• Beynbridj refleksi
  •   Yurak glikozidlarning farmakodinamikasi va ta’sir mexanizmi




    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/26
    Sana22.12.2023
    Hajmi1,51 Mb.
    #126449
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
    Bog'liq
    ЛотинКардиотоник ДВ

     



    Yurak glikozidlarning farmakodinamikasi va ta’sir mexanizmi. 
    1.Yurak glikozidlarning asosiy farmakodinamik xususiyatlaridan biri-bu 
    yurak mushaklarining qisqarish kuchini va qisqarish tezligini oshirishdan 
    iborat. Glikozidlarning bu xususiyati musbat inotrop ta’siri deb ataladi. 
    Glikozidlarning yurak ishining yetishmasligi holatlarida keng ishlatilishi
    ularning xuddi mana shu ta’siri tufaylidir. Dorining ta’siri natijasida 
    yurakning qisqarish kuchining oshishi tufayli, yurak bir marotaba 
    qisqarganda haydaladigan qonning miqdori va bir minut davomida 
    qisqarganda haydaladigan qonning miqdori oshadi. Sistola va diastola 
    so‘ngidagi qonning hajmi kamayadi, diurez oshadi, shishlar, assit 
    kamayadi, vena tomirlarida bosim kamayadi, ko‘karish alomatlari va 
    xansirash, jigardagi shishlar kamayadi, bemorning umumiy ahvoli 
    yaxshilanadi. Sog‘lom yurakka glikozidlar bunday ta’sir qilmaydi 
    (kompensator reaksiyalar tufayli). Eng katta ijobiy tomoni - boshqa 
    kardiotonik dori vositalaridan farqli o‘larok, yurak glikozidlari 
    miokardning kislorodga bo‘lgan talabini oshirmagan holda yurakning 
    qisqarish kuchini oshiradi. 
    Musbat inotrop ta’sirning asosiy mexanizmlari quyidagilardan iborat: 
    Yurak glikozidlari Na
    +
    /K
    +
    -ATF-azaning SH-guruhi bilan bog‘lanadi, 
    buning natijasida kardiomiotsitlarda Na
    +
    ionlarining konsentratsiyasi 
    oshadi. Xo‘jayraichi Na

    konsenratsiyasining oshishi, kardiomiotsitlardan 
    Сa
    2+ 
    tashqariga chiqishini pasayishiga olib keladi, membrananing 
    depolyarizatsiya (qo‘zg‘alish) davrida glikozidlar kalsiy ionlarini hujayra 
    ichiga kirishini tezlashtiradi. Bundan tashqari sarkoplazmatik ATF-aza 
    fermentini faolligi oshishi natijasida sarkoplazmatik retikulum, 
    mitoxondriy va sarkolemma bilan bog‘langan kalsiy ajrab, hujayra ichiga 
    kirishi osonlashadi. Xullas glikozidlarning qayd qilingan ta’sirlari hujayra 
    ichida kal’siyning miqdorini oshirishga qaratilgan va bu ta’sirlarni 
    oshirishda Na
    +-
    K
    +-
    ATFaza fermentining ingibirlanishi muhim rol 
    o‘ynaydi. Hujayra ichida yig‘ilgan kal’siy ionlari aktinni miozin bilan 
    birikishini osonlashtiradi va tezlashtiradi. Bundan tashqari kal’siy ionlari
    aktin bilan miozinni birikishini energiya bilan ta’minlovchi miozin-
    ATFaza fermentini faolligini oshiradi. Xuddi mana shuning uchun 
    kal’siyning o‘zi ham inotrop ta’sirga ega bo‘lib, yurak glikozidlariga 
    sinergistdir. Plazmada kalsiyning miqdori yetarli bo‘lishi yuqorida 
    ko‘rsatilgan mexanizmlarni kechuvi uchun bemalol yetib ortadi. Shuning 
    uchun yurak glikozidlari bilan davolash davrida kalsiyni qo‘shimcha 
    bemorga yuborish bu juda xavflidir. Chunki kal’siyning miqdori hujayra 
    tashqarisida oshib ketishi uning hujayra ichidan qayta chiqishiga to‘sqinlik 


    10 
    qiladi, natijada yurak sistola paytida to‘xtaydi va diastola yuz bermaydi. 
    Yurak glikozidlarining bu farmakodinamik effekti, ya’ni yurakning kuchli 
    qisqarishi mitral stenozda qo‘llanilishini chegaralaydi. 
    2. Yurak glikozidlari yurakning qisqarish sonini kamaytiradi. Bu 
    glikozidlarning manfiy xronotrop ta’siri deb ataladi. Glikozidlarning bu 
    ta’siri sinus tugunchasining avtomatizmini bevosita va reflektor yo‘l bilan 
    kamaytirishga asoslangan. Reflektor yo‘l bilan kamayishi asosan adashgan 
    nervning tonusi oshishi tufayli yuz beradi. Yurak kuchli qisqarganda ko‘p 
    hajmdagi qon periferiyaga haydaladi. Natijada tomirlarning devori 
    taranglashadi, aorta do‘ngligidagi va karotid sinusdagi baroretseptorlar 
    qo‘zg‘aladi. Bu esa adashgan nerv tonusini oshishiga olib keladi. O‘ng 
    bo‘lmacha va kovak vena quyilish joyida bosimning tushishi (miokard 
    chap qorinchasi qisqarishining kuchayishi tufayli, uning to‘laroq 
    bo‘shalishi, o‘pka arteriyasida bosimning kamayishi va o‘ng yurakning 
    gemodinamik zo‘riqishini kamayishiga olib keladi) Beynbridj refleksini 
    yuzaga kelmasligiga olib keladi. (Beynbridj refleksi bu markaziy venoz 
    bosimning oshishi tufayli yurak qisqarish kuchi va sonining ortishidir.) 
    Yurak zarb xajmining ortishiga javoban simpatoadrenal tizimning reflektor 
    ravishda faollashuvi yo‘qoladi va to‘qimalarda gipoksiya kamaygani 
    uchun bilvosita ularning trofikasi xam yaxshilanadi Glikozidlarning 
    manfiy xronotrop ta’siri ba’zi holatlarda maqsadga muvofiqdir. Masalan, 
    yurak ishining yetishmasligi uning xilpiroq taxiaritmiyasi bilan, 
    taxikardiya bilan kechayotgan bo‘lsa, glikozidlarni qo‘llash-yurak 
    qisqarish sonining kamayishiga, diastolaning to‘liq yuz berishiga, 
    miokarddagi elektrolitlar va energiya almashinuvining yaxshilanishiga olib 
    keladi. 
    Bradikardiya 
    holatlarida 
    esa, 
    aorta 
    qopqog‘ining 
    yetishmovchiligida (ortiqcha hajm tufayli yurak mushaklarini zo‘riqishini) 
    glikozidlarning manfiy xronotrop ta’siri ularni qo‘llashni cheklaydi.
    3. Yurak glikozidlari yurak mushaklardagi o‘tkazuvchanlikni 
    kamaytiradi. Bu ularning manfiy dromotrop ta’siri deb ataladi. 
    Dromotrop ta’sirning yuz berishi, atrioventrikulyar va bo‘lmacha-qorincha 
    tugunchalarida refrakter davrining uzayishi tufayli bo‘ladi. Mana shu 
    ta’siri tufayli, glikozidlar, supraventrikulyar paroksizmal taxikardiyalarni 
    davolashda ishlatiladi.
    Lekin ba’zi klinik holatlarda glikozidlarning bu ta’siri ishlatishga qarshi 
    ko‘rsatmalardan biri bo‘lishi mumkin. Bo‘lar ikkinchi darajali 
    atrioventrikulyar 
    blokadalar, 
    Volf-Parkinson-Uayt 
    sindromidir. 
    Bo‘lmacha-qorincha 
    o‘tkazuvchanligi susaygan bemorlarda yurak 
    glikozidlari o‘tkazuvchanlikni yanada susaytirib, AV blokadalarga olib 


    11 
    kelishi va Morgani-Adams-Stoks xurujlari kelib chiqishiga sabab bo‘lishi 
    mumkin. Volf-Parkinson-Uayt sindromli bemorlarda yurak glikozidlari 
    AV o‘tkazuvchanlikni susaytirib, impulslarni AV tugunchani chetlab 
    o‘tishiga va buning natijasida paroksizmal taxikardiyalar kelib chiqishiga 
    sabab bo‘ladi. 
    Glikozidlarning yuqorida qayd etilgan farmakodinamik ta’sirlari EKGda 
    quyidagi o‘zgarishlarni chaqirishi mumkin: QT masofasining qisqarishi 
    (sistolaning qisqarishi), RQ masofasining uzayishi (atrioventrikulyar 
    o‘tkazuvchanlikni qisman sekinlashishi), T tishchasining amplitudasini 
    kamayishi, ŚT masofasining izoelektrik chiziqdan pastga «tog‘arasimon» 
    formada siljishi 
    4. Yurak glikozidlari miokardning qo‘zg‘aluvchanligini va impulslarni 
    o‘tkazuvchan sistemasining avtomatizmini oshiradi. Bu ularning musbat 

    Download 1,51 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



      Yurak glikozidlarning farmakodinamikasi va ta’sir mexanizmi

    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish