33
16. Yurak glikozidlarga qaysi holat ko‘rsatma hisoblanadi:
1. qorinchalar fibrilyatsiyasi
2.
AV blokada II dar
3. o‘tkir koronar sindromi
4. arterial gipertenziya
5. xilpillovchi aritmiya, taxisistolik shakli
17. Glikozidlarni buyurishga ko‘rsatma:
1. o‘pka yurak
2. xilpillovchi aritmiya, taxisistolik shakli
3.
qorincha ekstrasistoliyasi
4. SYu
Y
II A va B bosqichlari
18. Jigar patologiyasi bor bemor digitalisli terapiyaga muxtoj, qaysi
YuGlarni qo‘llash mumkin?
1. ctrofantin
2. selanid
3. korglikon
4. digitoksin
19. Bemorda strofantin dozasi oshirib yuborilganligi sababli
alloritmiya rivojlandi, qanday antiaritmiklar qo‘llaniladi?
1. lidokain
2. xinidin
3. difenilgidantoin
4. verapamil
20. Yurak glikozidlari bilan qo‘shib berilganda digitalisli
intoksikatsiyaga sabab bo‘lmaydigan preparatlarni ko‘rsating:
1. adrenalin
2. verapamil
3. kokarboksilaza
4.
kaliy preparatlari
Talabalar bilimini nazorat qilish uchun vaziyatli masalalar
Masala № 1
Bemor 48 yosh. Klinikaga quyidagi diagnoz bilan keldi: YuIK. Chap
qorincha miokardining o‘tkir transmural infarkti. Asorati: SYu
Y
IIA, FS.
34
Kardiogen shok. EKGda infarktga xos o‘zgarishlardan tashqari to‘liq
bo‘lmagan AV blokada, tez-tez qaytariluvchi qorincha ekstrasistoliyalari
bor.
1. Bemorga yurak glikozidlari buyurish mumkinmi?
2. Yurak glikozidlarining qaysi farmakodinamik ta’siri AV blokadada
qarshi ko‘rsatma bo‘ladi?
3. Yurak glikozidlarining qaysi farmakodinamik ta’siri
qorincha
aritmiyalarida qarshi ko‘rsatma bo‘ladi?
4. Yurak glikozidlarining qaysi farmakodinamik ta’siri transmural
infarktda (AV blokada va ekstrasistoliya bo‘lmagan holatda) qarshi
ko‘rsatma bo‘la oladi?
5. Musbat inotrop va gipertenziv ta’sirga ega boshqa qaysi dori
vositasini tavsiya etasiz?