Kirish II. Asosiy qism




Download 4,75 Mb.
bet5/13
Sana25.05.2024
Hajmi4,75 Mb.
#253915
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Abror

Gidrostatik depressiya -. Bug‘latkich qaynash trubalarining bir qismi suyuqlik bilan to‘lib turgan bo‘ladi va uning ustida bug‘ - suyuqlikdan iborat emulsiya qatlamida yuqoriga qarab ko‘tarilgan sari bug‘ning miqdori oshib boradi.
Agar, qaynash trubasidagi suyuqlik va emulsiyani shartli ravishda suyuqlik deb nomlasak, unda gidrostatik bosimlar farqi µisobiga trubaning pastki qismidagi suyuqlikning qaynash temperaturasi tepa qismini-kidan yuqori bo‘ladi.
Gidrostatik effekt µisobiga eritma qaynash temperaturasining ortishi gidrostatik depressiya deb ataladi.Bug‘latish jarayoni vakuum ostida olib borilganda, gidrostatik depressiya salmoqli bo‘ladi.
To‘yingan suv bug‘i tc va ikkilamchi bug‘ temperatura T lari orasidagi farq gidrostatik depressiyani beradi:
(1.3)

Ushbu tenglik eritma µarakatini inobatga olmagani uchun uning xatoligi katta.SHuning uchun  ning qiymatlari tajribaviy usulda topiladi.


Vertikal bug‘latkichda intensiv µarakatlanayogan eritmalar uchun  miqdori 1...30 C oralikda qabul qilinishi mumkin.
Gidravlik depressiya - . Ushbu depressiya ikkilamchi bug‘ning separator va quvurlar orqali µarakati davrida ishqalanish va maµalliy qarshiliklarni engishi tufayli vujudga keladigan temperatura yo‘qotilishlar.
Ushbu gidravlik qarshiliklarni engish vaqtida bosimning kamayishi, temperatura pasayishiga sababchi bo‘ladi.
Demak, gidravlik qarshiliklar tufayli eritma qaynash temperaturasining ko‘payishigidravlik depressiya deb nomlanadi. Odatda  ning qiymati 0,5...1,5 0S oralig‘ida bo‘ladi.
YUqorida qayd etilgan depressiyalarni µisobga olsak, eritmaning qaynash temperaturasi quyidagicha µisoblanadi:
(1.4)

bu erda T- ikkilamchi bug‘ temperaturasi, K




Eritmalar issiqlik sig‘imi temperatura va erigan moddalar konsentratsiyasining funksiyasidir.Ko‘pchilik eritmalar issiqlik sig‘imi additivlik qoidasiga bo‘ysinmaydi. SHuning uchun eritmaning ushbu xossasini erigan modda va erituvchilar issiqlik sig‘imlari yordamida aniqlab bo‘lmaydi. SHuni aloµida ta’kidlash kerakki, eritma konsentratsiyasi qanchalik katta bo‘lsa, uning issiqlik sig‘imi shunchalik additivlik qoidasiga kam bo‘ysinadi. Eritmaning ushbu xossasi maxsus adabiyotlarda keltirilgan.

Download 4,75 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 4,75 Mb.