1 ma’ruza. Elektr mashinalarini ta’mirlash




Download 1.2 Mb.
bet1/8
Sana04.04.2024
Hajmi1.2 Mb.
#188075
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 ma\'ruza
1-ameliy shax

1 ma’ruza. Elektr mashinalarini ta’mirlash.


Ostov korpusida darzlar ko‘pincha kollektor lyuklari, ventilyasiya tuynuklari, motor-o‘q podshipniklari o‘rnatish bo‘g‘inlari yoki bo‘g‘inlardan kollektor lyuklari tomon yo‘nalishda yuzaga keladi. Bundan tashqari darzlar podshipnik shchitlarida, shchitlarni ostovga mahkamlash boltlari teshiklari atrofida, podshipnik uzellari qopqoqlarini mahkamlash uchun rezbali teshiklarda hosil bo‘lishi mumkin
Foydalanish jarayonida yakor podshipniklarida yuqori yedirilish yuzaga kelishi mumkin. Bunda roliklarda yedirilishlar, xalqalarda darzlar yuzaga kelishi, separtorlarning parchinlari buzilishi mumkin.
Ostov korpusidagi darzlar tashqi ko‘rikdan o‘tkazish yoki bolg‘a bilan urib ko‘rilgandagi o‘ziga xos tovush orqali aniqlanadi. Elektr mashinalarini ta’mirlash qoidalariga ko‘ra depo sharoitida kollektor lyuki yoki ventilyasiya tuynuklari hududidagi darzlar 150 mm dan ortiq bo‘lmasa (agar darz ostov yarmosiga o‘tmagan bo‘lsa) payvandlash yo‘li bilan ta’mirlashga ruhsat etiladi. Motor-o‘q podshipniklari o‘rnatish bo‘g‘inlarida mavjud bo‘lgan 100 mm gacha darzlar ham (agar ular yon devorga yoki ostov quymalariga o‘tmagan bo‘lsa) payvandlab ta’mirlanishiga ruhsat etiladi.
Korpusdagi rezbali teshiklar holati 3-aniqlik sinfiga ega kalibrlar yordamida aniqlanadi. Yedirilgan yoki pachoqlangan rezbali teshiklar ta’mirlanadi.
Ostovning podshipnik shchitlari o‘rnatish joylari va motor-o‘q podshipniklarini ko‘zdan kechirishda ularning diametri, ovalligi va konusligi tekshiriladi.
Motor-o‘q podshipniklari o‘rnatish bo‘g‘ini diametri ostov va buksa birikish tekisligi bo‘yicha ikki tomondan (birikish tekisligidan 10 mm masofada) o‘lchangan diametrlarning o‘rta qiymati sifatida aniqlanadi. Aniqlangan o‘rtacha diametr va birikish tekisligiga perpendikulyar yo‘nalishda o‘lchangan diametr (qistirmalar o‘rnatilgan va boltlar to‘liq mahkamlangan xolda) orasidagi farq ovallik bo‘yicha me’yorlar chegarasida bo‘lishi kerak va depo sharoitidagi ta’mirdan so‘ng 0,6 mm dan ortmasligi lozim. Motor-o‘q bo‘g‘inining ovalligi va konusligi, yo‘nilmasdan, 0,3 mm gacha bo‘lishiga ruhsat etiladi.
Podshipnik shchitlari uchun bo‘g‘inlar diametri ikkita o‘zaro perpendikulyar o‘qlar bo‘yicha o‘lchangan ikkita diametrlarini o‘rtacha qiymati sifatida aniqlanadi.
Podshipnik shchitlari, motor-o‘q podshipniklari qopqoqlarining yedirilishga ega o‘rnatish yuzalari payvandlab to‘ldirilishi va keyingi ishlov berish yo‘li bilan tiklanishiga ruxsat etiladi. Boltli birikmalar teshiklari payvandlab to‘ldirish yoki o‘tish vtulkalari o‘rnatish yo‘li bilan tiklanadi. To‘liq radial darzlar yoki sinishga olib keluvchi darzlar (20 % dan ortiq yuzasi) mavjud bo‘lgan shchit va buksalar almashtiriladi.
Podshipnik shchitlari va ularning qopqoqlarini ko‘zdan kechirishda darzlar mavjud emasligiga ishonch hosil qilinadi, o‘rnatish va joylashuv yuzalari sifati, teshiklar va tiqinlardagi rezbalar, labirint xalqalari, zichlagichlar holati tekshiriladi. O‘rnatish joylarida o‘lchangan diametrlar farqi bo‘yicha yuzalarning ovalligi aniqalnadi. Yedirilgan o‘rnatish yuzalarini tiklash elektr payvandlab qoplash yoki BF germetikasi qoplami bilan to‘ldirish yo‘li bilan tiklanadi. Avval tokarlik stanogida konuslik, ellipssimonlik va boshqa nuqsonlar bartaraf etiladi, keyin belgilangan texnologiyaga asosan payvandlab qoplash amalga oshiriladi. 3-4 mm qalinlikda payvandlab qoplangan podshipnik shchitlari va qopqoqlari yuzalariga talab etilgan tig‘izlikni ta’minlash joizliklari me’yorlariga rioya qilgan xolda mexanik ishlov beriladi.
Podshipnik shchitlari qopqoqlari shchitlarni ta’mirlash kabi bajariladi. Tozalangandan so‘ng ular ko‘zdan kechiriladi, mexanik shikastlar yo‘qligi va birikish yuzalari zichligi yetarlichaligiga ishonch hosil qilinadi. Tiklangan qopqoqlarda podshipniklarning moylash tizimi teshiklari va trubkalari avval kerosin bilan yuviladi, so‘ng siqiq havo purkaladi.
Kapital ta’mirlash davrida yakorning tok o‘tkazuvchi qismlari yangisiga almashtiriladi yoki tok o‘tkazgichlari va elektr izolyatsiyasi sozligi tiklanadi. Tok o‘tkazuvchi qismlarni ta’mirlash texnologik jarayonini ED-118A tortuv elektr motori yakori misolida ko‘rib chiqamiz.
Ishlar quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: yakorni qismlarga ajratish, yig‘ish birliklari va mexanik qism birikmalari holatini tekshirish va tiklash, kollektorni ta’mirlash, kollektorni yakor valiga o‘rnatish, chulg‘amlarni izolyatsiyalash, chulg‘amni yakorga o‘rnatish, yakor chulg‘amini o‘zak pazlariga joylashtirish va paz ponalari yordamida mahkamlash, chulg‘am uchlarini kollektorga kavsharlash, bandajlarni o‘rnatish, elektr izolyatsiyalovchi tarkiblar bilan ishlov berish (to‘yintirish), kollektor ishchi yuzasiga ishlov berish, yakorni balansirovkalash.

Download 1.2 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 1.2 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1 ma’ruza. Elektr mashinalarini ta’mirlash

Download 1.2 Mb.