Digitalis intoksikatsiyasi. (D.I.)




Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/26
Sana22.12.2023
Hajmi1,51 Mb.
#126449
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
Bog'liq
ЛотинКардиотоник ДВ

Digitalis intoksikatsiyasi. (D.I.) 
Digitalis intoksikatsiyasining mexanizmi asosida Yu.G.larining 
kaliyni hujayra ichiga olib kirib, natriyni olib chiqib ketishini 
ta’minlaydigan membrana-ATFazasini falajlab qo‘yishi yotadi. Natijada, 
miokard hujayralari bilan o‘tkazuvchi tizimlarning qo‘zg‘aluvchanligi 
ortib, ularning qutblanishi, metabolizmning tezlashuvi pasayadi, hujayra 
ichi atsidozi kelib chiqadi. Kalsiy Yu.G.larining membrana ATFazasiga 
zaxarlovchi ta’sir qilishida sinergist hisoblansa, kaliy antoganist 
hisoblanadi. 
Digitalis intoksikatsiyasining quyidagi asosiy alomatlari mavjud: 
*Yurakdagi alomatlari: (30-40% hollarda uchraydi.) 
Keyin taxisistoliyaga aylanadigan keskin bradikardiya, qorincha 
ekstrasistolalari (aksariyat holda alloritmiya-bigeminiya, politop qorincha 
ekstrasistoliyalari), tugunli taxikardiya, sinoatrial blokada, yurak 
bo‘lmachalari taxikardiyasi, titroq aritmiya, AV-blokadalar, yurak ishi 
yetishmovchiligi belgilarining kuchayishi. 
*Dispeptik alomatlar: (70-100% hollarda uchraydi.) ko‘ngil aynash, 
ishtaha yo‘qolishi (birinchi belgilari), qusish, ich surishi, qorin og‘rishi. 
*ko‘rish alomatlarining buzilishi: ksantopsiya (buyumlarning sarg‘ish-
yashilnamo rangda ko‘rinishi, ko‘rish o‘tkirligining pasayishi, skatomalar 
*Nevrologik alomatlar: uyquning buzilishi, kechasi alahsirash, 
bosinqirash, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, holsizlik, bezovtalanish, 
qo‘rquv paydo bo‘lishi, nevritlar va b.
*Endokrin tizimiga taalluqli alomatlar: ginekomastiya, impotensiya. 
*Allergik alomatlar. 


27 
*Boshqa alomatlar: trombotsitopenik purpura, burundan qon ketish
petexiyalar. 
Klinik hamda elektrokardiografik ma’lumotlarga asoslanib digitalis 
intoksikatsiyasi tashxisi qo‘yiladi. 
Digitalis intoksikatsiyasida EKGda bo‘ladigan o‘zgarishlar: keyin 
taxisistoliyaga aylanadigan keskin bradikardiya, AV blokadalar, elektrik 
sistoliya muddatining oshishi, T tishchaning manfiyligi, yurak 
qorinchalarining ekstrasistoliyasi. 
YuG toksikligini oshiruvchi preparatlarga qo‘yidagilar kiradi: 
Glyukokortikosteroidlar, Verapamil, Teofillin, Qovuzloq diuretiklar, 
Kalsiy preparatlari, Antiaritmiklar (Xinidin), Aminoglikozidlar (Strofantin 
uchun), Atropin, Jigardagi metobolizm ingibitorlari 

Download 1,51 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish