17
1. Tez tempdagi digitalizatsiya. Bunda
butun terapevtik doza bir
sutka davomida uchga bo‘lib yuboriladi. Birinchi yuborilganda butun
dozaning 1/2, keyingilarini esa 8 soat oralatib, ikkinchi marta 1/4 dozadan
yuboriladi. Bu usul faqat yangi Yu.G.ni klinikalarda tajribadan o‘tkazish
maqsadida qo‘llaniladi. Chunki bu usulda
preparat dozasini oshirib
yuborish xavfli bo‘ladi.
2. O‘rtacha tempdagi digitalizatsiya. Bunda butun terapevtik doza 3-5
kun davomida yuboriladi. Birinchi kun butun dozaning ½ qismi, keyingi
ikki kunda esa 1/4
qismdan yuboriladi, Digitalizatsiyalashning bu metodi
taxikardiya, qorincha usti aritmiyalari bilan
kechayotgan surunkali yurak
ishining yetishmovchiligi holatlarida qo‘llaniladi.
3. Sekin tempdagi digitalizatsiya. Digitalis bilan tuyintirish 7-10 kun
davomida olib boriladi. Bu metod yurakning qisqarish soni normal yoki
bradikardiya bo‘lganda qo‘llaniladi.
Digitalizatsiyalash
davrida
kasal
organizmning
individual
ta’sirchanligini e’tiborga olgan holda dozani
muntazam korreksiya qilib
borish kerak. Ratsional davolashning asosi individual talabga qarab yurak
glikozidlari bilan tuyintira bilishdan iboratdir. Digitalizatsiyaning ikkinchi
bosqichida erishilgan effektni ushlab turuvchi dozada glikozidlar beriladi.
Bunda ushlab turuvchi doza (UTD), eliminatsiya koeffitsientini e’tiborga
olgan holda to‘la terapevtik dozaga (TTD) nisbatan protsentda hisoblanadi.
Eliminatsiya koeffitsienti digitoksinda 7%, digoksinda 20%, strofantinda
esa 40%. UTD quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: