Odamlarning shaxslararo munosabatlardagi asosiy muammolari, ularning yuzaga kelish sabablari




Download 36.29 Kb.
bet2/5
Sana19.06.2023
Hajmi36.29 Kb.
#74180
1   2   3   4   5
Bog'liq
80153 psmasmax13-mavzu
Hello my friends, kuyish referat, Хроматография (1), O‘ZBEK TILINING YANGI IMLO QOIDALARI, Худойқулов Солиқ назарияси 2020
Odamlar o’rtasidagi shaxsiy munosabatlarda bir-birini yoqtirmaslik.
Odamlarning shaxsan bir-birini yoqtirmasligi - ancha keng tarqalgan holat hisoblanadi. Bu masalada ularni hayotiy tashvishlantiradigan muammo sifatida ko’proq yoshlar shikoyat bilan murojaat etadilar. Ushbu mavzuda maslahatlar o’tkazishda quyidagi holatlarni hisobga olish muhim bo’ladi.
Birinchidan, ushbu muammoni har doim ham psixolog-maslahatchi mijozga berishi mumkin bo’lgan maslahatlar yordamida amaliy hal qilib bo’lmaydi. Gap shundaki, odamlar o’rtasidagi bir-birini yoqtirmaslikka yo’qotilishi juda qiyin bo’lgan omillar sabab bo’lishi mumkin. Masalan, ongsiz ravishda, yaxshi anglab yetilmagan va demak, yaxshi nazorat qilinmaydigan omillar sabab bo’lishi mumkin.
Ikkinchidan, bunday sabablar odatda, bir nechta bo’ladi. Ulardan birini yo’qotib, boshqa sabablarni yo’qotishda istalgan natijaga erisha olmaslik mumkin, chunki shu holatda boshqa yana ham kuchliroq omillar ta’sir ko’rsatadi.
Uchinchidan, odamlar o’rtasidagi bir-birini yoqtirmaslik masalasida psixologik maslahat o’tkazishga kirishishdan avval shunday muammoni keltirib chiqaruvchi sabablar odatiy tartibini bilib olgan yaxshi bo’ladi. Bularni bilish to’g’ri diagnoz qo’yishga, demak, mumkin bo’lgan sabablarni tezroq aniqlash va yo’qotishga yordam beradi.
Ko’rsatilgan muammolarni, chuqurroq o’rganib chiqamiz. Lekin ular qo’yilgandan ko’ra biroz boshqa tartibda bu ishni bajaramiz. Odamlar o’rtasidagi bir-birini yoqtirmaslik mumkin bo’lgan sabablarini aniqlashdan boshlaymiz. Birinchi navbatda bir xil jinsli odamlardan ko’ra qarama-qarshi jinsli odamlar ko’proq bir-biriga yoqishi tabiiy ekanligini aytib o’tish zarur. SHuning uchun bir xil jinsli odamlar o’rtasidagi o’zaro bir-birini yoqtirish muammosini to’laligicha hal etish xuddi shu muammoni turli jinsli odamlar o’rtasida hal etishga qaraganda ancha qiyin bo’ladi. Ko’plab individual psixologik xususiyatlar mavjud bo’lib, ular sababli odamlar kim bilan munosabatda bo’layotganidan qat’iy nazar bir-birini yoqtirishi qiyin bo’ladi. Bu masalan, odamning o’zidan doimiy qoniqmasligi bo’lishi mumkin. Bunday holatda o’zidan qoniqmagan odam boshqa odamlarga yaxshi muomalada bo’lishi qiyin bo’ladi. O’z navbatida o’zidan doimiy qoniqmaslik holatida bo’lib, yaxshi muomala qilmagan odamlar buni ularga shaxsan yomon munosabat belgisi deb, qabul qilishlari mumkin. Ular bu odam, aynan, ularga yomon muomalada bo’layapti, deb hisoblaydilar va unga ham shunday munosabatda bo’ladilar. Ko’pchilik odamlarda xarakteri mustahkam salbiy xususiyatlari mavjud bo’ladi. Masalan, odamlarga ishonmaslik, gumonsirash, yovvoyilashish, yakkalik, tajovvuzkorlik kabilar. Odatda yetarlicha anglab yetilmaydigan va yaxshi nazorat qilinmaydigan mana shunday xarakter xususiyatlariga ega bo’lib, bu odamlar ularni bilmagan holda boshqa odamlar bilan muomalada namoyon etadilar va shu bilan ularning shaxsiy munosabatlarini yomonlashtiradilar. Bunday holatda insonda turli sabablarga ko’ra boshqa odamlar ehtiyojlari va manfaatlari bilan mos kelmaydigan ehtiyojlari va manfaatlari mavjudligini kiritish mumkin. Mana shu sababli bunday odamlar o’rtasida ko’pincha nizolar kelib chiqadi va albatta, bir-birlarini hurmat qilmaydilar. Barcha odamlar o’zlarini mas’uliyatli tutishni bilmasliklari holatini ham kiritish mumkin. Mana shuning uchun ham atrofdagi odamlarga yoqmaydilar. Odamlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar sabablarining ko’p qismi odamning o’ziga, uning shaxsiy psixologiyasiga bog’liq, munosabatlar yoki hayotiy sharoitlarga bog’liq emas, deb aniq aytish mumkin. Lekin shunga qaramay qator sabablar aynan, mana shu vaziyatlar bilan bog’liq. Biz hozir ular bilan yaqinroq tanishamiz. Hayotda ko’p uchraydigan odamlar bir-birlarini yoqtirmasliklari sababi quyidagicha hisoblanadi. Biror- bir odam o’zi bilmagan holda beixtiyor, o’zining o’ylab qilingan harakatlari bilan boshqa odamlar hayotiy muhim manfaatlariga tegib ketishi, obro’sini tushirishi, odamlar uchun muhim bo’lgan jamiyatda yoki guruhda o’zini tutish qoidalarini buzishi mumkin. Bunday holatlar yuzaga kelganida, xulq qoidalarini buzgan odamni atrofdagi odamlar yoqtirmaydilar.
Ikkinchi sabab quyidagi holat bilan bog’liq bo’ladi. Odamlar tasodifan bir-biriga unchalik yaxshi bo’lmagan munosabatlarda bo’lishga majbur etuvchi vaziyatga tushib qoladilar. Mana shu sababli ular beixtiyor bir-birlarida yomon taassurot qoldiradilar va shuning uchun bir-birlarini yoqtirishlari mumkin bo’lmay qoladi.
Uchinchi holatni quyidagicha ta’riflash mumkin. Aytaylik, sizning shaxsiy hayotingizda kimdir sizga ko’p yomonliklar qilgan. Buning natijasida ushbu odamga nisbatan sizda mustahkam salbiy munosabat yuzaga kelgan. Ammo keyinchalik sizga ko’p yomonlik qilgan odamga tashqi ko’rinishidan o’xshash boshqa odam uchraydi. SHu odamni siz faqatgina u sizga avvaldan yoqmagan odamga o’xshashligi uchungina yoqtirmaysiz. Odamlar o’rtasidagi bir-birini yoqtirmaslik mumkin bo’lgan tashqi sabablaridan yana biri bir odamning ikkinchi odam shaxsiga salbiy ijtimoiy ko’rsatmasi shakllanganligi bo’lishi mumkin. Ma’lumki, har qanday ijtimoiy ko’rsatma, uning asosiy tarkibiy qismlari sifatida kognitiv, emotsional va xulq tashkil etuvchilarini o’z ichiga oladi. Ulardan birinchisi ijtimoiy ko’rsatma ob’ekti to’g’risida odamning bilishlariga taalluqli.
Ikkinchisi, ushbu ob’ekt bilan bog’liq emotsional hissiyotlaridan iborat. Uchinchisi, mavjud ob’ektga nisbatan amalga oshirilayotgan amaliy harakatlarga taalluqli. Bilimlar va hissiyotlar o’z navbatida odamning hayot tajribasi, xususan, boshqa odamlarni bilish tajribasi ta’siri ostida shakllanadi. Har bir odamda bu tajribalar har doim cheklangan bo’ladi, chunki har qanday odam uning atrofidagi odamlarni to’la bilishi mumkin emas. Agarda tasodifan yuzaga kelgan holatlar sababli odamlar to’g’risidagi bizning bilimlarimiz salbiy bo’lsa, keyinchalik bu odamlar bizga yoqmasligi mumkin. Bunday holatda atrofdagi odamlar sizni yoqtiradilar, deb hisoblash noto’g’ri bo’ladi. Inson uchun muhim bo’lgan odamlar tomonidan mijozni yoqtirmasliklari sababini aniqlashga qaratilgan diagnostikani psixologik maslahatda qanday o’tkaziladi?
Bu ishni mijozning o’zi bilan maqsadga muvofiq savol javob o’tkazish yo’li bilan amalga oshirish osonroq bo’ladi. Undan tasodifiy emas, balki kerakli ma’lumotlarni olish uchun mijozga ketma-ket quyidagi savollarni berish kerak bo’ladi:

