo‘l bo‘lib, uning o‘zini o‘zi anglashi jarayonida yuz
    beradi. Ongning uchinchi ta‟rifi- odamning maqsadni ko‘zlovchi
    faoliyatini ta‘minlashdir. Faoliyatning maqsadlarini yaratish ongning
    funksiyasi kiradi. Bunda faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab
    chiqiladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi, xarakatlarni bajarishning
    qanday borishi hisobga olinadi, unga tegishli tuzatishlar kiritiladi va
    x.z. «Kishi tabiat tomonidan berilgan narsalar bilan birga o‘zining ongli
    maqsadini ham amalga oshiradi, bu maqsad qonun sifatida, kishining ish
    usulini va bu ishning xarakterini belgilab beradi va kishi o‘z irodasini ana
    shu maqsadga bo‘ysundirishi lozim»;-deb ta‘kidlagan edi. Maqsadni
    ko‘zlovchi faoliyatning amalga oshirilishida, uning muvofiqlashtirilishida
    va yo‘nalishida kasallik oqibatida yoki biron-bir boshqa sabablarga ko‘ra
    har qanday buzilishning yuz berishini ongning buzulganligi deb qaramoq
    kerak. Nihoyat ongning to‟rtinchi ta‟rifi-uning tarkibiga muayyan
    munosabatning kirganligidir. Ya‘ni «Mening o‘z muhitimga bo‘lgan
    munosabatim mening ongimdir». Kishi ongiga muqarrar ravishda his-
    tuyg‘ular olami kirib keladi. Undamurakab ob‘yektiv va eng avvalo
    odamning o‘zi ham jalb etilgan ijtimoiy munosabatlar o‘z aksini topadi.
    Bu o‘rinda ham boshqa ko‘pgina hollarda bo‘lgani kabi patalogiya
    normal ongning mohiyatini yaxshiroq anglab olishga yordam beradi.
    Ayrim ruhiy kasalliklarga chalinganda ongning buzilganligi aynan his-
    tuyg‘ular va munosabatlar sohasidagi buzilish bilan belgilanadi: bemor


    bunga qadar behad sevgan onasini suymaydigan bo‘lib qoladi, yaqin
    kishilari to‘g‘risida zarda bilan gapiradi va xakozo.

    Download 166.74 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 166.74 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Guruh: ped006-1 Bajardi: Baxtiyorov Abbos Tekshirdi

    Download 166.74 Kb.
    Pdf ko'rish