|
Kirish II. Asosiy qism
|
bet | 6/13 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 4,75 Mb. | | #253915 |
Bog'liq AbrorEritish issiqligi eritmaning konsentratsiyasi, erituvchi va erigan moddalar xossalariga bog‘liq. qo‘shimcha qattiq moddalar erishi davrida kristallik panjara buziladi. Albatta, buning uchun energiya sarflanadi va oqibatda eritmaning sovishi ro‘y beradi. Agar, erituvchi va eriydigan moddalar o‘zaro kimyoviy reaksiyaga kirishsa, gidratlar µosil bo‘lib, jarayon natijasida issiqlik ajrab chiqadi. SHunday qilib, eritish issiqligi erish va kimyoviy o‘zaro tasir issiqliklari yig‘indisiga teng.
Oson gidrat µosil qiladigan moddalar musbat eritish issiqligiga (suvda), ega; gidrat µosil qilmaydigan moddalar - manfiy eritish issiqligiga ega.
2.2. Bug‘latish usullari
Sanoatda mavjud texnologiyalarda asosan quyidagi bug‘latish usullaridan foydalaniladi:
- oddiy bug‘latish (uzlukli va uzluksiz);
- ko‘p korpusli qurilmalarda bug‘latish (faqat uzluksiz);
- issiqlik nasoslarini qo‘llab bug‘latish.
Eritmalar va isituvchi bug‘ xossalariga qarab µamma 3 ta bug‘latish usullari vakuum va bosim ostida o‘tkazilishi mumkin. Issiqlik eltkich sifatida, deyarli µar doim, to‘yingan suv bug‘i ishlatiladi.Kamdan - kam µollarda eritmalar elektr toki yoki oraliq issiqlik eltkichlari yordamida isitiladi.
O ddiy bug‘latish. Issiqlik tejalishi katta aµamiyatga ega bo‘lmagan va unumdorligi kichik bo‘lgan qurilmalarda oddiy bug‘latishdan foydalaniladi. Undan
tashqari, temperatura depressiyasi yuqori eritmalarnigina uzlukli ishlaydigan, bir korpusli bug‘latish qurilmasida amalga oshirish iqtisodiy jiµatdan to‘g‘ri va maqsadga muvofiqdir. Uzlukli bug‘latishni ikki xil yo‘l bilan olib borish mumkin: boshlang‘ich eritmani dastavval yuklash va oz-oz miqdorda yuklash.
Uzluksiz ishlaydigan oddiy bug‘latish qurilmasi 2.51-rasmda keltirilgan.
Boshlang‘ich konsentratsiyali eritma nasos 1 yordamida sarf o‘lchagich 2 orqali isitkich 3 ga uzatiladi. U erda eritma qaynash temperaturasigacha isitiladi va so‘ng bug‘latkich 4 ga bug‘latish uchun yuboriladi. qurilma 4 ning pastki qismida eritma suv bug‘i yordamida isitiladi, natijada erituvchi bug‘latadi. ¥osil bo‘lgan ikkilamchi bug‘ qurilma 4 ning yuqori qismi bo‘lmish separatsion bo‘limida mayda tomchilardan ajratiladi va barometrik kondensator 5 ga yo‘naltiriladi. Undan ikkilamchi bug‘ kondensatsiyalanadi.
Kondensatsiyalanmagan inert gazlar ushlagich 6 orqali vakuum - nasos 8 yordamida so‘rib olinadi. Sovutuvchi suv bilan µosil bo‘lgan kondensat barometrik truba 7 orqali yig‘gichga tushuriladi. quyuqlashtirilgan eritma nasos 8 yordamida tayyor maµsulot omboriga uzatiladi.Vakuum ostida eritmalarni bug‘latish jarayonini tashkil etishning bir qator afzalliklari bor: eritma qaynash temperaturasi pasayadi; past bosimli bug‘larni issiqlik eltkich sifatida qo‘llash mumkin.
Markaziy sirkulyasiya trubali, uzluksiz ishlaydigan bug‘latkich 1-rasmda ko‘rsatilgan.Bug‘latkich asosan ikki qismdan, ya’ni isituvchi kamera 1 va separator 2 dan iborat bo‘ladi.Kamera 1 ko‘pincha to‘yingan suv bug‘i bilan isitiladi. Suv bug‘i kameraning trubalararo bo‘shlig‘iga yo‘naltiriladi, u erda truba devori orqali o‘z issiqligini eritmaga uzatadi va sovitish natijasida kondensatsiyalanadi. Hosil bo‘lgan kondensat kameraning pastki qismidagi shtutser orqali tashqariga chiqariladi.
T rubalarda isitilayotgan eritmaning temperaturasi ortishi bilan zichligi kamayadi. Natijada, eritma truba bo‘ylab yuqoriga ko‘tariladi va devor orqali o‘tayotgan issiqlik ta’sirida qaynash boshlanadi. qaynash jarayonida µosil bo‘layotgan ikkilamchi bug‘ eritmadan ajraydi va separator 2 ga qarab µarakatlanadi. U erda bug‘ mayda eritma tomchilaridan ajratiladi va bug‘ tashqariga chiqariladi. Separatorda ajratilgan tomchilar yana qaytadan bug‘latayotgan eritmaga qo‘shiladi.
Eritmaning ma’lum qismi (zichligi yuqori) sirkulyasiya trubasi orqali bug‘latishning pastki qismiga tushadi. Ushbu trubadagi eritma va isituvchi trubalardagi «bug‘ - suyuqlik» aralashmasi zichliklari o‘rtasidagi farq tasirida beto‘xtov ravishda sirkulyasiya qilib turadi. Konsentratsiyasi oshgan, yani quyuqlashgan eritma, qurilmaning pastki qismidan chiqarib olinadi.
|
| |