19
digoksin va strofantinning ta’siri
kuchayadi, toksikligi oshadi. Shu narsa
aniqlangan, digitalisdan intoksikatsiyalanishning asosiy sabablardan 65-
75% hollarda BIE bo‘lgan. BIEning terminal
bosqichida digoksin va
strofantinning yarim eliminatsiya davri 3-4 barobarga uzayadi.
Digoksinning
eliminatsiyasi
kreatininning
klirensi
bilan
to‘g‘ri
proporsional o‘zgaradi. Agar kreatinning klirensi 100ml/daq bo‘lganda xar
kuni organizmdan qabul qilingan digoksinning 20% ajralib chiqsa,
kreatinning klirensi 10ml/daq bo‘lganda esa bor yo‘g‘i 14%
ajralib
chiqadi. Bunday holatlarda UTD quyidagi formula bilan hisoblanadi.
UTD = TTD x (14+kreat klir:5) mg/sut. Ma’lumki, BIEda digoksinning
qondagi oqsillar bilan bog‘lanishi
kamayadi, miokardning preparatga
ta’sirchanligi oshadi, albatta bularni ham e’tiborga olish kerak.
Undan
tashqari BIEda giperkaliemiya bo‘ladi bu esa dorining terapevtik ta’sirini
pasayishiga va toksik ta’sirining oshishiga olib keladi. BIEda qo‘llanishi
mumkin bo‘lgan glikozidlardan eng asosiysi digoksindir. Chunki u
bo‘yraklar orqali juda kam chiqariladi, asosan jigarda parchalanadi.