Majburiy sirkulyasiyali bug‘latkichlar




Download 4,75 Mb.
bet9/13
Sana25.05.2024
Hajmi4,75 Mb.
#253915
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Abror

Majburiy sirkulyasiyali bug‘latkichlar eritma sirkulyasiyasining intensivligi va issiqlik o‘tkazish koeffitsientini oshirish imkonini beradi. Bunday qurilmalarda qovushoqligi katta bo‘lgan eritmalarni µam bug‘latish mumkin (2.56-rasm). Eritma sirkulyasiyasi propellerli yoki markazdan qochma tipdagi nasoslar yordamida amalga oshiriladi.Boshlang‘ich eritma isituvchi kamera 1 ning pastki qismiga yuborilsa, quyuqlashtirilgan eritma esa - separatorning pastki qismidan chiqariladi (6-rasm).Eritma qaynash trubalari uchidan ozgina pastroq satµda ushlab turiladi. Isituvchi kamera trubalaradagi eritma tezligi 1,2...3,5 m/s bo‘ladi. Eritma sirkulyasiya qiladigan sistema suyuqlik bilan to‘lib turgani uchun nasos ishi faqat gidravlik qarshiliklarni engish uchun sarflanadi. qaynash trubalarining pastki qismidagi bosim, tepa qisminikidan, truba ichidagi suyuqlik ustini va qarshiliklar yig‘indisiga teng miqdorda ortiq bo‘ladi. SHuning uchun, trubaning ko‘p qismida eritma qaynamasdan, faqat isitiladi. Truba uchining ma’lum bir qismidagina eritma qaynaydi.Nasos uzatayotgan suyuqlik miqdori bug‘latayotgan suvdan bir nechabarobar ortiqdir. SHuning uchun µam, suyuqlik massasining qaynash trubasidan chiqayotgan bug‘ - suyuqlik aralashmadagi bug‘ massasiga nisbati j
uda katta.
Bu turdagi bug‘latkichlar isitish yuzasi 25...1200 m2, qaynash trubalarining uzunligi 4...9 m, diametri 25, 38, 57 mm bo‘lishi mumkin. Isituvchi kameradagi ortiqcha bosim 0,3...1,0 MPa, separatordagi vakuum esa - 93 kPa. Sirkulyasion truba ko‘ndalang kesimi yuzasining isituvchi kamera yuzasiga nisbati 0,9 dan kam bo‘lmasligi kerak.Majburiy sirkulyasiyali bug‘latkichlar afzalliklari: issiqlik o‘tkazish koeffitsienti juda katta (erkin sirkulyasiyaligi qaraganda 3...4 marta ko‘p), shuning uchun isitish yuzasi kam bo‘lsa µam bo‘ladi; kichik temperaturalar farqida (3...5°S) µam samarali ishlaydi; kristallanishga moyil eritmalar bug‘latilganda, issiqlik almashinish yuzalarida iflosliklar yopishib qolmaydi.
Bunday qurimalarning kamchiligi shundaki, nasosni ishlatish tufayli energiya sarfi ko‘payadi.Odatda, bug‘latkichlar qimmat legirlangan metallardan yasalganda, µamda qovushoqligi yuqori va kristallanishga moyil eritmalarini bug‘latish uchun qo‘llash yuqori samara beradi.

Download 4,75 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 4,75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Majburiy sirkulyasiyali bug‘latkichlar

Download 4,75 Mb.