37
Mavzuda qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar:
- “kuchsiz a’zo” o‘yini
- vaziyatli masalalar yechimi
“Kuchsiz a’zo” o‘yini o‘tkazish uslubi.
Kerakli narsalar:
1. Yurak glikozidlari mavzusida savollar to‘plami.
2. O‘yin protokolini olib borish uchun gruppalar ro‘yhati yozilgan list.
3. Sekundomer.
O‘yin tartibi:
1.
O‘yinni pedagog va talabalar ichidan bir yordamchi – hisobchi olib
boradi.
2.
Hisobchi listga o‘tkazilgan kunni, gruppa nomerini, fakultetni, o‘yin
nomini, studentlar ro‘yhatini yozadi.
3.
O‘qituvchi savollar orasidan ketma-ket so‘ray boshlaydi.
4.
Talaba har savolga 5 sek ichida javob berishi kerak.
5.
O‘qituvchi to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanini
baholab boradi va agarda
noto‘g‘ri javob bo‘lsa to‘g‘rilaydi.
6.
Hisobchi talaba ismi to‘g‘risiga yoki belgilarini qo‘yib boradi.
7.
Talabalar shunday tartibda 2 turdagi savollarga javob berishadi.
8.
Shundan keyin 2- qolgan talabalar o‘yindan “kuchsiz a’zo” sifatida
chiqib ketishadi.
9.
O‘yin qolgan talabalar o‘rtasida davom yetadi. Talabalarga qayta 1
tur savollar beriladi va yana 2- qolgan talabalar o‘yindan chiqadi.
10. Turdan turga savollarga eng to‘g‘ri
javob bergan kuchli talaba
ajratiladi.
11. Listda qaysi talaba qaysi turda chiqib ketganini o‘qituvchi
baholaydi.
12. O‘yin maksimal 100 ball bilan baholanadi.
13. O‘yinda olingan ballar darsning teoretik
qismi bahosi sifatida
qo‘yiladi.