• Kardiotonik dori vositalarining klinik farmakologiyasi O‘quv-uslubiy qo‘llanma
  • Kardiotonik (miokard tonusini oshiruvchi) dori moddalarning klinik farmakologiyasi.
  • Kardiotonik dori vositalarining klinik farmakologiyasi




    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/26
    Sana22.12.2023
    Hajmi1,51 Mb.
    #126449
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
    Bog'liq
    ЛотинКардиотоник ДВ




    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH 
    VAZIRLIGI 
    TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI 
     
     
     
     
     
    Kardiotonik dori vositalarining
    klinik farmakologiyasi 
     
     
     
    O‘quv-uslubiy qo‘llanma 
    Tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining davolash, tibbiy pedagogika va 
     xalq tabobati fakulteti talabalari uchun 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    Toshkent 2022 





    Kardiotonik (miokard tonusini oshiruvchi) dori moddalarning 
    klinik farmakologiyasi. 
    Ma’lumki, yurak qon tomirlar tizimining bir qancha kasalliklari yurak 
    ishining yetishmasligi kabi asoratlar bilan birga kechadi. Yurak ishining 
    yetishmasligi sabablarini uchga bo‘lish mumkin:
    1. Yurak mushaklarining qonning ortiqcha tufayli zo‘riqishi. 
    2. Yurak mushaklarining periferiya qon tomirlarida bosimning 
    yuqorili-gi tufayli zo‘riqishi. 
    3. Yurak mushaklarining bevosita shikastlanishi, ularda moddalar 
    alma- shinuvining buzilishi. 
    Odatda yurak ishining yetishmasligi sabablari bir yoki bir nechta 
    bo‘ladi. Shuning uchun ham davolashda ishlatiladigan dori moddalar bir 
    necha guruhlardan iborat bo‘ladi. Xozirgi kunda yurak ishining 
    yetishmasligini davolash asosan quyidagilardan iborat: 
    1. Miokardning qisqarish kuchini oshirish. 
    2. Organizmdan ortiqcha tuz va suvni chiqarish. 
    3. Periferiyadagi qon tomirlarini, yurakka venoz qon tomirlaridan qon-
    ning oqib kelishini kamaytirish. 
    4. Miokardda moddalar almashuvini yaxshilash. 
    Turli xil farmakologik guruhlarga xos dori moddalar yurakning qisqarish 
    kuchini oshirishi mumkin, ya’ni musbat inotrop ta’sirga ega bo‘lgan dori 
    vositalari. Kardiomiotsitlarning qisqarishi kalsiy ionlarining aktin–
    troponin-tropomiozin kompleksi bilan bog‘langanda sodir bo‘ladi Miokard 
    qisqarish 
    kuchining 
    oshishi 
    kalsiy 
    ionlarining 
    qonsentratsiyasi 
    kardiomiotsitlarda to‘planish tezligini oshishi va qisqaruvchi oqsillarning 
    kalsiy ionlariga sezgirligini oshishi bilan bog‘liq.
    Kardiotonik (musbat inotrop ta’sirga ega) dori vositalarining tasnifi: 
    1. Musbat inotrop effekti kardiomiotsitlarda siklik adenozinmono-
    fosfat (sAMF) miqdorini ko‘payishi va kalsiy oqimining ko‘payishi bilan 
    bog‘liq:
    a) aralash (β 1-adrenoretseptor stimulyatorlari) – dobutamin, dopamin. 
    b) fosfadiesteraza faolligini ingibirlovchi-amrinon, milrinon, enok-
    simon, vesnarinon. 
    2. Kardiomiotsitni qisqartiruvchi oqsillarning kalsiy ionlariga sezuv-
    chanligini oshishi (kalsiy sensitizatorlari)-levosimendan, pimobendan. 
    3. Musbat inotrop effekti kardiomiotsitlarda natriy ionining oshishi 
    bilan bog‘liq bo‘lgan: Na
    +
    -K
    +
    -ATFaza faolligini pasaytiruvchi - yurak 
    glikozidlari. 



    Dopamin kuchli gipotoniya fonida rivojlangan o‘tkir qon aylanish 
    yetishmovchiligini davolashda tanlov DV bo‘lib hisoblanadi, bundan 
    tashqari, og‘ir darajali, refrakter SQA
    Y
    qisqa muddatli davolash 
    maqsadida ham qo‘llanadi. Dopaminning ta’siri yuborilayotgan dozasiga 
    qarab bosqichma- bosqich namoyon bo‘ladi. Kichik dozalarda (0,5-2 
    mkg/kg/min) preparat dopaminergik retseptorlarga ta’sir qiladi, natijada, 
    buyrak va ichak qon tomirlari kengayadi. 2-10 mkg/kg/daq dozada 
    yuborilganda yurakning β
    1
    -adrenoretseptorlarini rag‘batlanishi hisobiga 
    musbat inotrop ta’sir rivojlanadi, arterial bosim oshadi, miokardning 
    kislorodga bo‘lgan talabi va koronar qon oqimi oshadi. 10 
    mkg/kg/daqiqadan ortiq dozalarda dofamin α-adrenoretseptorlarni 
    rag‘batlantiradi, buning natijasida periferik qon tomirlar hajmi va arterial 
    bosim ortadi. Ta’sir qilish joyiga qarab dozalarga bo‘lish taxminiy bo‘lib, 
    retseptorlarning sezuvchanligiga bog‘liq, biroq turli retseptorlarga ta’sir 
    qilish ketma-ketligi saqlanib qoladi. Dopaminni buyurishga alohida 
    ko‘rsatma bo‘lib, og‘ir dekompensatsiyali bemorlarda bradikardiya va 
    gipotoniya borligi hisoblanadi. 40 mg dopaminni (1ta ampula) 5% - 200 
    ml glyukoza yoki izotonik eritmada eritib, vena ichiga tomchilab, 2-4dan-
    10 mkg/kg/daq tezlikda yuboriladi. Tayyorlangan eritmaning bir tomchisi 
    10 mkg DV tutadi. Ta’siri darhol boshlanib, yuborilish to‘xtatilgandan 40 
    daqiqa o‘tgach tugaydi. Dopaminni uzluksiz yoki bo‘lib-bo‘lib 2-3 sutka 
    davomida yuborish mumkin.
    Nojo‘ya ta’siri: yurak ritmining buzilishi, stenokardiya. 
    Qarshi ko‘rsatma: feoxromatsitoma, qorinchalar ritmining buzilishi. 

    Download 1,51 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kardiotonik dori vositalarining klinik farmakologiyasi

    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish