|
Bug‘latkichlar tuzilishi va ishlash prinsiplari
|
bet | 7/13 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 4,75 Mb. | | #253915 |
Bog'liq Abror2.3. Bug‘latkichlar tuzilishi va ishlash prinsiplari
Bug‘latish qurilmalarini klassifikatsiyalash usullari ko‘p. Lekin, bug‘latish qurilmalarini ishlash intensivligini xarakterlovchi eritma sirkulyasiyasining turi va karraligi klassifikatsiyalashning asosiy belgilari deb µisoblash mumkin. Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarida uch xil bug‘latish qurilmalari keng tarqalgan:
1. Erkin (tabiiy) sirkulyasiyali bug‘latish qurilmalari;
2. Majburiy sirkulyasiyali bug‘latish qurilmalari;
3. YUpqa qatlamli (plyonkali) bug‘latish qurilmalari.
Zamonaviy bug‘latish qurilmalarining isitish yuzalari 10...1800 m2. Bug‘latkichlar konstruksiyalarini tanlashda eritmalarning fizik va issiqlik xossalari, kristallinishga moyilligi, yuqori temperaturalarga chidamliligi, µar bir korpusdagi foydali temperaturalar farqi, issiqlik almashinish qurilmasining yuzasi, texnologik xususiyatlari µisobga olinishi zarur.Bug‘latish qurilmalari uglerodli, legirlangan va ikki qatlamli po‘latlardan tayyorlanadi.Quyida, sanoatda eng keng tarqalgan, tipik bug‘latkichlar konstruksiyalari keltiriladi.
Ichki isituvchi kamerali va markaziy sirkulyasion trubali bug‘latkich. Vertikal qobiq 1 ning pastki qismida isitish kamerasi 2 joylashgan. ¤z navbatida isitish kamerasi ikkita teshikli panjara va unga razvalsovka usulida maµkamlangan qaynash trubalari 3 dan tarkib topgan. Isitish kamerasining o‘rtasiga qaynash trubalariga qaraganda diametri kattaroq sirkulyasion truba 4 o‘rnatilgan bo‘ladi (3 - rasm).Isitish kamerasining trubalararo bo‘shlig‘iga issiqlik eltkich, ya’ni suv bug‘i yuboriladi.Eritma esa qurilmaning teshikli truba panjarasi ustiga uzatiladi va sirkulyasion truba orqali pastga oqib tushadi. So‘ngra, isitish natijasida zichligi kamayib, qaynash trubalari bo‘ylab tepaga ko‘tariladi va truba ichidan ma’lum bir masofada qaynaydi. ¥osil bo‘lgan ikkilamchi bug‘ separatsion bo‘shliq 5 ga ko‘tariladi va tomchi ushlagich 6 da inersion kuch ta’sirida mayda eritma tomchilaridan ajratiladi. Undan keyin, ikkilamchi bug‘ qurilmadan chiqib ketadi.
quyuqlashtirilgan eritma konussimon tubdagi shtutser orqali oraliq yoki tayyor maµsulot sifatida chiqariladi.
YUqorida qayd etilgandek qaynash va markaziy (sirkulyasion) trubada eritmaning sirkulyasiyasi uning zichliklari farqi ostida ro‘y beradi. Eritma zichligi farqining µosil bo‘lishiga sabab, isitish kamerasi yuzasining markaziy trubanikidan ancha kattaligidir.Ma’lumki, isituvchi kamera trubalarida eritmadan bug‘ ajralib chiqishi, markaziy trubaga qaraganda ancha intensiv bo‘ladi. Demak, qaynash trubularida eritmaning zichligi, markaziy trubanikidan pastroq bo‘ladi. Natijada, zichliklar farqi ta’siri ostida eritma erkin sirkulyasiya qiladi va issiqlik o‘tkazish jarayoni jadallashadi. Undan tashqari, eritma sirkulyasiyasi truba yuzasiga sopolsimon, g‘ovak qatlam (nakip) o‘tirib qolishiga qarshilik ko‘rsatadi.Bu turdagi qurilmalar vakuum ostida ishlaganda, qaynash temperaturasi pasayadi.
Demak, past bosimli issiklik eltkichlardan foydalanish mumkin.Ushbu usulda yuqori temperaturalarga bardosh berolmaydigan eritmalarni bug‘latish tavsiya etiladi.Bug‘latish jarayonida vaqt o‘tishi bilan eritmaning fizik va issiqlik-diffuzion xossalari o‘zgaradi. Bu µol issiqlik berish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Qurilmaning kamchiliklari: trubalar teshikli panjaralarga qattiq, qo‘zg‘almas qilib maµkamlanganligi uchun qobiq va trubalarning temperatura ta’sirida uzayishiga yo‘l qo‘ymaydi; markaziy truba isitish kamerasining ichida o‘rnatilgani uchun temperatura farqi kam bo‘ladi, natijada zichliklar farqi µam oz bo‘ladi, ya’ni sirkulyasiya karraligi kamayadi.
|
| |