  • qanday o’zaro munosabatlar va kim yoqtirmasligi sababi ko’proq sizni tashvishlantirmoqda?

  • siz va ma’lum odamlar bir-birlaringizni yoqtirmasliklaringiz qanday vaziyat va nimalarda ifodalanadi?

  • Fikringizcha, bunga sabab nima?

Agarda mijoz mana shu savollarga oson va aniq javob bersa, uning gaplarida keyingi bir yoki bir necha savollarga javoblar bo’lsa, unda bu savollar mijozga berilmaydi. Bunday holatda mijozdan quyidagi savollarga ham aniq javob olish kerak bo’ladi:

  • avvalgi savollarga sizning javobingizda esga olingan odamlarning sizni yoqtirishlariga sabab bo’lishi mumkin bo’lgan shaxsan siz yoki sizning xulqingiz bilan bog’liq biron-bir sabablar bormi?

  • SHu odamlarda sizga yoqmaydigan biror tomonlari bormi?

  • Siz yoki boshqa bir odamga bog’liq bo’lmagan va sizning istagingizdan qat’iy nazar siz va boshqa odamlar o’rtalaringizdagi munosabatlarni yomonlashtiruvchi biror-bir hayotiy vaziyatlar bormi?

  • Siz yuzaga kelgan vaziyatni o’zgartirish uchun biron harakat qildingizmi?

  • Qilgan harakatlaringiz natijalari qanday bo’ldi?

