1. Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash]




Download 21.21 Kb.
Sana25.03.2024
Hajmi21.21 Kb.
#176353
Bog'liq
PF-54 21.01.2022
8007231, 5555, adabiyotlar, Pedagogik nazokat va odob-axloq mavzu pedagogik nazokat va odob-fayllar.org, Net600A, ReadMe UzLAp Office 2003, metall-konstruksiya, 12-Jo\'g\'rofiya maydonchasi, tirik tabiat burchagi, qiLVvWaIBpGpYYTD8xwgy8IY356OLNRoxcFoktWb, \'ruza. Kombinatorika elementlari. (2), 4 - amaliy ish, ilovepdf merged (1) (1), Rahmat5, 1-topshiriq, 3-topshiriq



[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar]

[TSZ:

1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Respublika hududlarida tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hududlarda qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaxshilash, shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish bo‘yicha 2021-yil 20-avgust kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armalarini (keyingi o‘rinlarda — jamg‘armalar) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar jamg‘armalarning daromadlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishdan hamda yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion orqali sotishdan tushadigan mablag‘larning Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan xarajatlar chegirib qolinganidan so‘ng qolgan qismining 70 foizi, bundan maxsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hamda “Business city” markazlari hududlaridagi yer uchastkalari mustasno;
(2-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PF-233-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
3. Belgilansinki, jamg‘armalarning mablag‘lari quyidagi tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi:
“Yangi O‘zbekiston” massivlari, davlat uy-joy dasturlarida ko‘zda tutilgan massivlar, shuningdek, maxsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari (ichimlik va oqova suv, elektr energiyasi, tabiiy gaz tarmoqlari va avtomobil yo‘li) bilan ta’minlash;
qiymati 200 milliard so‘mdan oshadigan, investorning o‘z mablag‘lari ulushi 25 foizdan kam bo‘lmagan, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalar, shuningdek, xalqaro va respublika ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari bo‘yidagi yaxlit yer maydonlarida tashkil etiladigan yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash;
aholi punktlari bosh rejalari, hududlarning ma’muriy-rejalashtiruv topshiriqlari va batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish.
Bunda, mazkur bandda ko‘zda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida Davlat budjeti va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ham mablag‘lar ajratiladi.
4. Belgilansinki:
jamg‘armalarning mablag‘lari hisobidan qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirish markazlashtirilgan manbalar hisobidan bajariladigan qurilish-ta’mirlash ishlarining manzilli dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi asosida amalga oshiriladi;
jamg‘armalar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar manzilli dasturi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari qarori bilan tasdiqlanadi;
jamg‘armalar budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armasi shaklida tashkil etiladi hamda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmaydi.
5. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Urbanizatsiyani rivojlantirish jamg‘armasi tugatilsin.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Urbanizatsiyani rivojlantirish jamg‘armasining g‘azna hisobvarag‘idagi qoldiq mablag‘larni Sirdaryo viloyati hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazilishini ta’minlasin.
6. Jamg‘armalar mablag‘larining hisobini yuritish va hisobotlarini tashkil etish maqsadida, Moliya vazirligi tizimining umumiy shtat birliklari doirasida vazirlikning markaziy apparati tuzilmasida 2 ta shtat birligidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalarida 1 ta shtat birligidan iborat sektorlar tashkil etilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-oktabrdagi “Davlat mulki obyektlarini va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5552-son Farmoni 9-bandining ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
8. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
jamg‘armalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori loyihasini;
qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov va S.O‘. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 21-yanvar,
PF-54-son


(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2022-y., 06/22/54/0053-son; 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)

Download 21.21 Kb.




Download 21.21 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash]

Download 21.21 Kb.