• O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev INNOVATSIYALAR
  • KORXONANING INNOVATSION FAOLIYATI
  • INNOVATSIYALARNING TURKUMLANISHI
  • Texnologik innovatsiyalar
  • Axborotga oid innovatsiyalar
  • INNOVATSIYA G‘OYALARI MANBALARI
  • Innovatsion loyihaning samaradorligi ko‘rsatkichlari




    Download 1.14 Mb.
    Sana21.09.2023
    Hajmi1.14 Mb.
    #83396
    Bog'liq
    Одежда, 30711201 – Payvandlovchi (2), Malumot topish uchun mavzular, 2-sinfda Gap bo’limini o’rgatish metodikasi, DARAXT KO`CHATLARI 2023 yil (Автосохраненный), Professional buxgalteriya amaliyoti mustaqil Xo’jalik hisobi, uning mohiyati va ahamiyati, Mavzu. Iqtisodiy xavfsizlikka ta’sir etuvchi ichki va tashqi tah, Mustaqil ish. Mavzu milliy xavfsizlikni ta’minlash borasida ama-azkurs.org, Mustaqil talim topshiriq, Milliy xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan is, Milliy xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan is, Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi amaliy JSport trenirovkasining vositalari va metodlari., pust, AVSTRIYA O\'TTIZ YILLIK URUSHDAN SO\'NG. KURS ISHI ZARNIGOR, Tavsiyanomasi

    Innovatsion loyihaning samaradorligi ko‘rsatkichlari.


    Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta.
    Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
    INNOVATSIYALAR
    Sizga ma’lumki, mamlakatimizda 2018-yil «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» deb nomlandi. Xo‘sh, innovatsiyaning o‘zi nima?
    Innovatsiya (ingl. «innovation» – yangilik, novatorlik) – yangi texnologiya, mahsulot va xizmatlar turi, ishlab chiqarish, mehnat, xizmat ko‘rsatish va boshqaruv ko‘rinishidagi yangiliklarning qo‘llanilishi.
    Demak, bundan ko‘rinadiki, agar siz shu vaqtga qadar mavjud bo‘lmagan yangi mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ysangiz, u holda innovatsiyani amalga oshirgan bo‘lasiz.
    KORXONANING INNOVATSION FAOLIYATI
    Mamlakatda yuqori iqtisodiy o‘sish va rivojlanishni ta’minlash uchun korxonalarda innovatsion faoliyatni yo‘lga qo‘yish zarur.
    Korxonaning innovatsion faoliyati – yangi bilim va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishga qaratilgan tadbirlar yig‘indisi.
    Bu tadbirlar ilmiy, texnologik, moliyaviy va tijorat tavsifiga ega bo‘lishi mumkin. Korxonada innovatsion faoliyatni amalga oshirish natijasida:
    – yangi mahsulot turini ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish;
    – mavjud mahsulot yoki xizmatlarda yangi sifat xususiyatlari hosil qilinishi mumkin.
    Korxonada innovatsion faoliyatni boshqarish innovatsion menejment deb ataladi.
    INNOVATSIYALARNING TURKUMLANISHI
    Siz o‘z faoliyatingizda innovatsiyalarni amalga oshirmoqchi bo‘lsangiz, u holda ularning turlarini bilishingiz lozim. Innovatsiyalarning quyidagi turlari farqlanadi. Har bir innovatsiya turining mazmunini ko‘rib chiqamiz.
    Texnik innovatsiyalar – yangi yoki takomillashtirilgan xossalarga ega mahsulotlar ishlab chiqarish. Bunda siz o‘z mahsulotingizning biron-bir texnik xususiyatini takomillashtirgan bo‘lishingiz mumkin.
    Texnologik innovatsiyalar – mahsulotlar ishlab chiqarishning nisbatan takomillashgan usullarini qo‘llash. Bunda mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasiga yangi o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin
    Tashkiliy-boshqaruvga oid innovatsiyalar – ishlab chiqarish, transport, sotish va ta’minotni maqbul holda tashkil etish bilan bog‘liq jarayonlar. Siz korxonadagi mavjud tashkiliy-boshqaruv jarayonlari mazmunida yangi o‘zgarishlarni amalga oshirishingiz mumkin.
    Axborotga oid innovatsiyalar – korxona innovatsion faoliyatida axborot olish, uning ishonchliligi va tezkorligini ta’minlash bilan bog‘liq jarayonlar. Ayniqsa, hozirgi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bir vaqtda ushbu yo‘nalish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
    Ijtimoiy innovatsiyalar – mehnat sharoitlarini yaxshilash, sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat sohalaridagi muammolarni hal etish bilan bog‘liq jarayonlar. Bundan ko‘rinadiki, maktabda o‘quvchilarga ta’lim berish jarayonlariga yangi texnologiyalarni joriy etish ham innovatsiya hisoblanadi.
    INNOVATSIYA G‘OYALARI MANBALARI
    Siz o‘z faoliyatingizda innovatsiyani amalga oshirishingiz uchun dastlab innovatsiya bo‘yicha g‘oyaga ega bo‘lishingiz lozim.
    Innovatsiya g‘oyalarining o‘zi to‘satdan paydo bo‘lishi ham, ularni maqsadga muvofiq shakllantirish ham mumkin.
    Shunga ko‘ra, innovatsiya g‘oyalari manbalarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq:
    • kutilmagan hodisa. Sizning faoliyatingizda biron-bir muvaffaqiyat yoki omadsizlik, qandaydir voqeaning ro‘y berishi yangi g‘oyalarga, ixtiroga sabab bo‘lishi mumkin;
    • biron-bir narsa to‘g‘risidagi tasavvurlarimiz va haqiqat o‘rtasidagi nomuvofiqlik. Odatda tasavvur haqiqiy holatga ko‘ra ijobiyroq, yuqoriroq bo‘ladi va u yangi o‘zgarishlar qilishga undaydi;

    Download 1.14 Mb.




    Download 1.14 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Innovatsion loyihaning samaradorligi ko‘rsatkichlari

    Download 1.14 Mb.