5-amaliy. Ish sharoitlarini va mehnat muhofazasi holatini yaxshilash tadbirlarining ijtimoiy iqtisodiy ahamiyati




Download 22.83 Kb.
bet1/2
Sana27.03.2024
Hajmi22.83 Kb.
#178630
  1   2
Bog'liq
5-amaliy
fizika, LABORATORIYA, 313521, Chet el valyutasidagi operatsiyalar va oldindan to‘lov, malumot, январ кучирма, 1-topshiriq

5-amaliy. Ish sharoitlarini va mehnat muhofazasi holatini yaxshilash tadbirlarining ijtimoiy - iqtisodiy ahamiyati
Ishlab chiqarishda zararsiz va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish uchun texnologiyani, ish tartibini va uslubini tо‘g‘ri tanlash; ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni tо‘g‘ri bajarish; qulay ish sharoitlarini yaratish; xom ashyolarni, yarim mahsulotlarni tо‘g‘ri tanlash; ish о‘rinlarini tashkil qilishni va jihozlashni tо‘g‘ri bajarish; himoya vositalaridan oqilona foydalanish; xavfsizlik talablariga amal qilish; kasbiy tanlov о‘tkazish va ishchilarni о‘qitish; meyoriy-texnik va texnologik hujjatlarga xavfsizlik talablarini kiritish, texnologik jarayonlar atrof muhitni zararli chiqindilar, moddalar bilan ifloslantirmaslik chora tadbirlari о‘tkazilish; yong‘in va portlash xavfsizligi talablariga javob berishi kabi chora- tadbirlarni kо‘rish orqali xavfsizlikka erishish mumkin.
Texnologik jarayonlarni loyihalash, tashkil etish va о‘tkazishda xavfsizlik talablari oldindan nazarda tutilishi shart. Buning uchun ishlab chiqarishda zararli ta’sirlarning oldini olish, ishdagi operatsiya va jarayonlarni о‘zgartirish, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish hamda unda masofadan turib boshqarishni qо‘llash, gipodinamiyaga e’tibor berish, ishni oqilona tashkil etish va shu bilan bir qatorda og‘ir mehnatni chegaralashni ham hisobga olish kerak. Shuningdek, ishlab chiqarishdagi xavfsizlik masalalari tо‘g‘risidagi ma’lumotlar va jarayonlarni boshqarish va nazorat qilish, chiqindilarni zararlantirish va boshqa xavfli va zararli omillarni yuzaga keltiruvchi manbalarga alohida e’tibor qaratish kerak.
Ishlab chiqarish xonalari, yordamchi xonalar va ishlab chiqarish maydonchalari “Qurilish meyori va qoidalari”ga (QMQ) mos kelishi kerak, xonalar va ish joylarida xavfli va zararli ta’sirlar darajasi meyoriy kо‘rsatkichlardan yuqori bо‘lmasligi shart. Ishlab chiqarish maydonlari QMQ talablariga va davlat nazorat tashkilotlari tasdiqlagan qoidalarga javob berishi zarur. Ishlab chiqarish jihozlari GOST 12.2.003-74 (GOST 12.2.003-91 qо‘shmcha va о‘zgartirishlar kiritilgan) ga, QMQ va texnologik loyihalash meyorlariga mos kelishi shart.
Ishlab chiqarish uskunalari, birlamchi va tayyor mahsulotlar hamda chiqindilar binolarda yoki hududda joylashishi xodimlar uchun xavf tug‘dirmasligi kerak. Birlamchi mahsulotlarni, tayyor mahsulotlarni va chiqindilarni yuklashda va tashishda zararli va xavfli omillar yuzaga kelishining oldini olish uchun xavfsiz texnika qо‘llanilishi, yuklash ishlari mumkin qadar mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan bо‘lishi kerak.
Ishlab chiqarishda zararli va xavfli omillar mavjud bо‘lsa sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish uchun quyidagilarni amalga oshirish kо‘zda tutiladi: texnologik jarayonlarni kompleks mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish; texnologik jarayonlarlarni masofadan boshqarish; guruhiy himoya qilish vositalarini qо‘llash; zararli va xavfli omillar yuzaga keladigan texnologik jarayon va operatsiyalarni shunday omillar yuzaga kelmaydigan yoki kam jadallikda yuzaga keladigan texnologik jarayon va operatsiyalar bilan almashtirish; uskunalarni germetizatsiya qilish; xodimlar orasida charchash, monoton va gipodinamiya holatlarini oldini olish uchun ratsional ishlash va dam olish tartibini о‘rnatish; mehnat og‘irligini chegaralash; texnologik jarayonlarda yuzaga keluvchi xavfli va zararli omillardan muhofaza qiluvchi va ishlab chiqarish uskunalarini avariyaviy holatlarda о‘chiruvchi texnik, nazorat qilish va boshqarish tizimini joriy qilish; zararli va xavfli omillarni yuzaga keltiruvchi ishlab chiqarish chiqindilarini о‘z vaqtida bartaraf etish va zararsizlantirish; har biri alohida texnologik jarayonda yuzaga kelgan zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari tо‘g‘risida о‘z vaqtida ma’lumot olishni ta’minlash; texnologik jarayonlarga qо‘yilgan xavfsizlik talablari texnologik hujjatlar talablariga mos kelishini ta’minlash kabi ishlarni amalga oshirish lozim.

Download 22.83 Kb.
  1   2




Download 22.83 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



5-amaliy. Ish sharoitlarini va mehnat muhofazasi holatini yaxshilash tadbirlarining ijtimoiy iqtisodiy ahamiyati

Download 22.83 Kb.