Mana shu savollarga mijozning javoblarini diqqat bilan tinglab, psixolog-maslahatchi bu javoblarni tahlil qilish va suhbat davomida mijozning xulqini kuzatish natijasida mijozning muammosi mohiyati to’g’risida ma’lum xulosaga keladi. Uni hal etish mumkin bo’lgan yo’llarini belgilaydi, ularni keyin mijoz bilan birgalikda muhokama qiladi. Mijoz berilgan barcha savollarga darhol aniq, lo’nda va to’la javob bera olishi qiyin bo’lishini esda tutish kerak. Agarda shunday bo’lganida mijoz psixologik maslahatga yordam so’rab murojaat etmasdan, o’z muammosini o’zi hal eta olgan bo’lardi. Mijozning muammosiga to’g’ri psixologik diagnoz qo’yilgandan keyin maslahatchi mijoz bilan birgalikda bevosita uning muammosini amaliy hal etish bo’yicha tavsiyalarni ishlab chiqishga qaratishi mumkin bo’ladi. Muhokama etilayotgan masala bo’yicha psixologik maslahat o’tkazish odatiy hollarida foydalanish mumkin bo’lgan umumiy maslahatlar mavjud. Mijozga beriladigan bu maslahatlar quyidagilardan iborat: o’zining xulqini diqqat bilan kuzatib, o’z-o’zidan boshqa odamlarda salbiy hissiyot uyg’otishi mumkin bo’lgan biror bir kamchilik tomonlari yo’qligini aniqlash kerak. Agarda shunday tomonlari bo’lsa, uni antipatiya keltirib chiqarmaydigan qilib o’z xulqini o’zgartirish kerak bo’ladi. Boshqa odamning javobini kuzatish va bir vaqtning o’zida boshqa odamlarning ijobiy javoblarini keltirib chiqaradigan munosabatlar shakllarini odamlar bilan munosabatlar shaxsiy tajribasida aniqlab va mustahkamlab shaxsiy kommunikativ xulqi ustida tajribalar o’tkazish kerak. Yuzaga kelgan hayotiy vaziyatni yaxshi tomonga o’zgartirishni mo’ljallab hayot sharoitlariga ta’sir ko’rsatishga urinish kerak. Mijozni agarda u o’z muammosini hal eta olmasa, unga hayotiy vaziyatni qanday mavjud bo’lsa shundayligicha qabul qilishga va unga o’rganishga to’g’ri kelishini tushuntirish kerak. Agarda mijozning kommunikativ harakatlarini tahlil qilib chiqib, psixolog-maslahatchi mijoz o’z muammosini hal etish uchun haqiqatda qo’lidan kelgan barcha ishlarni qildi degan, xulosaga kelsa, bunda uning sababi mijozning shaxsi emas, balki unga bog’liq bo’lmagan sharoitlarda yashiringan bo’lishi mumkin.
Mijozning odamlar bilan munosabatlarida antipatiya mavjudligi.
Antipatiya simpatiyaga qandaydir qarama-qarshi bir holat bo’lsa ham biroq mijozning shaxslararo munosabatlarida ularni faqat simpatiya bilan almashtirish yordamida muammoni amaliy hal qilish mumkin emas. Mana shu bir-biriga qarama-qarshi emotsional xususiyatlari darhol boshqasi bilan almashinishi, juda kamdan-kam hollarda yoki umuman, hech qachon bo’lmasligi mumkin, ya’ni deyarli, hech qachon antipatiya darhol simpatiyaga aylanmaydi va aksincha, holat ham yuz bermaydi. SHu bilan birga odamlar munosabatlaridagi mana shu ikki qarama-qarshilik ko’pincha bir odamning boshqasiga nisbatan neytral yoki ikki ko’rinishli (ambivalent) munosabati sababli bo’ladi. Bunday munosabat bir-biri bilan juda qarama-qarshi birligida ham simpatiya elementlarini, ham antipatiya elementlarini o’z ichiga oladi. Qarama-qarshi nuqtai-nazarlar sifatida- simpatiya yoki antipatiya odamning murakkab dinamikasida, emotsional ko’rinishidagi o’zaro munosabatlarida bir-biriga o’tadi, nisbatan neytral, oddiy va tashqi tinch o’zaro munosabatlar bilan almashadi.
Demak, psixolog-maslahatchi o’z oldiga qo’yadigan va hal etishga urinishi kerak bo’lgan birinchi masalasi, mijozga amaliy yordam ko’rsatib, uni odamlar bilan munosabatlarda emotsional qarama-qarshilikdagi – ushbu holatda ularning yaqqol ifodalangan muxoliflaridan holi etishdan iborat bo’ladi. Buning uchun avval bir odamning boshqasiga salbiy munosabati sabablarini aniqlab olish kerak bo’ladi. SHunday ko’p uchraydigan sabablar orasida masalan, quyidagilar bo’lishi mumkin:

  1. Boshqa bir odam o’z shaxsiy manfaatlarini ko’zlab, raqibi uchun o’z maqsadlariga erishish yo’lida atayin, to’siqlar hosil qilishi sharti bilan bir odamning boshqa odam uchun muhim bo’lgan biror bir ishida ancha jiddiy raqobatchisi sifatida tushunishi. Misol uchun, mijoz o’zida yaqqol antipatiyani his etadigan boshqa odam uchun raqobatchi bo’lishi mumkin, yoki aksincha, bu odam mijoz uchun kuchli raqobatchi bo’lib chiqishi mumkin.

  2. Mijozni biror-bir boshqa odam uning shaxsiy sha’niga zarar yetkazib, uni kamsitayotganligi to’g’risida aniq ma’lumotga ega bo’lishi, shu bilan birga u bu ishni ataylab, bilib turib, mijozga iloji boricha ko’proq zarar keltirish maqsadida qiladi.

