• Hisob tushuntiruv yozuvi
  • O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti energetika va mm fakulteti «Texnologik mashina va jixozlar»




    Download 385.29 Kb.
    bet1/8
    Sana20.04.2024
    Hajmi385.29 Kb.
    #202098
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    NAMMQI BOSIM OSTIDA PAYVANDLASH Abdumajidov M
    CHILANGARLIK ISHLARI TEST, taqdimot Zilolaxon Malaka ishi, Икки тармоқли реактор ёрдамида тез ўзгарувчан юкламали ЭИ лар борлигида кучланишни ростлаш мумкин, 12-маъруза, EE-01-20 albom, 4 amaliy, Avtomatika, Book · January 014 citations reads 4,111 authors Some of the au, Calendar plan-Avtomatik loyihalashning zamonaviy tizimlari (5), rasshirovka elektrod 2, 9-EPTJ, Как вычислить коэффициент корреляции , Лекция-8-Корреляция.-Метод-наименьших-квадратов, File, REZINA

    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM VAZIRLIGI

    NAMANGAN MUHANDISLIK-QURILISH INSTITUTI


    Energetika va MM fakulteti


    «Texnologik mashina va jixozlar»
    kafedrasi

    5320300 – «Texnologik mashina va jixozlar» yo`nalishi

    «Bosim ostida payvandlash »fanidan


    Hisob tushuntiruv yozuvi

    Bajardi:«Texnologik mashina jihozlari» yo‘nalishi 19-TMJ-20-guruh talabasi Abdumajidov Muhammadkabir


    Qabul qildi: Abdumannopov N

    Namangan 2023-2024 o‘quv yili


    Mundarija:


    1

    Kirish…………………………………………………………… 3




    2

    Payvanlanadigan konstruksiya va uning materiallariga
    xarakteristika……………………………………………………..4




    3

    Kostuksiyaning detallarini tayyorlash jarayoniga
    izox berish. ……………………………………………………….




    4

    Konstruksiyani payvandlash usulini tanlash
    va tariflash. ……………………………………………................




    5

    Konstruksiya payvand choki o‘lchamlarini va og’irligini
    aniqlash.…………………………………………………………..




    6

    Payvand rejimini tanlash va hisoblash. ………………………….




    7

    Payvandlash jihozini tanlash va asoslash. ……………………….




    8

    Xulosa. …….……………………………………………………..




    9

    Foydalanilgan adabiyotlar..………………………………………





    Kirish.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi va unda quyidagilar nazarda tutiladi: oliy ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta'lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratishdir.
    O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalarining flagmaniga aylantirish va respublikadagi kamida 10 ta oliy ta'lim muassasasini xalqaro e'tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta'lim muassasalari ro‘yxatiga, shu jumladan, O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta o‘rindagi oliy ta'lim muassasalari ro‘yxatiga kiritishimiz kerakligini takidlab o‘tdilar. Oliy ta'lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazishni xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta'limning ilg‘or standartlarini joriy etish, jumladan, o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan ta'limdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta'lim tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish va oliy ta'lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadigan, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yilishini takidlab o‘tdilar.
    Payvandlash texnikasi va texnologiyasi hozirgi ishlab chiqarishda yetakchi o`rinlardan birini egallaydi. Ulkan supertankerlarni korpusi va inson ko`zining to`r pardasi, yarim o`tkazgich asboblarning kichkina detallari va jarohlik operatsiyalarida odam suyaklari payvandlanadi. Hozirgi mashina inshoatlarning ko`pgina konstruksiyalarini masalan, kosmik reketalarni suv osti kemalarini, gaz va neft quvrlarini payvandlash yordamisiz tayyorlashning imkoni yo`q. Texnika taraqqiyoti ishlab chiqarish usullariga, jumladan payvandlash texnologiyasi tobora yangi talablar qo`ymoqda. Kecha yaqinda g`alati hisoblangan materiallar payvandlanmoqda. Bularga titan, noibiy berelliyli qotishmalar, molibden, volfram, o`ta mustahkam turli qotishmalar kiradi. Elektronikaning bir necha metr qalinlikdagi detallari va og`ir jixozlarning bir necha metr qalinlikdagi detallari payvandlanadi. Payvandlash ishlari bajariladigan sharoitlar doimo murakkablashib bormoqda: suv ostida, yuqori haroratda, yuqori vakuumda, radiatsiya oshgan sharoitda, vaznsizlikda payvandlashga to`g`ri keladi. Payvandlashda yig`ishdan keying ikkinchi texnologik jarayon bo`lib qolgani bejiz emas, buni kosmonavtlarimiz dunyoda birinchi bo`lib qosmosda sinab ko`rdilar.
    Mehnat unumdorligini oshirish zaruriyati payvandlash ishlab chiqaris6thning mexonizatsiyalashtirish va avtomatlshtirish darajasini yuksaltirishga uning yangi mashinalar va agregatlari bilan jihozlanishiga olib keladi, bularsiz hozirgi kunda mahsulotlarning ko`pgina turlarini seriyalab ishlab chiqarishni tasavvur qilib bo`lmaydi. Bunga avtomobil zavodlaridagi avtomatik payvandlash liniyalari yaqqol misoldir. Payvandlash ishlab chiqarishiga robotlar faol joriy etilmoqda, bu esa detallarni payvandlash ishlarini payvandlovchi ishchining ishtirokisiz to`la avtomatlashtirishga imkon beradi.
    Ushbu kurs loyihani bajarish jarayonida konstruksiyalarni tayyorlashda eng to`g`ri bo`lgan payvandlash usulini, payvandlash materiallarini tanlash, tanlangan usul yordamida konstruksiyani payvandlash rejimlarini hisoblash, konstruksiyani yigish uchun jixoz tanlash, payvand chok sifatini tekshirish haqida umumiy ma`lumotlar berib o`tilgan. Shuningdek, konstruksiya haqida internet ma`lumotlar va xulosalar keltirilgan.

    Download 385.29 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 385.29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti energetika va mm fakulteti «Texnologik mashina va jixozlar»

    Download 385.29 Kb.