12
kupayish o‘rniga kamayadi. Ba’zi bir klinik holatlarda glikozidlar
yurakning qisqarish kuchini oshira olmasligi mumkin. Bunday holatlarda
ularning tomirlarni toraytirish, umumiy periferik qarshiligini oshirish kabi
ta’sirlari ro‘y beradi. Natijada yurakning ishlashi og‘irlashadi, umumiy
gemodinamika yomonlashadi. O‘pka shishi,
kardiogen shok, o‘tkir
miokard infarkti holatlarida shunday bo‘ladi. Shuning uchun bunday
paytlarda, o‘tkir holatni olish uchun, davolashni boshqa dori vositalari
bilan boshlash va bemorning ahvoli bir oz
yaxshilangandan keyin yurak
glikozidlarni qo‘llash tavsiya etiladi.
2. Glikozidlarning yurakdan tashqarida bo‘lgan ta’sirlaridan yana
biri-
diurezning
ko‘payishidir.
Diurezning
oshishi
umumiy
gemodinamikaning yaxshilanishi va qisman nefron kanalchalarda
reabsorbsiyaning kamayishi tufayli yuz beradi.
3.
Neyromodullovchi effekti: Yurak glikozidlari kichik dozalarda qabul
qilinganda ham simpatik nerv sistemasini bostirish xususiyatiga ega.
(qonda noradrenalin miqdorining kamayishi tufayli.) Bo‘yrak
kanalchalarining
epiteliysi
hujayralarida
Na
+
-K
+
-ATFazaning
ingibirlanishi natijasida natriy reabsorbsiyasi kamayadi, shu sababli natriy
bo‘yrakning distal kanalchasiga kirishi ko‘payadi
va renin sekresiyasi
kamayadi.