Ta`mirlar ikki turda olib boriladi:
Joriy ta`mirlash;
Kapital ta`mirlash.
Joriy ta`mirlash. Mashina, agregat, uzelning ishlash qobiliyatini ta`minlash yoki tiklash uchun hamda ularning ayrim qismlarini almashtirish maqsadida joriy ta`mirlash o'tkaziladi.
Oldini olish xarakteridagi joriy ta`mirlash asosan berilgan markadagi mashinalar uchun belgilangan texnik xizmat ko'rsatishning muayyan turi bilan birga bajariladi. Ishlamay qolish oqibatlari esa bu nuqson paydo bo'lganidan va sabablari aniqlanganidan keyin bartaraf etiladi.
Joriy ta`mirlash uning murakkabligiga qarab mashinadan foydalaniladigan joyning o'zida ham, maxsus texnik xizmat ko'satish ustaxonalari va stantsiyalarida ham amalga oshiriladi.
|