• Yurak glikozidlarini qo‘llash uchun ko‘rsatmalar.
  • Kardiotonik dori vositalarining klinik farmakologiyasi




    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/26
    Sana22.12.2023
    Hajmi1,51 Mb.
    #126449
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
    Bog'liq
    ЛотинКардиотоник ДВ

    Strofantin. Qutbli glikozid faqat vena ichiga yuboriladi. 
    Metabolizmga 
    uchramaydi. 
    Organizmdan 
    o‘zgarmagan 
    holatda 
    chiqariladi: Shundan 70-90% o‘t va axlat bilan, qolgani siydik bilan 
    chiqariladi. Jigarning o‘t ajratish funksiyasi va bo‘yrakning siydik 
    chiqarish funksiyalari baravariga buzilgan holatlardagina strofantin 
    organizmda kumulyatsiya bo‘lishi mumkin. Yana shuni e’tiborga olish 
    kerakki, strofantinni digoksin berilgandan keyin 12-24 soat davomida, 
    digitoksin berilgandan keyin 7-14 kun mobaynida yuborish mumkin emas, 


    16 
    aks holda digitalis intoksikatsiyasi yuzaga chiqishi mumkin. Strofantinni 
    kuniga 2 mahal yuborish tavsiya etiladi. Kechqurun yuborilgan strofantin 
    kunning boshqa vaqtlarida yuborilgandagiga qaraganda kuchli ta’sir etadi 
    degan ma’lumot bor. U yurakning aatrioventrikulyar o‘tkazuvchanligiga 
    va yurakning qisqarish soniga (YuQS) boshqalarga nisbatan kamroq ta’sir 
    etadi. 
    Korglyukon ta’siri bo‘yicha strofantinga yakin.Ta’siri tez 
    boshlanadi, ta’sir qilishi strofantinga qaraganda uzoqrok. Strofantinga 
    nisbatan terapevtik doza diapazoni kengroq. Lekin kardiotonik ta’siri 
    bo‘yicha strofantindan 3 barobar kuchsiz: ekvivalent terapevtik ta’sir olish 
    uchun strofantin 0,5 mg, korglyukonni esa 1,8 mg yuborish kerak. O‘ng 
    qorincha yetishmovchiligida boshqalarga qaraganda samarasi yaxshiroq. 
    Dorining qondagi terapevtik konsentratsiyasini ushlab turish uchun kuniga 
    2 mahal yuborish tavsiya etiladi. Yurakning ishemik kasalligi va 
    keksalarda ko‘proq buyuriladi. 
    Yurak glikozidlarini qo‘llash uchun ko‘rsatmalar. 
    1. Hilpillovchi taxiaritmiya. Bunda YuGlari qorinchalarning 
    qisqarish soni va tezligini kamaytirib, tomir urishidagi kamchilikni 
    bartaraf etadi. Tomir urishini tinch holatda daqiqasiga 60-80 marta, 
    o‘rtacha yengil jismoniy ish paytida daqiqaga ko‘pi bilan 100 marta 
    darajasida saqlab turishi kerak. 
    2. Qon aylanish yetishmovchiligining IIa va IIb darajasi. (Chap yoki 
    o‘ng qorincha ishi yetishmovchiligi). Gipertoniya kasalligi, yurak 
    qopqoqchalarining zararlanishi, aterosklerotik kardioskleroz kabilarda 
    yurakka zo‘r kelishi, ya’ni uning zo‘riqishi oqibatida kelib chiqqan yurak 
    ishi yetishmovchiligida YuGlari ayniqsa ko‘proq ko‘rsatma bo‘la oladi.
    3. 
    Ba’zi 
    hollarda 
    resiprok 
    tugunchali 
    bo‘lmacha-qorincha 
    taxikardiyasi profilaktikasi uchun.

    Download 1,51 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kardiotonik dori vositalarining klinik farmakologiyasi

    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish