2-ma`ruza. Texnologik jihozlarga texnik xizmat ko`rsatish va ishonchlilik asoslari hisoblash amaliy usullari. Reja




Download 78 Kb.
bet2/10
Sana03.02.2021
Hajmi78 Kb.
#13100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Texnik xizmat ko'rsatish. Texnik xizmat ko'rsatish jihozlardan foydalanish va ularni saqlash chog'ida ularni soz holatda tutib turish uchun bajariladigan ishlar majmuidir. Bu ishlar buzilishini oldini olish xarakteriga ega bo'lib, jihozdan foydalanish butun davri mobaynida davriy ravishda amalga oshiriladi. Texnik xizmat ko'rsatish yuvish, tozalash, nazorat qilish, diagnostika, rostlash, moylash, suyuqlik bilan to'ldirish, mahkamlash, montaj-demontaj qilish, saqlashga tayyorlash ishlarini o'z ichiga oladi.

Texnik xizmat ko'rsatishda mashinaning ayrim tarkibiy qismlari almashtirilishi mumkin. Mashinalarga texnik xizmat ko'rsatishning turlari quyidagicha:



  • Har smenada texnik xizmat ko'rsatish;

  • Texnik xizmat ko'rsatishning raqamli turlari (1,2,3-TXK);

  • Mavsumiy texnik xizmat ko'rsatish;

  • Alohida sharoitlarda foydalanishda texnik xizmat ko'rsatish;

  • Ishlatib ko'rishda texnik xizmat ko'rsatish;

  • Saqlash chog'ida texnik xizmat ko'rsatish.

Ta`mirlash - ishlash qobiliyatini tiklash maqsadida mashinaning nuqsonlarini bartaraf etish ishlari majmuidir.

Mashinalarni ta`mirlash bu – texnik xizmat ko`rsatish korxonalarida ta`mirlanadi. Bu korxona mashinasozlik korxonasining bir turi bo'lib, unda mashinaning yaxshi ishlash qobiliyatini yo'qotgan, ammo hali ta`mirlashga yaroqli bo'lgan hamda ushbu ishlab chiqarish uchun asosiy detallar vazifasini bajaradigan qismlari texnik shartlarga muvofiq tarzlarda ta`mirlanadi.




Download 78 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-ma`ruza. Texnologik jihozlarga texnik xizmat ko`rsatish va ishonchlilik asoslari hisoblash amaliy usullari. Reja

Download 78 Kb.