Odamlarning shaxslararo munosabatlardagi asosiy muammolari, ularning yuzaga kelish sabablari




Download 36.29 Kb.
bet1/5
Sana19.06.2023
Hajmi36.29 Kb.
#74180
  1   2   3   4   5
Bog'liq
80153 psmasmax13-mavzu
Hello my friends, kuyish referat, Хроматография (1), O‘ZBEK TILINING YANGI IMLO QOIDALARI, Худойқулов Солиқ назарияси 2020

SHAXSLARARO MUAMMOLAR BO’YICHA PSIXOLOGIK MASLAHAT AMALIY TAVSIYALARI

Odamlarning shaxslararo munosabatlardagi asosiy muammolari, ularning yuzaga kelish sabablari


Odamlar o’rtasidagi munosabatlar bo’yicha muammolar psixologik maslahat o’tkazish amaliyotida juda ko’p uchraydi va mijoz ular borasida to’g’ridan-to’g’ri gapirmasa ham, shaxsiy mazmundagi boshqa muammolardan shikoyat qilganida, bu aslida unda shaxslararo munosabatlar bo’yicha uning muammosi yo’qligini anglatmaydi. Hayotda esa ko’p hollarda buning aksi bo’lib chiqadi: agarda mijozni shaxslararo munosabatlar bo’yicha mavjud holati tashvishlantirsa, shunday holatda har doim unda o’z xarakteriga taalluqli shaxsiy mazmundagi muammosini ham aniqlash mumkin bo’ladi. Bundan tashqari, bu ikkala muammoni amaliy hal etish usullari ko’p jihatdan bir-biriga o’xshashdir. SHunga qaramay, bu muammolarni alohida ko’rib chiqish kerak, chunki ular har doim shaxsiy mazmundagi muammoga qaraganda, bir muncha boshqacharoq hal qilinadi. SHu odamning boshqa odamlar bilan munosabatlarini boshqarish yo’li bilan hal etiladi. Bundan farqli ravishda o’z shaxsiy muammosini har doim odam individual va boshqa odamlar bilan bevosita aloqa qilmay ham hal etishi mumkin. Bundan tashqari shaxsiy va shaxslararo mazmundagi muammolarni hal etish usullarida katta farq mavjud. Agarda shaxsiy muammolar odatda odamning ichki dunyosini tubdan o’zgartirish zarurligi bilan bog’liq bo’lsa, shaxslararo muammolar - atrofdagi odamlar bilan bog’liq odamning asosan, xulqi tashqi shakllarini o’zgartirish zarurligi bilan bog’liq bo’ladi. Odamning atrofdagilar bilan o’zaro munosabatlariga tegishli psixologik muammolar xususiyati bo’yicha turlicha bo’lishi mumkin. Ular atrofdagilar bilan odamning shaxsiy va amaliy o’zaro munosabatlari bilan bog’liq bo’lib, unga yaqin va ancha uzoq bo’lgan, masalan, qarindoshlari hamda begonalar bilan o’zaro munosabatlariga taalluqli bo’lishi mumkin. Bu muammo yaqqol ifodalangan yosh farqiga ham ega bo’lishi mumkin. Masalan, mijozning tengdoshlari yoki boshqa avlod, ancha yosh yoinki o’zidan ancha katta yoshli odamlar bilan o’zaro munosabatlarda yuzaga kelishi mumkin. SHaxslararo munosabatlar muammolari turli jinsli odamlarga ham taalluqli bo’lishi mumkin.
Aytib o’tilgan muammolarning ko’p jihatliligi odamlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning murakkabligini ko’rsatadi. Bu muammolarning ko’pchiligini bu yerda biz alohida muhokama qilsak ham, biroq bu muammolar hayotda bir-biriga bog’liqligini va ko’pchilik hollarda kompleks hal etilishi zarurligini esdan chiqarmaslik kerak. Masalan, odamlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda odatiy qiyinchiliklar yuzaga kelishi, ba’zi umumiy sabablari mavjud. Bu sabablarni muhokama qilib, biz keyinchalik ularga qaytmaymiz va keyinchalik faqat matndagi kerakli joylariga ilovalar bilan cheklanamiz. Biroq odamlar o’zaro munosabatlari alohida turlariga xos bo’lgan xususiy, o’ziga xos qiyinchiliklar sabablari ham mavjud. Mana shular to’g’risida ma’lumotlar berib o’tamiz.
Mijozning odamlar bilan shaxsiy munosabatlari muammosi.
Mana shu muammolar guruhiga birinchi navbatda, mijoz bilan taxminan bir xil yoshdagi va bir-biridan ikki-uch yoshga farq qilgan odamlar bilan uning o’zaro munosabatlariga taalluqli muammolar kiradi. SHu bilan birga «tengdosh» yoki «bir avlod odamlari» tushunchasi ushbu holatda bolalar va katta yoshdagi odamlar uchun ham yoshi turli diapazonlarini o’z ichiga olmoqda. Masalan, agarda maktabgacha yoshdagi bolaning tengdoshlari odatda, uning o’zidan bir yoshdan ko’pga farq qilmasa, maktab yoshida tengdoshlar o’rtasidagi farq ikki yoshga yetadi. Mos ravishda yigirmadan yo yigirma besh yoshgacha bo’lgan yigit va qizlarni tengdosh deb atash mumkin, ya’ni ular o’rtasidagi yoshlar farqi endi besh yilgacha yetadi. Yoshi ulg’aygan sari odamning psixologik rivojlanishi asta sekinlashadi va hatto tajribasi bir xilligi, psixologiyasi va xulqi o’xshashligi odamlarni tengdosh sifatida baholash uchun asosiy mezon bo’lib qoladi. Bundan tashqari, u o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Maktabgacha va kichik maktab yoshida odatda bolalarning tengdoshlari bilan munosabatlarda qattiq e’tiborni va psixologik maslahatni talab etadigan jiddiy muammolari mavjud bo’lmaydi. Qarigan davrida o’zaro munosabatlari, qarindoshlari, tanish odamlari va do’stlari tor doirasi bilan chegaralanadi. Ular bilan munosabatlar ancha avvaldan mavjud va ozmi-ko’pmi moslashtirilgan bo’ladi. Bundan tashqari qari odamlarning atrofdagi odamlar bilan munosabatlari – bu odamlarning katta hayotiy tajribalari hisobiga osongina kelishtirilib ketadi, demak, ularda yuzaga keladigan muammolar ham psixologik maslahatga murojaat etmasdan oddiygina hal etiladi.

Download 36.29 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 36.29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Odamlarning shaxslararo munosabatlardagi asosiy muammolari, ularning yuzaga kelish sabablari

Download 36.29 Kb.