  3. Biror-bir odamda mijoz ko’pincha aloqada bo’ladigan odamlarga nisbatan umumiy salbiy ko’rsatmasi mavjudligi.

  4. Mijozning fikri bo’yicha u qabul qilgan odob qoidalariga mos kelmaydigan qandaydir sifatlar, shaxsiy xususiyatlarga ega bo’lishi.

  5. Biror-bir odamning mijozni obro’si va qimmatiga zarar keltirib, yomonlovchi yolg’on gaplarni tarqatishi.

Agarda yuqorida ko’rsatilgan sabablardan birortasi yoki bir nechtasi haqiqatda sodir bo’lganligi aniqlansa, unda bu odam mijoz tomonidan antipatiya keltirib chiqarishi mumkin, biroq har doim ham mijoz shikoyat qilayotgan biror bir odam unga nisbatan haqiqatda antipatiya ko’rsatayotgan yoki mijoz tomonidan shu kabi hissiyot keltirib chiqaradigan holatda bilib turib o’zini shunday tutayotgan bo’lib chiqmasligi mumkin. Har qanday holatda ham avval sodir bo’layotgan holat haqiqiy sabablari va oqibatini aniq bilib olish uchun yaxshilab tushunib olish zarur. SHunday qilmay turib vaziyatni o’zgartirish va antipatiyani yo’qotish, bundan tashqari, ularni simpatiyaga aylantirishga erishish juda qiyin bo’ladi. Mana shu sababli odamlarning o’zaro munosabatlarida ko’plab yuzaga keladigan tushunmaslik yoki anglashilmovchilik asosida yuzaga keladigan antipatiyalarni diagnostika qilish usullarini hamda yo’qotish amaliy yo’llarini aniqlab olish va muhokama qilish maqsadga muvofiq bo’ladi. Mijoz va boshqa odamlar o’rtasidagi antipatiyaning haqiqiy sabablarini mijozga quyidagi savollar bilan murojaat etib aniqlash mumkin:
- yaqqol antipatiya bilan munosabatda bo’ladigan odam qandaydir ishda sizning raqobatchingiz bo’lib ishtirok etadimi?
- U odatda shu ishlarda sizning muvaffaqiyatlaringizga qanday qaraydi?
- O’zingiz yaqqol antipatiya bilan qaraydigan odam sizning obro’yingiz yoki yaqin, siz uchun hurmatli odamlarni behurmat qilganligi to’g’risida bilasizmi?
- Antipatiya keltirib chiqaradigan ushbu odamda sizga yoqmaydigan ishlarni qilish odati bormi?
- Bu odam sizga yoqmaydigan ish qilganidan xursand bo’ladimi?

  • Bu odamni shaxs sifatida ta’riflovchi odamlarga nisbatan uning umumiy salbiy munosabati ko’zga tashlanadimi?

  • Bu odam shaxsan siz uchun yoqmaydigan xarakter xususiyatlariga egami?

  • SHu odamning harakatlarida, xulqida sizga dushmanlik alomatlari bormi?

  • Bu odam sizning obro’yingizga zarar keltiruvchi yoki siz uchun yaqin bo’lgan odamlar yolg’on, mish-mish gaplar tarqatadimi?

Yuqorida keltirilgan savollarga javob berganida mijoz albatta, uning haqligini tasdiqlovchi isbotlar, hayotdan aniq faktlar keltirib, o’z javobini asoslab berishi kerak. Agarda mijoz u yoki bu savolga aniq javob bersa, lekin uni asoslab bera olmasa, psixolog-maslahatchida mijozning javobi to’g’riligiga asosli gumonlar yuzaga kelishi mumkin. Agarda mijoz o’z javoblarini ishonchli asoslar va faktlar bilan tasdiqlasa, bu javobga ishonsa bo’ladi. Mijoz o’z javobi to’g’riligini tasdiqlovchi asoslarni keltirayotganida ishonchsizligi sezilib tursa, uning antipatiyasi sabablari unda sub’ektiv xususiyatli ekanligini bildirishi mumkin. Agarda antipatiyaning sababi bir odam, mijoz yoki uning sherigi- boshqa bir odamni muhim bir ishda raqobatchi sifatida tushunishlari kerakligini aniqlansa, antipatiyani yo’qotish uchun quyidagicha yo’l tutishni tavsiya qilish mumkin:
Birinchidan, mumkin bo’lgan raqobatchisining harakatlari haqiqatan ham mijozga muhim maqsadlarga erishishiga to’sqinlik qilayotganligini aniqlash (bunday fikr xato bo’lishi mumkin).
Ikkinchidan, mijoz raqobatchisi qarshiligisiz o’z maqsadiga erishishi mumkin bo’lishi uchun nima qilish mumkinligi to’g’risida o’ylab ko’rishi kerak (bu ishda unga psixolog-maslahatchi yordam berishi mumkin).
Uchinchidan, mijozning xulqiga raqobatchining javob harakatlari qanchalik asosli ekanligini va mijoz o’zining mumkin bo’lgan raqobatchilari bilan munosabatlarda o’zini shunday tutishga ma’naviy xuquqli ekanligini aniqlash kerak.
Nihoyat, to’rtinchidan, ikkala tomonning raqobatchiligini minimumga tushiradigan va ishtirokchilarning har biriga boshqa odamning qarshiligisiz va minimal zararlar bilan o’z maqsadlariga ishlatish mumkin bo’lgan hamkorlikdagi, kelishilgan harakatlar to’g’risida kelishib olish imkoniyati borligini aniqlash kerak.
Mana shu savollarga javoblar izlashning o’zi vaziyatni oydinlashtirishi, bu odamlar orasidagi antipatiya ko’rinishlarini ancha kamaytirishi yoki umuman, yo’qotishi mumkin. Agarda bir odam atayin boshqa odamning obro’sini tushirib va bundan xursand bo’lishi antipatiyaga sabab ekanligi aniqlansa, mijozga quyidagi qo’shimcha savollarga javob qaytarish taklif etiladi:

  • boshqa odamning obro’sini tushirayotgan odam nima uchun bunday qiladi va nima uchun o’zini atayin shunday tutadi; uning xulqini o’zgartirish uchun nima qilish kerak? Bu savollardan birinchisiga javob o’sha odamning xulqini psixologik chuqurroq tushunishga imkon beradi, ikkinchi savolga javob esa o’sha odamning xulqini haqiqatan yaxshi tomonga yo’naltirishga qaratilgan aniq harakatlarni o’ylab chiqish va belgilashga yordam beradi. Antipatiya keltirib chiqaradigan odamning individual xususiyatlariga mos kelmaydigan odamlarga umumiy salbiy munosabatlari bor deb, hisoblangandagi vaziyat ancha murakkab holat hisoblanadi. Bu ko’rsatma ko’pincha boshqa odamga odatda salbiy shaxsiy sifatlari bor deb, asossiz ko’rsatilganda, aslida, u odamning o’zi salbiy xususiyatga ega bo’lganida namoyon bo’ladigan ko’rinishi psixologik mexanizmi ta’siri natijasi sifatida ishtirok etishi mumkin. Ushbu holatda mijozning o’zining kamchiligini boshqa odam shaxsida ko’rayotganligiga ishontirish ancha qiyin bo’ladi, chunki barchasidan tashqari psixologik himoyalanish deb, ataluvchi mexanizm ham ishga tushadi. Lekin baribir bu ishni amalga oshirishga harakat qilsa bo’ladi. Buni bajarish uchun to’g’ri yo’l tutmasdan, masalan, mijozga quyidagi savollarga ketma-ket javob berishni taklif etish bilan amalga oshirish mumkin:

  • aytingchi, siz shikoyat qilayotgan va sizda antipatiya keltirib chiqaradigan odamdan tashqari yana biror odam sizga emotsional salbiy ta’sir ko’rsatadigan xarakteri shunday xususiyatlariga ega deb, hisoblaysizmi?

  • Hayotingizda bir odamni xato qilib sizga nisbatan yomon munosabatda deb o’ylab, keyin aslida bunday bo’lib chiqmaydigan xatolar sodir bo’lganmi?

  • Nima deb o’ylaysiz, tasodifan ma’lum hayotiy vaziyatga tushib qolgan odamlar o’z xohishlariga qaramay, mana shu vaziyat ularni o’zlari xohlamagan holatda tutishlariga majbur etishi mumkinmi?

  • Hayotingizda hozir o’zimiz boshqa odamlarni ayblayotgan sabablardan shaxsan o’zingizni ayblagan holatlari, ya’ni antipatiyani keltirib chiqarish holati bo’lganmi?

Mana shu savollar bo’yicha o’ylab va ularga javob izlab mijoz oxiri u boshqa odamni emotsional salbiy munosabatlarni yuzaga keltirishda-ushbu holatda antipatiyani keltirib chiqarishda ayblab haq emasligini ham tushunib yetish va tan olishi mumkin. Agarda antipatiyaga odamlar orasida qabul qilingan odob qoidalariga shu odamning shaxsiy sifatlari yoki xulqi shakllari mos kelmasligi sabab bo’lsa, bunday holatda psixolog-maslahatchiga quyidagicha yo’l tutish tavsiya etiladi.
Birinchidan, mijozdan u shikoyat qilayotgan odam har doim ham va hamma yerda o’zini aynan, shunday tutadimi va salbiy sifatlarini namoyon etadimi, deb so’rash kerak.
Ikkinchidan, shu odamning ba’zi hayotiy vaziyatlardagi xulqini oqlovchi sabablarni topish mumkinligini aniqlash kerak.
Uchinchidan, mijozga quyidagicha xususiyatdagi savolni berish kerak: atrofdagi barcha odamlar mana shu odamni mijoz qabul qilgandek qiladilarmi?
Nihoyat, to’rtinchidan, mijozdan agarda uning yaqin do’sti bo’lib qolganida o’z xulqini o’zgartirishi va boshqa odam xulqiga ta’sir ko’rsata olarmidi, deb so’rash kerak. Agarda bu odamga antipatiyaga mijozning fikricha, uning raqobatchisi mijozning obro’siga putur yetkazuvchi yolg’on gaplar va mish-mishlar tarqatish bilan shug’ullanishi sabab bo’lgan hollarda, psixolog-maslahatchiga eng avval, mana shu mish-mishlar va tuhmatlarda qandaydir oz bo’lsa ham haqiqat borligini aniqlab olish tavsiya etiladi. SHundan keyin mana shu gaplarni tarqatayotgan odam xayolidagi gaplarni ochiq gapirishga va boshqa odamlarning roziligisiz barchaga o’z fikrini aytish huquqiga ega ekanligini aniqlash kerak. Bulardan keyingina mijozga quyidagi savolni berish mumkin: «agarda siz o’zingizni haq deb, hisoblab, haqiqatni gapirayapman deb, ishonganingizda, siz boshqa odamga qandaydir uchinchi odam to’g’risida bironta yomon gap ayta olarmidingiz?»
Mijozdan uning fikricha, nima uchun ba’zi odamlar mish-mishlar tarqatish bilan shug’ullanadilar va ularning bunday harakatlarini oqlash mumkinmi, deb so’rash ham foydali bo’ladi. Nnihoyat, boshqa odamning xulqi sabablarini tushunib yetishda va unga antipatiyani kamaytirishda shunday savol ham ijobiy rolь o’ynashi mumkin: «agarda mish-mishlarni tarqatish bilan boshqa, sizga yaqin bo’lgan odam shug’ullanganida, uning xulqini qanday baholagan bo’lardingiz?»
Suhbat oxirida mijozga bir o’zi bo’lganida mana shu barcha savollarni yana bir bor o’ylab ko’rishni va shu odamga nisbatan yaqqol antipatiya his etishda davom etish kerakmi, bu to’g’risida oqilona qarorga kelishni tavsiya etish kerak.

Download 36.29 Kb.
1   2   3   4   5




Download 36.29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Odamlarning shaxslararo munosabatlardagi asosiy muammolari, ularning yuzaga kelish sabablari

Download 36.29 Kb.