2.3. Mustahkamlik bo`yicha ishonchlilikni ta`minlash usullari.
Detallarning mustahkamlik bo`yicha puxtalilikni ta`minlash uchun yuzalarni kerakli o`lchamlari va shakllarini aniqlashga olib kelinadi va ish jarayonida sinish va qoldiq deformatsiyalanish yuz bermaydi.
Materiallarni tejash maqsadida va konstruksiyani mukammallashtirish uchun detal ko`ndalang kesim yuzasi bo`yicha kuchlanishlarni bir xil tarqalishiga olib kelinadi va ular quyidagicha amalga oshiriladi:
egilish va burilishda ishlaydigan detallarni loyixalashda inertsiya momenti katta bo`lgan kesimlarni qo`llash maqsadga muvofiq;
mashinalarning konstruktsiyasini yaratishda detallar ortiqcha yuklanish va kuchlanishlardan saqlash sharoitini ta`minlash zarrur bo`lib, tebranishlarni pasaytiruvchi elementlarni qo`shish, saqlagich muftalarni qo`llash kerak;
mashinaning asosiy elementlari va uzellarini mustahkamllika hisoblash zarur;
detallar materialini to`g`ri tanlash va boshqalar.
Mashina va uskunalarning puxtaligini hamda ish samaradorligini oshirishga qaratilgan asosiy talablar:
-mashinalarning turini kamaytirish;
-mashinalar va agregatlardagi yig'ma qismlarning mukammal yasalishini, ularning mashinadan oson yechib olinishini ta`minlash;
-detallar va yig'ma qismlarni mumkin qadar bir xillashtirish;
-tez yeyiladigan sirtlarni oson yechiladigan va almashma detallar bilan ta`minlash; detallarning mustahkam bo'lishiga erishish;
-yirik qismlarni mashinalardan yechib olmasdan va qismlarga to'la ajratmasdan texnik diagnoz qo'yish qo'yish imkoniyatini yaratish;
-mashinalarga, texnik xizmat ko'rsatishga, rostlash, moylash va buzilgan joylarni tuzatishga bo'lgan ehtiyojlarini mumkin qadar qisqartirish, mashinalarning texnik xizmat ko'rsatish, joriy va asosiy ta`mirlashga qulayligini oshirishdan iborat.
Ish muddati ob`ektni ishga tushirgan paytdan boshlab, uning chegara holatga kelgunicha bajarga jami ish miqdori bilan hisoblanadi. Masalan, paxta terish mashinasining xizmat muddati soat, mavsum yoki yil bilan belgilanadi.
Saqlanuvchanlik muddati ob`ektning o'z puxtaligini belgilangan chegarada saqlagani holda necha kalendar kun saqlanishi yoki tashib keltirilishi bilan hisoblanadi.
Ishonchlilikni miqdor jihatdan tavsiflashda ishonchlilik ko'rsatkichlaridan foydalaniladi.
|