18
0,44mg=1,78 mg
5 kun
1tab
(0,25mg)x3marta/kuniga=1,78mg+0,75gm=2,53mg-
0,5mg=2,03mg To‘yintirish dozasi (TD)= 2,0 mg
6 kun
Ushlab turuvchi dozaga o‘tish (UTD).
UTD =TTD (mg) x kvota eliminatsiya (%) / 100 %. UTD -
0,4mg.
Turli xil fiziologik va patologik holatlarda
yurak glikozidlarning
farmakokinetikasi (FK) va farmakodinamikasi(FD).
Jins va yoshning ahamiyati.
Ba’zi ma’lumotlarga karaganda erkaklar ayollarga nisbatan yurak
glikozidlarga ta’sirchanroqdir. Keksa
yoshdagi bemorlarda yurak
glikozidlariga ta’sirchanlik oshadi. Agar digoksinning ta’sir chaqiradigan
o‘rtacha konsentratsiyasi kattalarda 1,26 ng/ml bo‘lsa, yangi tug‘ilgan
chakaloqlarda 2 ng/ml bo‘ladi, keksalarda esa bu konsentratsiya 0,9ni
tashkil etadi. Shuning uchun keksalik digitalisdan intoksikatsiyalanishga
moyillik qiluvchi faktorlardan biri hisoblanadi.
Shuning uchun qari va
keksa bemorlarni glikozidlar bilan davolashda ularga individual
yondoshish, terapevtik samara olingandan keyin
dorining dozasini darhol
kamaytirish kerak. Umuman qilib olganda 65 yoshdan 75 yoshgacha
bo‘lgan bemorlarga TTDning 3/1 qismi buyuriladi. 75
yoshdan oshgan
bemorlarga esa boshidan UTD buyuriladi.
Keksa bemorlarda glikozidlarga ta’sirchanlikni oshishining asosiy
sabablari - bu jigarda metobolizmning susayishi va bo‘yrakning
filtrlash
funksiyasining pasayishidir.