8
Yurak glikozidlari deyarli ikki asr davomida qo‘llanilib kelayapti.
Yurak glikozidlarini to‘g‘ri qo‘llay bilish, ularning farmakokinetikasini va
farmakodinamikasini boshqa dorilar bilan o‘zaro ta’sirini,
noxush
ta’sirlarini va uning sabablarini bilishni talab etadi. Yurak glikozidlari-bu
o‘simliklardan olinadigan murakkab efirsimon organik moddalardan iborat
bo‘lib o‘ziga xos kardiotonik ta’sir ko‘rsatadi. Ular digitalis, adonis o‘ti,
angishvona gul, kombe strofanta, marvarid gul kabi o‘simliklar
tarkibida
uchraydi. Shu kunga qadar yurak glikozidlarining 400 xildan iborat turlari
fanga ma’lum. Shulardan bor yo‘g‘i 20 xili ishlatishga tavsiya etilgan.
Xozirgi paytda shifokorlarga 4 ta preparatni qo‘llash tavsiya etiladi. Bular:
digitoksin, digoksin, strofantin, korglyukon.
Shulardan eng optimali
digoksin hisoblanadi. Yurak glikozidlarning bir qancha klassifikatsiyasi
mavjud. Shulardan, ularning suvda eruvchanligi va ta’sir
vaqtining
uzoqligi bo‘yicha bo‘linishi amaliyotda katta ahamiyatga ega.
Glikozidlar suvda eruvchanligi bo‘yicha:
1. Qutbli (strofantin, korglyukon.)
2. Qutbsiz (digitoksin)
3. Aralash (digoksin) kabilarga bo‘linadi.
Qutbli (gidrofil) yurak glikozidlari suvda yaxshi eriydi. Me’da-ichak
yo‘lidan yomon so‘riladi, shu sababdan uni parenteral yuboriladi.
40%gacha oqsil bilan birikadi, metabolizmga uchramaydi, bo‘yrak
orqali
chiqariladi. Sutkada 40% eliminatsiyaga uchraydi. Qutbsiz (lipofil)
glikozidlar yog‘larda yaxshi eriydi, suvda esa deyarli erimaydi. Shuning
uchun ular oshqozon-ichak traktida oson so‘riladi,
qondagi oqsillar bilan
98% birikadi, jigarda to‘liq parchalanadi, o‘t pufagi orqali chiqarilib, yana
qayta so‘rilish xususiyatiga ega. O‘zgarmagan holda buyrak orqali juda
kam miqdorda chiqariladi. Asosan metabolitlari chiqariladi. Sutkada
7%gacha eliminatsiyaga uchraydi.
Digoksin suvda va yog‘da deyarli teng miqdorda eriydi.
Bu esa ularni
ham ichishga, ham parenteral yo‘l bilan berishga imkon beradi. Oqsil bilan
40-60% birikadi. Jigarda 40-60% metabolizmga uchraydi. Bo‘yrak orqali
digoksin va metobolitlari sifatida chiqariladi. Sutkada 20%i
eliminatsiyaga uchraydi.
Ta’sir qilish vaqtining uzoqligi bo‘yicha glikozidlar:
1. Qiska vaqt ta’sir qiluvchilar (2-3 kun, strofantin, korglyukon)
2. O‘rtacha vaqt ta’sir qiluvchilar (7-14 kun, digoksin,)
3. Uzoq vaqt ta’sir qiluvchi (14-21kun, digitoksin, asetildigitoksin)
larga bo‘linadi.