• III. Hisob qismi……………………………………………………………. 3.1. Qurilmani xisoblash va loyixalash………………………………….. IV. Xulosa …………………………………………………………………..
  • Kirish II. Asosiy qism




    Download 4,75 Mb.
    bet1/13
    Sana25.05.2024
    Hajmi4,75 Mb.
    #253915
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Abror


    MUNDARIJA


    1. Kirish……………………………………………………………………

    II. Asosiy qism…………………………………………………………......
    2.1. Bug‘latishning nazariy asoslari………………………………………
    2.2. Bug‘latish usullari…………………………………………………….
    2.3. Bug‘latkichlar tuzilishi va ishlash prinsiplari………………………
    III. Hisob qismi…………………………………………………………….
    3.1. Qurilmani xisoblash va loyixalash…………………………………..
    IV. Xulosa …………………………………………………………………..
    V. Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………..

    KIRISH
    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatning davlat va jamiyatning rivojlanishi istiqbolini strategik rejalashtirish tizimiga sifat jihatdan yangi yondashuvlarni boshlab berdi. Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid Davlat dasturining tasdiqlanishi strategik rivojlanishning ustuvor yo’nalishlarini amaliy ro’yobga chiqarishning boshlang’ich mexanizmi bo’ldi. Dastlabki sarhisoblar davlat organlari, nodavlat tashkilotlar, fuqarolik jamiyat institutlarining Davlat dasturini samarali amalga oshirishga qaratilgan kuchlari, shu jumladan, xorijiy mutaxassislar va xalqaro eksportlarni faol jalb qilgan holda chinakam jipslashganligini ko’rsatdi. Hozirgi kunda Harakatlar strategiyasining ijrosi yuzasidan davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirishga qaratilgan 15 ta qonun va 700 dan ortiq boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib amalda foydalanib kelinmoqda.
    Xususan, ishlab chiqarish tizimini takomillashtirish sohasida zamonaviy talablar hamda ustuvor yo’nalishlarni inobatga olgan holda vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning tuzilmasi, vazifa va funksiyalari qayta ko’rib chiqildi, ko`plab ishlab chiqarish korxonalari, boshqa tashkilotlar qayta tashkil etildi.
    Bo’lg’usi bakalavrlar olgan bilimlarini kelajakda kundalik amaliy ish faoliyatini muayyan bajarishida, ya’ni texnikaviy masalalarni hal qilishda qo’llay olishlari kerak, jumladan:
    - texnologiya jihozlarini ishlatishda, ta’mirlashda va ular loyihasini mukammallashtirishda;
    - yangi texnologiya jihozlarini tahlil va tadbiq qilishda qatnashish;
    - mashina, avtomatlar va uzviy texnologiyaviy tizimlarni tadbiq qilishda.
    Talabalarni “Kimyoviy ishlab chiqarishning asosiy jarayonlari va apparatlari” fanini o’rganish kelajakda turli xil zamonaviy mashina va jihozlarni konstruksiyasini loyihalay oladigan, ularni ishlab chiqarishda qo’llay oladigan mutaxassis bo’lib, yetishsishlarida chuqur o’rganishlari katta ahamiyatga ega. Shu sababli ushbu fanning o’quv jarayonida tutgan o’rni muhimdir.
    Ko’p qirrali kimyo va yengil sanoati va uning mashinasozlik sohalarining talablariga javob bera oladigan bakalvr tarmoq texnologik jihozlari, avtomatik jihozlari va tizimlarini hisoblash va loyihalash borasida ishtirok etishi uchun yetarli bilimga ega bo’lishi lozim. Shuning uchun ishlab chiqarishga yuqori malakali bakalvr yetishtirib berish asosiy vazifalardan biridir.
    “Kimyoviy ishlab chiqarishning asosiy jarayonlari va apparatlari” fanining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
    - umummuxandislik va maxsus fanlar birligini bog’lash;
    - texnologiyaviy jihozlarni loyihalash davrida sinflarga ajratish;
    - neft va gaz va kimyo sanoati korxonalari texnologik jihozlarining texnikaviy sifatini, ish unumdorligi va samaradorlik ko’rsatgichlarini oshirish, ularning loyihaviy xavfsizligi va ekspluatatsiyaviy ishonchligini ta’minlashi;
    - amaliyotda hisoblash va loyihalash va loyihalashni tutgan o’rni;
    “Kimyoviy ishlab chiqarishning asosiy jarayonlari va apparatlari” fanidan kurs loyihasini bajarishda talabalar “Uch korpusli bug’latish qurilmasining hisobi” mavzusida hisoblash ishlarini olib boradi.
    Uchuvchan bo‘lmagan eritmalarning tarkibidagi erituvchini qaynash haroratida quyuqlashtirish jarayoni bug‘latish deb ataladi. Bug‘latish jarayonida eritmaning butun hajmidan bug‘ ajralib chiqadi. Qaynash haroratidan past haroratlarda esa bug‘latish jarayoni ro‘y beradi. Bu jarayonlarni farqlay olish mumkin.



    Download 4,75 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 4,75 Mb.