Sinf: 8A-sinf. Sana




Download 2.42 Mb.
Pdf ko'rish
Sana02.04.2024
Hajmi2.42 Mb.
#185075
Bog'liq
dars ishlanma 1
WINDOWS OPERATSION TIZIMLARI(256), Stressni korrektsiya qilish yuzasidan topshiriqlar, portal.guldu.uz-Sug’oriladigan yerlarning samaradorligini oshirishda tuproq eroziyasi va unga qarshi kurash chora-tadbirlari, Aralashmaning-silindrlararo-notekis-taqsimlanishi, 1 - Laboratoriya topshirig'i (2) (1), 14-y-Korxona-iqtisodiyoti.Oquv-qollanma.-Maxmedov-E.X-va-bosh.-T-2006, Bobomurod ID-229016217 (exam 2), 6-variant, Brauzerlar va ularning turlari-fayllar.org, Tolibova Mehrinoz Умумий психология сентябр 1, amaliy Jamila, 117112, 5ddbd6f7-ee13-4a52-8a21-e94036ab2749, argos test qonunchilik axborot texnologiyalari, Filologiya fanlar metodbirlashma 2023-2024


Fan: Odam va uning salomatligi
Sinf: 8A-sinf .
Sana:__18.03.2024____
Mavzu: Qon Tarkibi.
Darsning ta`limiy maqsadi: O`quvchilarga qonning tarkibi va shaklli elementlari ularning
organizmdagi biologik roli,qon organizm ichki muhitining asosiy tarkibiy qismi ekanligi to`g`risida
nazariy bilim
berish.
Darsning
tarbiyaviy
maqsadi:O`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini,fikrlash doirasini
o`stirish,qonning
organizmdagi
biologik
rolini
anglatish,ongida
go`zal
axloqiy
xislatlarni
shakllantirish,kasbiy ta`lim berish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:Darslik va darslikdan tashqari adabiyotlar bilan ishlash
ko`nikmasini rivojlantirish.
Dars turi: Kichik guruhlarda ishlash.
Dars jihozi:Proeksion qo`llanma,plakat ,baholash uchun “Ofarin”,”A`lo”,”Balli”kartochkalari,AKT
Darsnig texnologik xaritasi:
1
Tashkiliy qism
3
2
Uyga vazifa bo`yicha so`rash
8
3
Yangi mavzu bayoni
20
4
Mustahkamlash
10
5
Uyga vazifa berish
2
6
Dars yakuni
2
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism:
a.Salomlashish.
b.Davomat olish.
c.O`quvchilar va sinf holatini,darsga tayyorgarligini kuzatish.
d.Sinf o`quvchilari 4 guruhga ajratiladi va dars o`tish jarayoni bilan tanishtiriladi.
2.O`tilgan darsdagi mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi tezis slaydi ekranda namoyish
qilinadi:
1.Ichki muhit nima?
2.Tomir ichi suyuqliklariga nimalar kiradi?
3.Ichki muhitning doimiylik xususiyati nima deyiladi?
4.Qonning vazifalarini sanang.
5.Gemoliz nima?
6.7.6-8.1 , 60%,0,9% sifralariga izoh bering.
7.Qonning osmotik bosimini nima belgilaydi.
8.Qonning yopishqoqligi nimalarga bog`liq.
9.Ichki muhitning doimiyligi qaysi organlar orqali boshqariladi.
10.Qonning termoregulyatorlik funksiyasiga izoh bering.
Savollarga guruh ishtirokshilari javob yozishadi,javoblarni o`qituchi yig`ib olib og`zaki o`qib, tahlil
qilib,guruhlarga baholovchi kartochkalar bilan baholaydi.
3.Yangi mavzu bayoni:
Yangi mavzu va reja slayd orqali aks ettiriladi:
Reja:
1.Qon plazmasi.
2.Eritrositlar.
3.Leykositlar.
4.Trombositlar.


O`qituvchi mavzuni AKT dan foydalanib tushuntirib beradi. Mavzu bayoni qisqacha quyidagicha:
Qon tarkibi 2 qismdan suyuq qismi qon plazmasi va quyuq qismi shaklli elementlaridan iborat.Qon
plazmasi tarkibining suv-90-92%,7-8%-oqsil,0.1%-glukoza,0.9%-tuz,0.8%-ni yog` tashkil qiladi.Qonning
doimiy harakati tufayli bu moddalar hujayralarga o`tadi va o`zlashtiriladi.Moddalar almashinuvi
mahsulotlari qonga o`tib ayirish organlariga yetkaziladi va tashqariga chiqariladi.Plazma tarkibidagi
vitaminlar,
fermentlar,gormonlar
hujayralarda
moddalar
almashinuvi
jarayoni
normal
o`tishida,antitelolar esa organizm immunitetini ta`minlashda muhim ahamiyatga ega.Qonni shaklli
elementlariga eritrotsitlar,leykotsitlar,trombotsitlar kiradi.
Eritrotsitlar-qizil qon tanachalari bo`lib,suyak ko`migida hosil bo`ladi.Shakli yumaloq ikki tomoni
botiq.1mm3 qonda 5 mln gacha bo`ladi. Eritrotsitning vazifasi tarkibidagi gemoglabin oqsili bilan
bog`liq bo`lib,O2 va CO2 ni tashish vazifasini bajaradi.Yadrosiz,4 oy yashaydi so`ng jigar va taloqda
parchalanadi.Eritrosit soni va gemoglabin miqdorining kamayishi kamqonlik kasalligi kelib chiqishiga
sabab bo`ladi.Kasallik belgilari va oldini olish choralari aytib o`tiladi.
Leykotsitlar- yadroli qon hujayralari bo’lib, ular granulatsitlar(donador) va agranulatsitlar(donasiz)
bo’linadi. Leykotsitlar mikroblar va zararlangan hujayralarni yutib halok b’ladi. Yallig’langanjoyda
to’planib qolgan yiring o’lik leykositlar hisolanadi. 1mm3 йщтвф 6-8 ming dona leykotsit bo’ladi.
Leykotsitlar soninig ko’payishi leykotsitoz, kamayishi leykopeniya deyiladi. Leykotsitlar suyaklarning
komik qismida va taloqda limfotsitlar hosil bo’ladi.
Leykotsitlar asosiy vazifasi organizimni yuqumli kassalikklarda himoya qilishdir. Ular
organizmga kirgan mikroblarni yutib, eritib yuboradi. Bu hodisa fogatsitoz deb ataladi. Leykotsitlarning
bu xossasini atoqli rus olimi I.I.Mechnikov aniqlagan. Odam yuqumli kassaliklar bilan kassalanganda
leykotsitlarning soni ko’payib, 1mm3 qonda 10-20 mingdan ham ortib ketadi.
Leykotsit turlari
:


Trombotsitlar-Trombotsitlar suyakning ko’mik qismida va taloqda hosil bo’ladi. Yadrosi
bo’lmaydi. Past tabaqali umurtqali hayvonlarning trombotsitlarida yadro bo’ladi. 1mm3 qonda 300-
400 ming dona trombotsit bo’ladi. Ular leykotsitlarga o’xshab 2-5 kun yashaydi. Tombotsitlarning
asosiy vazifasi qonning ivishini ta’minlashdan iborat. Ular soni kamayganda qonning ivish xossasi
buziladi.
Qonning ivishi- organizmning muhim himoya reaksiyasi hisoblanadi. Qonning bu xossasi turli
jarohatlarda organizmni ortiqcha qon yo’qotishidan saqlaydi. Qonning ivish xossasi o’zgarsa, ozgina
jarohatlanish ham odam sog’liqiga katta xavf tug’diradi, chunki organizm ko’p qon yo’qotishi mumkin.
Sog’lom odamda qon 3-4 minut ichida iviydi. Ba’zi odamlar qon plazmasining tarkibida qonning
ivishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan biologik modda-antigemofil omili yetarli bo’lmaydi. Bu kasallik
gemofiliya deb ataladi, u nasldan naslga, ya’ni ota-onadan bolaga o’tadi. Bunday odamlarda qon ivishi
buziladi, natijada bexosdan burundan qon kelishi, salgina jarohat orqali ko’p qon yo’qotishi mumkin.
Bundan tashqari, trombotsitlarning soni kamayganda, ovqat tarkibida Ca ionlari, K vitamininining
miqdori yetishmay qolganda ham qonning ivish xossasi kamayadi.
4.Mustahkamlash: Mavzu tushuntirilgandan keyin guruhlarga quyidagi jadval to`ldirish uchun


beriladi:
Jadvallar tahlil qilinib guruhlar rag`batlantirilib,mavzuni mustahkamlovchi testlar beriladi.Testlar
quyidagicha:
1.Leykotsitlarning fagotsitoz xususiyatini kim aniqlagan.
A. L.Paster
B. Lanshteyner.
C. Mechnikov.
D. Lunin.
2. Yadroli qon hujayrasi.
A.Leykotsit.
B.Trombotsit
C.Eritrotsit
D.t.j.y
3.Trombotsit necha kun yashaydi.
A.120.
B.2-5.
C.10-20.
D.20-30.
4.Sog`lom odamda qon necha minutda iviydi.
A.3-4
B.4-6
C.10-20
D.14-15
5.Plazma tarkibidagi qaysi moddalar moddalar almashinuvida ishtirok etadi.
A.
vitamin,eritrotsit.
B.
Vitamin,gormon,ferment.
C.
Ferment,erigan gazlar.
D.
Gormon,osh tuzi, oqsillar.
O`qituvchi javoblarni birlashtirib kalit so`zni topishni aytadi,kalit so`z “sabab”edi.Guruhlar
ishi baholanib,vazifa beriladi.
5. Vazifa:Mavzuni o`qib,konspektlashtirish,mavzuga doir ma`lumotlarni to`plash.
6. Dars yakuni: Guruhlar ishi yakunlanib,rag`batlantirilib, kamchiliklar eslatilib,
xayrlashiladi.
Qonning shaklli
elementlari
1mm3 qonda
Vazifasi
Hosil bo`lishi
Kamayishi va ko`payishi
tufayli
kelib chiqadigan
kasalliklar
Eritrotsit
Leykotsit
Trombotsit

Download 2.42 Mb.




Download 2.42 Mb.
Pdf ko'rish