• Levosimendan
  • Kardiotonik dori vositalarining klinik farmakologiyasi




    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/26
    Sana22.12.2023
    Hajmi1,51 Mb.
    #126449
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
    Bog'liq
    ЛотинКардиотоник ДВ

    Enoksimon ichishga 200-400mg/sut yoki vena ichiga 2-4mg/kg 
    hisobida buyuriladi. Ta’siri cho‘qqkisiga vena ichiga yuborilgandan 30 
    daqiqa, ichishga qabul qilingandan keyin esa 2 soat o‘tgach chiqadi va 4 
    soat 
    davomida 
    saqlanib 
    qoladi. 
    Og‘ir 
    darajali 
    qon 
    aylanish 
    yetishmovchiligida, ayniqsa, arterial gipotoniya fonida kechayotgan 
    holatlarda buyurishga ko‘rsatma bo‘lib xisoblanadi. Nojo‘ya ta’sirlari-
    aritmiya, ko‘ngil aynishi va qusish, trombotsitopeniya, jigar faoliyatini 
    buzilishi nojo‘ya ta’sirlari ko‘p bo‘lgani sababli, parenteral usulda 
    qo‘llanadigan DVlarni YuG va diuretiklarga nisbatan refrakterlik 
    rivojlanganida qisqa muddatga buyuriladi.
    Vesnarinon-kardiotonik vosita. Farmakologik xususiyati va ta’siri 
    bo‘yicha amrinon va milrinonga yaqin 
    Ko‘rsatma: yurak yetishmovchiligi. Qo‘llash usuli va dozasi: og‘iz orqali. 
    Sutkalik doza 0,06-0,12 g. 
    Klinik tekshiruvlarda juda samarali musbat inotrop ta’sir ko‘rsatishiga 
    qaramay, bu guruh DVlari amaliyotda keng qo‘llanilmaydi. Bu DVlar 
    qorinchali aritmiya, miokardning kislorodga bo‘lgan talabini oshirishi 
    kabi xavfli nojo‘ya ta’sirlarni chaqirishi aniqlangan. SQA
    Y
    bemorlarida 
    uzoq vaqt qo‘llanilganda o‘lim asorati sonini ortishi ko‘rsatilgan. Shuni 
    aytib o‘tish lozimki, uzoq vaqt ushlab turuvchi davolashni o‘tkazish 
    uchun YuGni o‘rnini bosuvchi DVlar bo‘lib hisoblanmaydi. 
    Levosimendan (kalsiy sensitizatori) qisqaruvchi oqsillarni kalsiyga 
    sezuvchanligini oshiradi. Preparat kalsiy ionlari ishtirokida troponin S 
    bilan bog‘lanib, troponin S struturasini turg‘unlashtiradi va aktin miozin 
    o‘zaro ta’sir qilish vaqtini uzaytiradi. Buning natijasida qiskaruvchi 



    oqsillarni bog‘lanishi uchun yangi o‘rinlar xosil bo‘ladi va 
    kardiomiotsitlar qisqaruvchanligi oshadi. Levosimendan katta dozalarda 
    fosfodiesterazani so‘ndiradi. Bundan tashqari periferik tomirlarning 
    ATFga bog‘liq kaliy kanallarini faollashtiradi. Qo‘llash usuli: vena 
    ichiga yuboriladi.
    Ko‘rsatma: surunkali yurak yetishmovchiligi dekompensatsiya bosqichi, 
    miokard infarktidan kelib chiqqan yurak yetishmovchiligi 
    Nojo‘ya ta’sirlari: AB keskin tushishi, ekstrasistoliya,bo‘lmachalar titrashi, 
    taxikardiya, miokard ishemiyasi, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil 
    aynishi, gemotokrit, gemoglobinning pasayishi, gipokaliemiya. 
    Qarshi ko‘rsatma: Jigar va buyrak funksiyasi buzilishining og‘ir darajalari, 
    arterial 
    gipotoniya, 
    anamnezida 
    qorinchalar 
    ritmining 
    buzilishi, 
    taxikardiya, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar, qorinchaning to‘lishi va 
    qorinchadan qon otilishiga mexanik to‘siqlar, DVga allergiya. 

    Download 1,51 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kardiotonik dori vositalarining klinik farmakologiyasi

    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish