2-MA`RUZA.
TEXNOLOGIK JIHOZLARGA TEXNIK XIZMAT KO`RSATISH VA ISHONCHLILIK ASOSLARI HISOBLASH AMALIY USULLARI.
REJA:
Jixozlarga texnik xizmat ko`rsatish va ishonchlilik ko`rsatkichlari.
Mustahkamlik parametrlari bo`yicha ishonchlilik hisobi.
Mustahkamlik bo`yicha ishonchlilikni ta`minlash usullari.
Hozirgi zamon mashinasozlik sanoati majmuasini rivojlantirishning asosiy yo'nalishi uni yanada mexanizatsiyalash, elektrlashtirish va avtomatlashtirishdan iborat. Bu yo'nalishning asosini mashinalar tizimi tashkil etadi. Mazkur vazifani bajarish uchun jihozlarning ishonchliligini oshirish va ta`mirlash, xizmat ko'rsatish hamda saqlash bazasini yaratish zarur.
Dastgoxlar va turli mashinalar foydalanish chog'ida har xil tashqi ta`sirlarga uchraydi. Natijada loyihalash va tayyorlash jarayonida kiritilgan ishonchlilik, buzilmasdan ishlash, chidamlilik, ta`mirlashga yaroqlilik hamda saqlanuvchanlik ko'rsatkichlari pasayadi. Bunga mashinalar detallarida turli xil nuqsonlar paydo bo'lishi va ularning yeyilishi sabab bo'ladi.
Texnik xizmat ko'rsatish va ta`mirlashning rejali oldini olish tizimi mashinalarni ishga yaroqli holatda tutib turish uchun xizmat qiladi. Texnik xizmat ko'rsatish va ta`mirlash tizimi deganda ilmiy asoslangan tashkiliy, texnik, texnologik va iqtisodiy tadbirlar majmui, shuningdek, jihozlarning ishga yaroqli holatda tutib turish hamda tiklashni ta`minlaydigan vositalar tushuniladi.
|