• Yurak ishining yetishmovchiligi kuchli darajada bo‘lgan hollarda.
  • Kardiotonik dori vositalarining klinik farmakologiyasi




    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/26
    Sana22.12.2023
    Hajmi1,51 Mb.
    #126449
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
    Bog'liq
    ЛотинКардиотоник ДВ

     Jigar kasalliklarda. 
    Jigarning 
    turli 
    xil 
    kasalliklarida 
    dorilarning 
    metabolizmini 
    sekinlashishi, ularning jigar hujayralari orqali sekresiyasining buzilishi 
    natijasida ba’zi bir jigarda parchalanadigan glikozidlarning ta’siri va 
    toksik ta’siri kuchayishiga olib keladi. Misol uchun: jigar funksiyasining 
    buzilishi digitoksining parchalanishini 5 barobar kamayishiga olib keladi. 
    Shuning uchun jigar funksiyasi buzilgan hollarda digoksinni qo‘llash 
    tavsiya etiladi. 
    Yurak ishining yetishmovchiligi kuchli darajada bo‘lgan hollarda. 
    YuI
    Y
    kuchli darajada bo‘lganda miokardning yurak glikozidlariga 
    rezistentligi oshadi, glikozidlarning terapevtik diapazoni qisqaradi. Albatta 
    bu nojo‘ya ta’sirlar yuzaga kelishi ehtimolligini oshiradi. Misol uchun: qon 
    aylanish yetishmovchiligining (QAE) II A darajada digoksinning 
    terapevtik ta’siri qonda dorining diapazoni 0,8-2,3mg/ml bo‘lganda 
    bo‘ladi, QA
    Y
    III darajada bo‘lganda esa bu diapazon 1,01-1,85 mg/mlni 
    tashkil etadi. 
    So‘nggi diastolik hajm yuqori bo‘lganda (250 mldan) konsentratsiyasi 
    yetarli bo‘lishiga karamay digoksining terapevtik ta’siri kam bo‘ladi. 
    Shuning uchun yurakning so‘ngi diastolik hajmi yuqori bo‘lganda avval 
    chap qorinchani ishini yengillatish kerak. Natijada digitalis bilan 
    o‘tkaziladigan terapiya samarali bo‘ladi. Chap qorincha ishining 
    yetishmovchiligida oshqozon - ichak traktida digoksin va digitoksinning 
    so‘rilishi ancha kamayadi. 


    20 
    Digoksinning yurak yetishmovchiligidagi dozasi:
    *kreatinin miqdori me’yorida bo‘lganda- 0,25-0,375mg/sut. 
    *keksa bemorlarda: 0,0625-0,125mg\sut, kamdan-kam holatda 0,25mg/sut. 
    *bo‘yrak ishi yetishmovchiligi holatlarida digoksinning dozasi kreatinin 
    klirensining miqdoriga qarab kamaytiriladi. 
    Yurak 
    glikozidlarini 
    uzoq 
    vaqt 
    qo‘llanilishi, 
    ularning 
    kumulyatsiyasiga va bundan dozasining oshib ketishiga olib kelishi 
    mumkin, ayniqsa ayollarda. Bu holatga quyidagi omillar sababchi bo‘lishi 
    mumkin: 
    1. SYuYda diuretiklar va glyukokortikosteroidlar qabul qilganda 
    gipokaliemiya 
    olib 
    keladi, 
    bu 
    o‘z 
    navbatida 
    digitalisdan 
    intoksikatsiyalanish ehtimolligi oshiradi. Agar digoksinning ta’sir 
    chaqiruvchi dozasi kattalarda 1,6ng/ml bo‘lsa, gipokaliemiya holatlarda 
    esa 1,1ng/ml o‘zidayoq toksik ta’sir chaqiradi. 
    2. Gipokaligistiyada ham yuzaga kelishi mumkin. Vaholanki qonda 
    kaliyni miqdori normada bo‘lsa ham. Gipokaligistiya miokarditlarda, 
    YuIK, SYuE kuzatilishi mumkin Shuning uchun bunday holatlarda kaliy 
    preparatlarini qo‘shimcha ravishda yuborish tavsiya etiladi.
    3. Bo‘yrak va jigar ishining yetishmovchiligi holatlarda yurak gliko-
    zidlarining eliminatsiyasi va biotransformatsiyasi buziladi, bunday xolatda 
    yuzaga kelgan giperkaliemiya yurakning qisqarish va qo‘zg‘alish 
    funksiyalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun kaliy preparatlarini 
    faqat gipokaliemiya va gipokaliygistiya holatlardagina qo‘llash kerak. 
    4. Kalqonsimon bezning gipofunksiyasi metabolizm kamayishi 
    hisobiga Yu.G. ning qonsentratsiyasi ortishiga sharoit yaratib beradi. 
    Semiz kishilarga qo‘llanadigan gidrofil Yu.G.ning dozasi gavdaning 
    mushak vazni hisobidan, yog‘da eriydigan Yu.G.ning dozasi esa umumiy 
    gavda vazni hisobidan hisoblab chiqariladi 
    5. O‘pka kasalliklari gipoksiya kuchayishi sababli organizmning 
    Yu.G.ga bo‘lgan sezuvchanligini oshiradi. 
    6. Ichaklarda yallig‘lanish jarayoni rivojlanganida Yu.G.larining 
    ulardan so‘rilishi kuchayadi. 
    Yurak glikozidlarini buyurilishiga maqsadga muvofiq bo‘lmagan 

    Download 1,51 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kardiotonik dori vositalarining klinik farmakologiyasi

    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish