Kardiotonik dori vositalarining klinik farmakologiyasi




Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/26
Sana22.12.2023
Hajmi1,51 Mb.
#126449
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
ЛотинКардиотоник ДВ

Masala №2 
Bemor S., 25 yosh, klinikaga quydagi tashxis bilan keldi: 
Revmatizm, aktiv davri. Qaytalanuvchi revmokardit. Yurakning mitral 
nuqsoni yetishmovchilikning ustunligi bilan. Asorati: SYu
Y
IIB, FSIII. 
Hilpillovchi aritmiya taxisistolik shakli. Jigarda o‘zgarishlar topilmadi. 
Buyrakning funksiyasi buzilgan, mochevina 15 mmol/l, kreatinin 1,9 
mmol/l. 
1. Yurak glikozidlarini buyurishga ko‘rsatma bormi? Javobingizni 
asoslang. 
2. Qaysi yurak glikozidlarini tafsiya etish optimal va xavfsiz? 
3. Siz tanlagan yurak glikozidining to‘yintiruvchi va ushlab turuvchi 
dozasini ayting. 
4. Digitalis bilan davolash samaradorligini baholashning qanday 
usullari mavjud? 
Masala №3 
Bemor 80 yoshda, quyidagi klinik tashxis bilan klinikaga keldi: 
Ateroskleroz III, aorta va bosh miya qon tomirlarining aterosklerozi, 
diffuz kardioskleroz, xilpillovchi aritmiya taxisistolik formasi, SYu
Y
II 
FS. 
Bemorga 0,25mg kuniga 3 mahaldan digoksin buyurilgan. 
1. Bemorga preparat to‘g‘ri buyurilganmi va uning dozasi to‘g‘ri 
tanlanganmi? 
2. Ayni vaqtda digoksinni qanday qo‘llash kerak?
3. Bemorga digoksin buyurilganda nimani hisobga olish kerak? 
4. Digoksin bilan o‘tkazilayotgan terapiyaning havfsizligini baholash 
mezonlari? 


35 
Masala №4 
Bemor 19 yosh, tashxisi: Revmatik yurak kasalligi, yurakning mitral 
nuqsoni, yetishmovchilik ustunligi bilan, SYu
Y
IIA, FSII, sekin tempda 
digoksin bilan digitalizatsiya o‘tkazish tavsiya qilingan. Bemorga kuniga 2 
marta EKG o‘tkazildi. Uchinchi kuni EKG da - RQ intervali uzayishi
tog‘arasimon ST paydo bo‘ldi. 
1. Xususiy holda nima qilinishi kerak?
2. Ayni vaqtda individual to‘yintiruvchi va ushlab turuvchi doza. 
3. Samarali va xavfsiz terapiyaning eng muxim me’zonini ko‘rsating.
4. Yurak yetishmovchiligida qaysi dori vositalarining kombinatsiyasi
maqsadga muvofiq ko‘p?

Download 1,51 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kardiotonik dori vositalarining klinik farmakologiyasi

Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish