• Digitalis intoksikatsiyasiga moyillik tug‘diruvchi bir qator omillar
  • Yurak glikozidlarining nojo‘ya ta’siri, uning oldini olish va davolash




    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/26
    Sana22.12.2023
    Hajmi1,51 Mb.
    #126449
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
    Bog'liq
    ЛотинКардиотоник ДВ

     
    Yurak glikozidlarining nojo‘ya ta’siri, uning oldini olish va davolash
    Yu.G.larining eng asosiy nojo‘ya ta’siri «digitalis intoksikatsiyasi» 
    «DI» deb ataluvchi ta’siridir. Bu o‘rtacha 10-20% hollarda yoki besh 
    bemordan bittasida uchraydi. «DI» degani bu-Yu.G. qabul qilinayotgan 
    paytidagi ulardan yuzaga keladigan maqsadga muvofiq bo‘lmagan yoki 
    boshqacha aytganda nojo‘ya ta’sirlarini ko‘rsatuvchi klinika-laborator 
    ko‘rsatgichlarning yig‘indisidir. Intoksikatsiya belgilari klinik samara 
    namoyon bo‘lguncha ham yuzaga kelishi mumkin. «DI»si yuzaga kelishi 
    bemor hayotiga jiddiy xavf tug‘diradi, shuning uchun ham uning oldini 
    olish va o‘z vaqtida davolash shifokor uchun dolzarb masala bo‘lib 
    hisoblanadi.
    Digitalis intoksikatsiyasiga moyillik tug‘diruvchi bir qator omillar 
    mavjud. Ulardan baxobar bo‘lish va ularni hisobga olib ish yuritish 
    zarurdir: keksalik; yoshlik; bo‘yrak ishi yetishmovchiligi; jigar ishi 
    yetishmovchiligi; gipokaliemiya, gipokaliygistiya; gipomagniemiya; 
    giperkalsiemiya; 
    kislota 
    ishqor 
    muvozonatining 
    buzilishi; 
    gipoproteinemiya; miokarditlar; miokard ishemiyasi yaqqol bosqichi
    miokard infarkti o‘tkir fazasi; qalqonsimon bez funksiyasining buzilishi; 
    gipoksiya; atsidoz; simpatik-adrenergik sistema faolligini kuchayishi va 
    yurak 
    mushagida 
    katexolaminlarning 
    kuchayishi; 
    o‘pka 
    ishi 
    yetishmovchiligi, o‘pka-yurak; miokard yallig‘lanishi; miokardning kuchli 
    dilyatatsiyasi; SYu
    Y
    ning oxirgi bosqichi; elektroimpulsli defibrilyatsiya; 
    glikoprotein Rning genetik polimorfizmi. 
    Keyingi yillarda tadqiqot ishlari shuni ko‘rsatadiki, digitalis 
    intoksikatsiyasining kelib chiqishida adrenergik mexanizmlar, ayni 
    chog‘da simpatik-adrenergik tizimi faolligining kuchayishi va yurak 
    mushagida katexolaminlarning ko‘payib ketishi muhim ahamiyatga ega 
    bo‘ladi. Gap shundaki, Yu.G. labil fraksiyalardan katexolaminlarni siqib 
    chiqarish “qayta tutib olish“ni bloklab quyish va adrenergik sinapsida 
    katexolaminlarni to‘plash qobiliyatiga egadir. Katexolaminlar miokardning 
    beta-adreno- retseptorlarni qo‘zgatadi, adenilatsiklazani faollashtiradi, bu 
    esa 
    ATFning 
    s-AMFga 
    aylanishini 
    kuchaytiradi, 
    Yu.Glari 
    adenilatsiklazani faqat adrenergik mexanizmlar orqaligina faollashtirib 


    25 
    qolmay, 
    balki 
    bevosita 
    faollashtiradi 
    ham. 
    s-AMF 
    hujayralar 
    membranalarini va ularning organellalarining kalsiy o‘tkazuvchanligini 
    oshiradi. Hujayralar ichida labil va faol kalsiylar miqdori oshadi. Shu bilan 
    bir vaqtda s-AMF monovalent kationlarning hujayra ichidagi balansini 
    o‘zgartirib, miokardning qo‘zg‘aluvchanligini oshirib, Na
    +
    -K
    +
    - ATFazani 
    ingibirlaydi. Shu sabab, simpatolitiklar bilan beta adrenoblakatorlar 
    Yu.G.larining kardiotonik ta’siriga miokardning tolerantligini oshiradi va 
    digitalis intoksikatsiyasining yuzaga kelish xavfini pasaytiradi. Bunda 
    beta-adrenoblakatorlar Yu.G.larining inotrop ta’sirini pasaytirmaydi. Aytib 
    o‘tilganlardan shu xulosaga kelish mumkinki, beta adrenoblokatorlar 
    digitalis intoksikatsiyaning oldini olishda muhim rol uynaydi.
    Ma’lumki, miokardda yallig‘lanish jarayonining bo‘lishi digitalis 
    intoksikatsiyasi yuzaga kelishida xatarli omil hisoblanadi. Bu gistamin va 
    serotonin - yallig‘lanish mediatorlari Yu.G.larining kardiotoksikligini 
    kuchaytirish xususiyati bilan bog‘liq. Shu sababli miokardning 
    yallig‘lanish jarayonida antigistamin va NYaQDVlar qo‘llash digitalis 
    intoksikatsiyaning oldini olishning navbatdagi usulidir. Bundan tashqari, 
    yallig‘lanish mediatorlari, shuningdek miokard parchalanishida hosil 
    bo‘luvchi 
    to‘qima 
    antigenlari 
    hujayralar 
    membranasining 
    o‘tkazuvchanligini buzadi. Shu sabab, membrana stabillovchi ta’sirga ega 
    bo‘lgan antiaritmik dori vositalarni (lidokain, trimekain, difenin) qo‘llash 
    Yu.G.ning kardiotonik ta’siriga bo‘lgan organizm tolerantligini ancha 
    oshiradi. 
    Gipokaliemiya va ayniksa gipokaliygistiya - shubxasiz digitalis 
    intoksikatsiyaning xatarli omili deb tan olingan. Chunki gipokaliygistiya 
    hujayralar membranalarining tinchlik potensialini pasaytiradi, ya’ni 
    Yu.G.larining 
    aritmogen 
    ta’sirini 
    rag‘banlantirib, 
    ularning 
    qo‘zg‘aluvchanligi bilan «ektopik tayergarligini» oshiradi. Shu sabab, 
    kaliy preparatlarini qo‘llash Yu.G.lariga bo‘lgan tolerantligini ancha 
    oshiradi, ammo bunda Yu.G.larining kardiotonik ta’sirini o‘zgartirib 
    qo‘ymaydi. 
    Digitalis intoksikatsiyasi xavfi miokard ishemiyasida, gipoksiyada, 
    atsidozda oshadi. Chunki miokard ishemiyasi Na
    +
    -K

    nasos faolligini 
    pasaytirib qo‘yadi. Gipoksiya bilan atsidoz, shu jumladan, o‘pkaning o‘tkir 
    shishida rO
    2
    ning kamayishi Na
    +-
    K
    +
    nasosini pasaytirib qo‘yadi. 
    Digitalis intoksikatsiyasining farmakologik jihatdan oqilona oldini 
    olish, odatda, muayyan kasallikning patogenezini tahlil qilib ko‘rishdan 
    kelib chiqadigan digitalis intoksikatsiyasi xavfining aniq ravshan omilini 
    hisobga olish yo‘li bilan bajariladi. Masalan, o‘tkir miokard ishemiyasida 


    26 
    bir necha omillarning muttasil ta’sir etib turishi tufayli bir necha kun 
    mobaynida strofantinga bo‘lgan sezgirlik oshib turadi. Chunonchi 
    okklyuziyaning dastlabki soatlarida adrenergik ta’sir tufayli koronar 
    arteriyalarning Yu.G.lariga sezgirligi oshib tursa, keyinchalik yallig‘lanish 
    mediatorlarining siqib chiqarilishi va ishemiyaga uchragan miokarddagi 
    elektrolitlarning so‘rilishi tufayli oshadi. Shunga ko‘ra o‘tkir miokard 
    ishemiyasida digitalis intoksikatsiyasini oldini olish uchun dastlab beta 
    adrenoblokatorlarni 
    qo‘llab, 
    keyin 
    antigistamin 
    va 
    membrana 
    stabilizatorlarini, ko‘proq vaqt o‘tkazib, kaliy preparatlarini qo‘llash ijobiy 
    natija beradi. Shunday qilib, Yu.G.lariga bo‘lgan tolerantlikning 
    o‘zgarishini dorilar bilan tartibga solib borish Yu.Glarining dozasini 
    kamaytirmasdan va shu bilan davolovchi ta’sirini ham pasaytirmay, ularni 
    keng doirada va xavf-xatarsiz qo‘llash imkonini beradi. 

    Download 1,51 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yurak glikozidlarining nojo‘ya ta’siri, uning oldini olish va davolash

    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish