Digitalis intoksikatsiyasi (DI) davolash




Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/26
Sana22.12.2023
Hajmi1,51 Mb.
#126449
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
Bog'liq
ЛотинКардиотоник ДВ

Digitalis intoksikatsiyasi (DI) davolash. 
Digitalis intoksikatsiyasi yuzaga kelganida glikozidlarni bekor qilish 
bilan birga ularning organizmdan tezroq chiqarib yuborishga hamda 
preparatning miokardga bo‘lgan zaxarlovchi ta’sirini kamaytirishga 
qaratilishi lozim. DIni davolashda eng samarali da’vo bo‘lib - 
glikozidlarning maxsus antidoti – digoksinga qarshi antitanachalar, FAB- 
fragment (diginbid) hisoblanadi. 1flakon- 40mg diginbid 0,6mg digoksinni 
neytrallaydi. Vazelin moyi organizmga qaysi yo‘l bilan kiritilgan 
bo‘lishidan qat’iy nazar, yog‘da eriydigan glikozidlarning ichakda 
so‘rilishini va reabsorbsiyasini to‘xtatib qo‘yadi. Xolestiramin ham 
glikozidlar bilan bir qator murakkab birikmalar hosil qilib Yu.G.larining 
so‘rilishini kamaytiradi. Faollashgan ko‘mir esa Yu.G.larini so‘rilishini 
qiyinlashtirib, 
qo‘yadi. Xullas bu preparatlar DIni davolashda 
Yu.G.larining farmakokinetikasiga ta’sir ko‘rsatadi.
Kalsiy qonsentratsiyasini kamaytirish uchun 5%li glyukoza eritmasiga 
qo‘shib 70 mg/kg hisobiga trilon B/etilenamintetrasirka kislota dinatriy 
tuzi, EDTA (etilen diamin tetroasetoaldegid) qo‘llaniladi. Unitiol - SH-
guruh donatori miokardning transport ferment tizimlari darajasida 
Yu.G.lari bilan raqobatlasha oladi. Uni gavdaning xar 10 kg og‘irligiga 5% 
eritmasidan 1ml hisobida kuniga 2 mahal mushak orasiga yuboriladi. Kaliy 
preparatlarini (kaliy xlorid, panangin, qutblantiruvchi aralashma) vena 
ichiga yuborish nafaqat gipokaliemiya holatidagina emas, balki qon 
zardobida kaliyning miqdori me’yorida bo‘lganda ham yuborish tavsiya 
etiladi, negaki qon zardobidagi kaliyning me’yori hamma vaqt ham uning 
organizmdagi miqdorini aks ettiravermaydi. Odatda sutkada 4-8 gramm 
kaliy kiritiladi Kaliy preparatlarini AV blokadaning 1-2 darajalarida 
ehtiyotkorlik 
bilan 
tavsiya 
etilishi 
lozim, 
chunki 
ular 
AV 


28 
o‘tkazuvchanligiga 
sinergetik 
ta’sir 
ko‘rsatib, 
o‘tkazuvchanlikni 
pasaytiradi. Giperkaliemiya bilan kechayotgan bo‘yraklar ishi izdan 
chiqkan hollarda ham kaliy preparatlariga monelik qiladi. Yuqorida qayd 
qilingan preparatlar DIni davolashda farmakodinamikasiga ta’sir 
ko‘rsatadi. Yurak glikozidlari aritmiyaga sabab bo‘lganida antiaritmik 
preparatlardan 1v guruhi ( lidokain, meksiletin, difenin) buyuriladi, chunki 
bu guruh preparatlari yurak o‘tkazish tizimiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Difenin 
shu bilan bir qatorda AV-tugunchadan impulslarning o‘tkazuvchanligini 
yaxshilaydi, transmembran xarakat potensialining 3 - fazasiga ta’sir 
ko‘rsatib, kaliyning miokard hujayralaridan chiqishini kamaytiradi. 
Lidokainni 100-150mgdan venaga oqim bilan bir necha marta yuborish 
mumkin, keyin venaga tomchilatib, 1-2mg daqiqa tezlikda yuboriladi. 
Albatta antiaritmik dori vositalardan tez natija olish uchun vena ichiga 
yuborish kerak. Bu guruh dori vositalari ektopik impulsatsiyani
tormozlaydi, shuning uchun qorincha aritmiyalarida buyuriladi. Qorincha 
usti aritmiyalarida β adrenoblokatorlar qo‘llaniladi. Asosan prapronolol 
buyuriladi (vena ichiga juda sekin 5 daqiqa davomida 1mg yuboriladi, 
hammasi bo‘lib 5mgdan oshmasligi kerak, ichishga esa 10-20mgdan xar 6 
soatda beriladi). β blokatorlar buyurilganda AV-blokadalar yo‘qligiga 
amin bo‘lish kerak. EKGorqali yurak ishini, arterial qon bosimni nazorat 
qilib turish lozim. Bu preparatlarni yurak qorinchalari taxikardiyalarida va 
fibrillyatsiyasida endogen katexolaminlar ta’sirini bartaraf etish maqsadida 
ham qo‘llaniladi. Yaqqol bradikardiya, AV- blokadalarda M - 
xolinoblokatorlar (atropin, platifillin), bu dori vositalariga qarshi 
ko‘rsatma bo‘lsa β
1, 
β

stimullovchilar (izoprenalin) buyuriladi. Morgani-
Adams-Stoks xurujli to‘liq AV-blokadalarda elektrokardiostimulyatsiya 
qilinadi.
Shunday qilib, yuqoridagilarni qisqaroq qilib aytib o‘tilganda: 
YuGdan zaxarlanishni davolashda farmakodinamikasiga ta’sir 
etadigan preparatlar: Unitiol, ETDA, Difenin, Kaliy tuzlari. 
YuGdan zaxarlanishni davolashda farmakokinetikasiga ta’sir etadigan 
preparatlar: Faollashtirilgan ko‘mir, Xolestiramin, Vazelin yog‘i 

Download 1,51 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Digitalis intoksikatsiyasi (DI) davolash

Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish