Shaharlarning kengayishi, aholi sonining ortishi hamda sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalarining jadal rivojianishi suv havzalaridagi oqova suvlar ifloslanishining birdan bir omilidir




Download 0.49 Mb.
Sana08.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#70802
Bog'liq
algebra mnogochlenov, MagicRealisminEnglishliteratureanditssignificantcontribution, HISOBOT, Mavzu Kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlar, magistirlik doktorli-fayllar.org, Tarmoq xavfsizligi(mustaqil ish)

Shaharlarning kengayishi, aholi sonining ortishi hamda sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalarining jadal rivojianishi suv havzalaridagi oqova suvlar ifloslanishining birdan bir omilidir. Oqova suvlarni ko‘p miqdorda suv havzalariga tushirish bilan birga ularning tozaligini saqlab qolish xalq xo‘jaligidagi muhim vazifalar sirasiga kiradi. Shuning uchun ham oqova suvlarni tozalash usulini to‘g‘ri tanlash bilan suv havzalariga tushiriladi- gan suvlarning sanitariya me’yorlariga to‘la muvofiq kelishini ta’minlash mumkin. Oqova suvlar tarkibida turli chiqindi moddalar bo'ladi. Ularning tarkibidagi organik chiqindi moddalar turli kasalliklar chaqiruvchi bakteriyalar rivojianishi uchun qulay sharoit yaratadi. Shu bois oqova suvlarni tozalashda suv tarkibidagi chiqindi moddalarni, ayniqsa, organik moddalarni suvdan ajratib olish va zararsizlanti rish muhim vazifalardan biridir. Oqova suvlar mexanik, fizik-kimyoviy va biologik usullar- da tozalanadi Oqova suvlar tarkibidagi bakteriyalarni yo‘qotish uchun ular zararsizlantiriladi. Mexanik tozalash usuli orqali oqova suv tarkibidagi chirimagan chiqindi moddalari suzisn, tindirish va filtrlash yo‘li bilan ajratib olinadi. Kimyoviy tozalash usuli oqova suvga kimyoviy reagentlarni qo‘shishdan iborat bo'lib, bu reagentlar oqova suv tarkibidagi eri- magan kolloidli va erigan modda zarrachalarining cho‘kishiga im- kon yaratadi. Biologik tozalash usuli oqova suv tarkibidagi mikroorganizm- larning yashash sharoitiga asoslangan bo‘lib, bu organizmlar oqo va suv tarkibidagi organik moddalarni oksidlash va qayta tiklash uchun xizmat qiladi. Oqova suvlarni tozalash jarayonida tutilgan chiqindilar maxsus inshootlarda achitilib, ular quritiladi va zararsizlantiriladi.
Mazkur o‘quv qo‘llanmada shaharlar va sanoat korxonalarida hosil bo‘ladigan oqova suvlarning turi, oqova suv ta’rifi va oqo va suv turkumlari; oqova suvning umumiy chizraasi va tizimi, elementlari; oqova suv tizimlari va tarmoqlarining chizmalari, oqova suvning hisobiy sarfini aniqlash; quvur va kollektorlaming ko‘ndalang kesimi shakllari hamda ulaming gidravliktavsifi; oqova suvlarni oqizish tizimini gidravlik hisoblash; oqova suv tarmoqla rining yo‘nalishini belgilash; quvurlaming minimal diametri va ularning to‘ldirilish darajasi, suvning hisobiy oqish tezligi va mini mal qiyaligi, oqova suv tizimlarini qurishda ishlatiladigan quvurlar va ularning tutashgan joyini ulash usullari; kanal, kollektor va qu- vurlarning asosi; nazorat quduqlari va ulash kameralari; oqova suv tarmoqlarini daryo, soylar, avtomobil va temir yo‘llardan o‘tkazish usullari; oqova yomg‘ir suvi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.


Suv bilan tamilovchi korhonalar zimmasida har bino uchun ichimlik suvini bir maromdagi bosim bilan yetkazib berish masuliyati bor. Qanday qilib ichimlik suv quvurlari yotqiziladi?
Suv bilan taminlash tizimi. Bosh quvurlarni yordamchi quvurlarga ajratish irmoqlash deyiladi. Talabga qarab bosh quvurdan qo’shimcha berk (tupik) quvurlar ajralib chiqadi. Bu quvurlar esa har bir ko’cha va binoni suv bilan taminlaydi. Agar ko’chalar ajralgan holatda bo’lsa unda suv taqsimlovchilar o’rnatiladi. Agar suv to’suvchi zarur bo’lsa, u holda keyingi bino suvsiz qoladi. Shuning uchun aholi zich joylashgan joylarda qo’shimcha hizmatlar amalga oshiriladigan tizimlar qo’llaniladi (50-rasm).
Halqasimon ulanish (51-rasm) yordamida har bir bino ikki taraflama suv quvurlariga ulanadi. Agar bir bino to’suvchi ventil orqali to’silsa qolganlari suvdan uzilib qolmaydi. Bunday tizimda suv bosimi doim bir xil bo’ladi. Binoga ulanish uchun 52–rasmdagiday teshib ulash uskunasi kerak bo’ladi. Quvurlardagi armaturalar ta’mirga qulay joylarga o’rnatilishi kerak, va ular ishga yaroqli bo’lishi shart. Ko’rsatma belgilariga armatura o’rnatilgan joylar ko’rsatilgan bo’lishi lozim (53-rasm).





51-rasm.
Bosh va berk quvurlarning taqsimlanish tizimi.

52-rasm.
Halqasimon ulanish tizimi.








Halokat paytidagi gidrantlar
Eng asosiysi yong’in gidrantlari topishga oson joylarga o’rnatilgan bo’lishi kerak.
Gidrantlar yer usti va yer osti gidrantlariga bo’linadi. Yer usti gidrantlari kattaligi bilan bilinib turadi. Yer osti gidrantlarini esa quduq o’rnatiladi ichidan topiladi. Qizil chetli qora harflar bilan yozilgan oq ko’rsatma belgisi bizga yo’lni ko’rsatadi.
Ko’rsatma belgilari asosan binolarga, panjaralarga va ustunlarga o’rnatib qo’yiladi. Bunday belgilarni ranggiga qarab qanday tizim armaturasi ekanini bilib olish mumkin (13-jadval). Ko’rsatma belgilari suv uchun ko’k va gaz uchun sariq rangda bo’ladi. Belgi chetidagi qizil chiziq esa gidrant tomon yo’lni ko’rstadi. Lekin hamma gidrantlar ham huddi o’t o’chiruvchilar uchun moslangan gidrantlardaka oson topib bo’lmaydi. Qor yomg’iq paytlarida yer osti gidrantlarini faqat belgilar orqaligina topish mumkin (54-rasm).



54-rasm. bosh gidrant.
Baland qor yoqqan paytda ham gidrantlar tez topa olinadigan bo’lishi kerak!
Masalan biz biron bir bino ichida ko’rsatma belgisini topdik. Endi biz cheti qizil rangli belgini qidiramiz. T ustun ustida H harfi belgilangan va bu gidrant ekanini bildiradi. Shu ko’rsatmalar orqali biz gidrant ko’rsatilgan joyni topishimiz mumkin.
Kim ichimlik suvi quvurlaridagi suvlardan foydalanishi mumkin.
Suv quvurlaridagi suvlardan faqatgina halokat paytida foydalanish mumkin. Boshqa paytda esa faqatgina maxsus ruhsatnoma orqaligina buni amalga oshirish mumkin. Olingan suvlar o’lchami bo’yicha hisob kitob qilinadi.


Ko’rsatma belgilaridagi harflar orqali gidrant haqida malumot beradi.
13-jadval.

Belgilanishi

Ma‘nosi

H
S
A
AS
AH
SA
E
L

Gidrant
Suruvchi
Blakirovkalovchi
Blak. suruvchi
Blak. kran
Ko’cha oqishi
Bo’shatish
Shamollatish







Yuqoridagi suv ta’minoti tizimi shaklidan ko’rinib turibdiki, barcha inshootlar bir – biri bilan uzaro bog’liq va ularni birortasini ishlamasligi butun tizim ishini to’xtab qolishiga xamda iste’molchilarni suvsiz qolishiga olib keladi. Demak, har bir inshoot butun tizimni uzluksiz va ishonchli ishlashida muhim ahamiyatga ega. Ob’ektni geografik joylashuv o’rni, undagi tabiiy suv manbalarini (er usti yoki er osti) mavjudligi va albatta iste’molchi turiga, uning talablariga bog’liq holda tizim inshootlari soni, turi xamda ishlash tartiblari turlicha bo’ladi. Quyida Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan O’zbekistonga xos bo’lgan er osti suv manbalari bilan ishlaydigan tizim haqida mukammal to’xtalamiz.
O’zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo davlatlarida umumiy suv iste’moli balansida er osti suvlarining ulushi 83...90% ni tashqil etadi. Bu esa qaralayotgan hududlarni er osti suv resurslariga ega ekanligini va ulardagi er usti suvlaridan asosan sug’orish maqsadlarida foydalanishni ko’rsatadi. Ma’lumki, er osti suvlari o’zining sifat ko’rsatgichlari bilan boshqa suvlarga nisbatan ustunlikka ega, lekin ularning joylashuv o’rniga bog’liq holda ular qattiq va shurlangan bo’lishi mumkin. Suvning sifat ko’rsatgichlariga bog’liq holda ularni tozalash va ishlov berish inshootlarini tizim tarkibigi kirishi yoki kirmasligini belgilaydi. Er osti suvlaridan manba sifatida foydalanish tizimida asosan artezian quduqlari, nasoslar, zahira suv sig’imlari va suv uzatish tarmoqlari asosiy inshootlar tarkibiga kiradi. Bunday holda suv ta’minoti tizimining boshlangich qismi sifatida artezian quduqlari ishlashining ishonchliligi va ularning talab darajasidagi suv uzatish kuvvati butun tizim ishining samaradorligin belgilaydi.
Suv ta’minoti tizimi inshootlarining yong’inni oldini olish va uni bartaraf qilishda muhim ahamiyatga ega, lekin quyidagilari bevosita shu maqsalarda ishlaydi. Ular tarkibiga nasoslar va nasos stantsiyalari, zahira suv sig’imlari va suv uzatish tarmog’i kiradi. Quyida ushbular haqida batafsil to’xtalib o’tamiz.
Nasoslar va nasos shaxobchalari bajaradigan asosiy vazifa bu suvni iste’molchilarga talab qilingan miqdorda va etarlicha bosim ostida uzatib berish hisoblanadi. Suv ta’minoti tizimi turiga bogliq holda nasos shaxobchalari birinchi bosqich, ikkinchi bosqich va uchinchi bosqich nasos shaxobchalariga bo’linadi.
Birinchi bosqich nasos shaxobchalari asosan suvni manbadan olib tozalash yoki suvga ishlov berish shaxobchalariga etkazib berish uchun xizmat qiladi. Agar manbadagi suvning sifat ko’rsatgichlari ichimlik suvi bo’yicha davlat standartlari talabiga javob bersa, u holda birinchi bosqich nasos shaxobchalari suvni toza suv havuzlari (TSH), ya’ni xavuzlarga (rezervuarlarga) to’plash uchun ishlaydi. Bunday tizimda suv zararsizlantirilgandan so’ng iste’molchiga uzatiladi. Odatda er osti suvlarini TSHga etkazish uchun ETsV markali nasoslardan foydalaniladi.
Tozalangan yoki ishlov berilgan suvni iste’molchilarga etkazish vazifasini ikkinchi bosqich nasos shaxobchasi bajaradi. Ikkinchi bosqich nasos shaxobchalari suvni tarqatish yoki taqsimlash tarmog’iga etkazib beradi. Shuni alohida e’tiborga olish kerakki, II-bosqich nasos shaxobchalari boshqaruv–zahira sig’imlari va suv uzatish tarmoqlari bilan birga ishlaydi va ularda hosil qilingan bosim o’ta muhim ahamiyatga ega buladi. Chunki ob’ektning istalgan nuqtasida har qanday ixtiyoriy vaqtda yong’in bo’lish ehtimoli mavjud.
Uchinchi bosqich nasos shaxobchalari tarmoqda ehtiyoj tug’ilganda, ya’ni bosim etarli bo’lmagan hollarda qo’llaniladi. Bazi hollarda butun ob’ektning faqat bir qismi yoki bir turdagi iste’molchiga ( alohida joylashgan ob’ekt) yuqori bosim ostida suv uzatishga ehtiyoj tug’iladi va bunday muammo echimi uchinchi bosqich nasos shaxobchalarini qurish bilan echiladi. Ushbu qo’llanmada yong’inni o’chirish yoki uni oldini olish maqsadida bevosita ishlaydigan inshootlar, ya’ni suv uzatish tarmog’i, boshqarish-zahira suv sig’imlari va nasoslar masalasiga mukammal to’xtalib o’tamiz. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, barcha inshootlar va ularning alohida elementlari gidravlik hisoblari bilan talaba suyuklik va gaz mexaniqasi kursida to’liq tushinchaga ega ekanligi nuqtai nazaridan yondoshiladi. Suv uzatish tarmog’ining gidravlik hisoblash murakkab bo’lganligi sababli uninig mohiyati va amalga oshirish usullari haqida ham imkon qadar batafsil tushunchalar berib o’tamiz.
Ular quyidagicha sinflanadi:

  1. Ob’ekt turiga karab (iste’molchi): Shaxar, kurgon, sanoat, kishlok xujaligi, temir yul va xakozalarning suv ta’minoti tizimlari.

  2. Vazifasiga karab: Xujalik - ichimlik, ishlab chikarish, yonginga karshi suv ta’minoti tizimlari.

  3. Suvni uzatish usuliga karab: Bosimli va bosimsiz suv ta’minoti tizimlari.

  4. Suv manbalari turiga karab: Er usti manbalaridan (kul, daryo, kanal, suv ombori va dengiz) suv oluvchi va er osti manbalaridan suv oluvchi suv ta’minoti tizimlari.

Demak shaxar suv ta’minoti tizimlari fakat shaxar uchun, sanoat suv ta’minoti tizimlari fakat sanoat korxonalari uchun xizmat kiladi. Xujalik - ichimlik suv ta’minoti tizimlari esa axolini kunlik extiyojlarini kondirish uchun xizmat kiladi. Ularning bir biridan farki suv sifati va tizimlarning konstruktiv tuzilishidir. Ayrim xollarda yukorida keltirilgan tizimlar birlashtirilishi mumkin. Masalan, xujalik - ichimlik va yonginga karshi; ishlab chikarish va yonginga karshi; ichimlik-yonginga karshi ishlab chikarish suv ta’minoti tizimlari.
Bir yoki bir nechta ixcham joylashgan binolarni suv bilan ta’minlovchi tizimlarga maxalliy suv ta’minoti tizimlari deb xam yuritiladi, ular kupincha kishlok sharoitida uchraydi.
Agar balandlik farki juda katta bulsa zonali suv ta’minoti tizimlari kullanilishi mumkin. Bunda bosim me’yoriy darajada bulishi ta’minlanadi (0,6 MPa gacha).
Suv ta’minoti tizimlari va shakllarining asosiy elementlari va inshootlari.
Suv ta’minoti tizimi shakllari avvalom bor manbaga boglikdir. Kup xollarda daryo suvlaridan foydalaniladigan shakllar uchraydi. Ushbu shaklga asosan ichimlik uchun suv daryodan suv kabul kilib oluvchi inshootlarga kelib kuyiladi. Birlamchi nasos shaxobchalari yordamida tozalash inshootlariga yuboriladi. Tozalangan suv toza suv xavuzilariga yigiladi va ikkilamchi nasos shaxobchalari yordamida tashki suv uzatish (vodovod) va asosiy (magistrial) suv uzatish kuvurlari orkali suv uzatish (vodoprovod) tarmogiga yuboriladi. Asosiy suv uzatish tarmogi orkali esa kvartal, tuman va aloxida joylashgan iste’molchilarga taksimlanadi.

11.3-shakl. Suv ta’minoti shakllari. a-tarmoklangan, b-xalkali.
Axoli yashaydigan xududlarda (kup xollarda eng baland erga) toza suvni saklash uchun, bosimni va suv sarfini bir xil ushlab turish uchun suv bosim minorasi joylashtiriladi.
Agar er osti suv manbasi tanlangan bulsa, u xolda shakl ancha soddalashadi. Ushbu shaklda tozalash inshootlari, ikkilamchi nasos shaxobchasi bulmaydi.
Shaklda ikki va undan ortik suv manbalari bulishi mumkin. Agarda suv manbasi iste’molchilardan ancha yukorida joylashgan bulsa nasos shaxobchalarsiz suvni yukoridan pastga okishidan foydalanib (bosimsiz) shakl tuzish mumkin.
Sanoat korxonalari suv ta’minoti tizimlarining shakllari ularda mavjud texnologik jarayonlar xilma-xilligi tufayli suv sifatiga kuyilgan talablar turlicha bulganligi uchun murakkabrok buladi. Sanoat korxonalari suv ta’minoti shakllari odatdagidek (ya’ni manbadan suv olinadi-ishlatiladi-tozalanadi va suv xavzasiga yuboriladi) va aylanma (ya’ni suv manbadan olinib ishlatilib tozalangach yana kayta ishlatish uchun yuboriladi) bulishi mumkin.
Oqova suv - muhandislik qurilmalari va aholi turarjoylari, sanoat korxonalari hamda ma’muriy binolarni obodonlashtirish- ning bir ko‘rinishidir. Inson faoliyatining deyarli barchasida turli chiqindilar hosil bo‘ladi. Shu chiqindilar ichida suyuqlari nihoyat- da xavfli hisoblanadi va ular oqova suvlar deb nomlanadi. Oqova suvlar deb insonning yashash va ishlab chiqarish faoli- yati mobaynida, yog‘inlar natijasida hosil boiadigan suyuq chiqin- dilarga aytiladi. Hosil bo‘lish jarayonida toza suv tarkibi xilma-xil chiqindilar bilan to‘yinadi va natijada o'ziga xos fizik-kimyoviy hamda mikrobiologik xossalarga ega boMadi. Aholi yashash joyla- rida va ishlab chiqarish korxonalarida hosil bo‘ladigan oqova suv larni uch toifaga ajratish mumkin: Oqova suv - ilmiy texnik soha bo‘lib, tarmoqlar va inshootlar kompleks qurilmasida, aholi turarjoylari va sanoat korxonalarida paydo bo‘ladigan oqova suvlarni bir tartibda qabul qilish va ular- ni quvurlar yordamida tashqariga uzatish, tozalash, ulardan foyda- lanish yoki suv havzalariga tashlashdan oldin zararsizlantirishdan iborat. Ichki suv bilan ta’minlangan va oqova suvlarni oqizish quril malari bilan jihozlangan binolar oqova suv obyektlari hisoblanadi. Oqova suv ichki va tashqi oqova suvga bo‘linadi.
Ichki oqova suv - oqova suvlarni qabul qilish va ularni bino- dan tashqariga, tashqi oqova suv tarmoqlariga oqizish uchun xizmat qiladi. Tashqi oqova suv - oqova suvlarni aholi turarjoyi yoki sanoat korxonalaridan tashqariga, tozalash bekatlariga oqizish uchun xizmat qiladi. Oqova suv ma’lum bir maqsad uchun - maishiy-xo‘jalik, sanoat va hokazolarga ishlatilishi natijasida ma’lum miqdorda ifloslan- gan suv boiib, awalgi fizik-kimyoviy xususiyatlari va xossala- rini o‘zgartirgan, shu bilan birga, aholi turarjoylaridan va sanoat korxonalari maydonlaridan yog‘ingarchilik natijasida oqib keladi- gan suvlardir. Oqova suvlar belgilariga ko‘ra turkumlarga ajratiladi. 1. Suvning tabiatiga ko‘ra oqova suvning quyidagi turlari mavjud:- ichimlik suvlarining ishlatilishi natijasida hosil bo‘lgan oqova suvlar;- sanoat korxonalari maydonlarida yer ostidagi suvlarni tex- nologik jarayon uchun tashqariga tortib chiqarish natijasida hosil bo‘lgan oqova suvlar;- maydonlarda yog'ingarchilik natijasida hosil bo‘lgan oqova suvlar. 2. Oqova suvlar hosil bo‘lgan maydoniga qarab, ko‘rsatkichlari bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘linadi:- sanoat korxonalarida - sanoat, maishiy-xo‘jalik va yog‘ingar- chilik tufayli paydo bo‘lgan suvlar;- aholi turarjoylarida hosil bo‘lgan suvlar - suvlarning barchasi aholi turarjoylaridan tashqariga chiqariladi. 3. Oqova suvlar chiqindilanish (ifloslanish) darajasi bo‘yicha quyidagi turlarga bo'linadi:- sanoat suvlari;- maishiy-xo‘jalik suvlari;- yomg‘ir suvlari. 4. Oqova suvlar chiqindilanish xususiyatiga ko‘ra:- shartli toza;- chiqindilangan;- zaharlangan;- yuqumli kasallik tarqatuvchilar bilan chiqindilangan suvlarga bo‘linadi. 5. Oqova suvlar oqova suv tarmoqlariga doimiy tushishi holat- lariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:- oqova suvlarning doimiy oqishi - maishiy-xo‘jalik va sanoat suvlari;- davriy ravishda oqova suv tarmoqlariga tushuvchi suvlar (ba’zi hollarda uzoq uzilish bo‘lishi mumkin), ya’ni yomg‘ir suvlari. Uchinchi guruhdagi oqova suvlarni ko‘rib chiqamiz. Bu uch toifadagi oqova suvlar tarkiban, hosil bo‘lish sharoitlari, notekisligi, jadalligi va xossalari bilan bir-biridan keskin farq qili- shi mumkin. Maishiy-xojalik oqova suvlari deb, insonning yashash faoliya- ti natijasida hosil bo'ladigan fiziologik axlatlar, yuvinish, cho‘mi- lish, ovqat pishirish, kir yuvish va h.k. jarayonlarida hosil bo‘ladi- gan suyuq chiqindilarga aytiladi. Maishiy oqova suvlar aholi tu- rarioylarida, jamoat binolarida, kommunal (hammom, kir yuvish korxonalarida) hamda sanoat korxonalarining maishiy xonalarida hosil bo‘ladi. Oqova suvlarning hosil bo‘lish tartibi insonning yashash tarzi bilan bevosita bog‘liq, ularning tarkibi esa, asosan, fiziologik va xilma-xil xo‘jalik axlatlari, tarkiban mineral, organik va biologik moddalardan iborat. Ishlab chiqarish oqova suvlari turli mahsulotlar ishlab chiqa rish jarayonida ishlatiladigan suvlarning sanoat chiqindilari bilan chiqindilanishi natijasida hosil boiadi. Aksariyat sanoat korxonala rida oqova suvlar hosil bo‘ladi. Qurilish sohasi korxonalari misoli- da temir-beton, g‘isht qoliplarni yuvish natijasida, yengil sanoatda inatolami bo‘yash, meva-sabzavotga ishlov berish korxonalarida xomashyoni yuvishdan boshlab, idishlar va uskunalar yuvilishida, energetika sohasida issiq qurilmalarni sovitishda, kimyo va boshqa sanoatlarda oqova hosil bo'lishi muqarrar. Atmosfera (yog'in) oqova suvlari yomg‘ir yog1 ishi, sel kelishi, qor va muzlarning erishi natijasida hosil boiadi. Atmosfera oqo va suvlari davriy ravishda hosil bo'lishi, nihoyatda katta notekis- likka ega bo‘lishi bilan ajralib turadi. Bu oqova suvlar ochiq hududlardan oqib kelishi natijasida ko‘proq mineral moddalar bi lan chiqindilanadi. Ammo yer sirtida yig‘ilib qolgan boshqa mod- dalarni ham tarkibiga olib oqadi. Masalan, avtomobil yoqilg‘isi quyish shoxobchalarida neft mahsulotlari, o‘g‘it omborlarida kimyoviy unsurlar va boshqa moddalar bilan chiqindilanishi mumkin. Yog‘inlar atmosfera gazlari, chang va aerozollar bilan to‘yinadi, bino tomlaridan va yer yuzidan chang va axlatlarni ham yig‘adi. Tarkiban atmosfera oqova suvlarigayaqin bo'lganligi sa- babli ko‘cha va maydonlarni yuvishdan va faworalardan hosil bo‘ladigan oqova suvlar birga oqiziladi. Oqova suv miqdori saif bilan o‘lchanadi. Oqova suvlar sarfi deb ularning vaqt birligida ma’lum kesimdan o‘tgan hajmiga aytiladi va m3/kecha-kunduz, m3/s, m3/smena, mVsek, //sek o‘lchov bir- liklarida o‘lchanadi. Oqova suvlar tarkibidagi chiqindilar turli mineral, organik, biologik moddalar bilan chiqindilangan bo‘lib, bu moddalar haqiqiy eritma, kolloid eritma, suspenziya, ya’ni muallaq modda shaklida boMishi mumkin. Chiqindilanish darajasi chiqindilantinavchi mod- dalarning konsentratsiyasi bilan baholanadi. Chiqindilantiruvchi modciamrtg massaviy konsentratsiyasi deb, eritmaning hajm birligidagi moddalarning massasiga aytiladi va mg// yoki g/m3 oichov birliklarida o‘lchanadi. Erimagan holdagi zarrachalar qog‘oz filtrlarda sizish yo‘li bilan aniqlanishi mumkin. Bu ko‘rsatkich muallaq modda konsentratsi yasi deyiladi. Odatda, maishiy oqova suvlarda bu ko‘rsatkich 100 300 mg// atrofida boiadi. Erigan va kolloid holdagi organik mod dalar miqdori kislorodga kimyoviy ehtiyoj (KKE) va kislorodga biologik ehtiyoj (KBE) kabi ko‘rsatkichlar yordamida aniqlanadi. KBE ko‘rsatkichi ma’lum davr ichidagi sarflangan kislorod bilan baholanadi. Bu ko‘rsatkichning toiiq qiymati KBE^0, ya’ni 20 ke- cha-kunduz (k-k) davomidagi sarflangan kislorod miqdori hisobla nadi. Amalda bu ko‘rsatkichning tezkorlik maqsadida 5 kunligi ham ishlatiladi va KBE5 bilan ifodalanadi. KKE oqova suvlar tarkibidagi mavjud organik moddalar (qis- man oksidlanuvchi anorganik moddalar)ning kimyoviy yo‘l bi lan oksidlanishi uchun sarflangan atomar kislorod miqdoriga, KBE esa suvdagi organik moddalarning biologik yo‘l bilan, ya’ni mikroorganizmlar tomonidan iste’mol qilingan molekular kislorod miqdoriga aytiladi. Shartli ravishda KBEni KKEning bir qismi deb anglash mumkin. Odatda, maishiy oqova suvlarning KBEsi 50-250 mgO //, KKE esa 150-600 mgO// atrofida bo‘ladi. Maishiy oqova suvlar tarkibida juda ko‘p miqdorda biologik chiqindilar: mikroor- ganizm, viruslar, zambuaig‘lar hamda organik moddalar borligi sa- babli past haroratlarda ham o‘z-o‘zidan aynish, bijg‘ish jarayonlari ro‘y berishi mumkin. Odatda, to‘la KBE deb 20 kecha-kunduz davomida sarflangan kislorod miqdoriga aytiladi. Bu ko‘rsatkich uzoq muddat aniqlani- shi va nihoyatda noqulayligi sababli KBE5, ya’ni 5 kecha-kunduz davomida ham aniqlanishi mumkin. Odatda, maishiy oqova suv larda birikishidan hosil bo‘ladigan bu ko‘rsatkichlarning me’yori tindirilmagan oqova suvlarda 87 va 75 g/kecha-kunduzni, tindiril- gan oqova suvlarda esa 46 va 40 g/kecha-kunduzni tashkil qiladi. Oqova suvlarni mexanik tozalash tindirgichlarda amalga oshirilsa, biologik inshootlar hisobi tindirilgan KBE asosida bajariladi, aks hollarda tindirilmagan oqova suvlarning KBEi asosida bajariladi.
Ishlab chiqarish oqova suvlari, odatda, sanoat chiqindilari bi lan chiqindilanadi. Bu oqova suvlarning tarkibi va miqdori xil- ma-xil bo‘lib, ishlatiladigan texnologiya, xomashyo, asbob-usku- na turi va boshqa omillarga bog‘liq. Ayrim ishlab chiqarish oqova suvlari tarkibida zaharli moddalar (fenol, sianidlar, og‘ir metal- lar, mis, qo‘rg‘oshin, simob, xrom) hamda radiofaol unsurlar ham uchraydi. Sanoat korxonalarida hosil bo‘ladigan ayrim oqova suvlar ni- hoyatda oz chiqindilangan yoki umuman chiqindilanmagan bo‘li- shi mumkin. Bu oqova suvlarni shartli toza oqova toifasiga ajratish mumkin. Misol qilib sovitish tizimida hosil boiadigan oqova suv larni keltirish mumkin. Agar ishlab chiqarishda hosil boiadigan chiqindilar turi va ularning konsentratsiyasi shahar tozalash in- shootlari ishiga salbiy ta’sir etish tahdidi boisa, korxona hududi- da oqova suvlar lokal tozalashdan keyingina maishiy oqova suvlar bilan birgalikda yakuniy tozalashga jo‘natiladi. Ishlab chiqarish oqova miqdorini kamaytirish, ularning chiqin- dilanish darajasini pasaytirish maqsadida xomashyoni iqtisod qi- ladigan zamonaviy texnologiyalar ishlatish maqsadga muvofiqdir. Sanoat korxonalari hududida hosil boiadigan atmosfera oqova suvlari shu korxonaga xos chiqindilar bilan to‘yinishi ehtimoli juda katta. Yog‘ingarchilik natijasida hosil boiadigan atmosfera suvlari yomg‘ir yog‘ishi, qor va muzning erishi tufayli paydo boiadi. Oqova yomg‘ir suvlarida anchagina mineral va qisman organik chiqindilar bor. L.I. Strelsovaning maiumotlariga ko‘ra, ularda muallaq modda konsentratsiyasi 65-2440 mg//, KBES 29-71 mg//, ayrim joylarda esa bu ko‘rsatkichlar 12570 va 371 mg// gacha boiishi mumkin. Oqova yomgir suvlari suv havzalariga katta xavf tug‘diradi va ular chiqindilantiruvchi manbalardan biri hisoblanadi. Oqova yomg‘ir suvlarining sarfi ham juda katta boiishi mumkin, 1 ga maydonda hosil boiadigan oqova suvlar sarfi 150-300 //sek gacha boiishi mumkin. Oqova yomgir suvlarining kecha-kun- duzda va yil davomida hosil boiish notekisliklari juda ham keng oraliqlarda o‘zgaradi. Bugungi kunda shahar yoki munitsipalitet oqova suvlari degan tushuncha paydo boidi. Bu tushunchaning ma’nosi bir necha oqova aralashmasi, ya’ni maishiy, ishlab chiqarish va oqova yomgir suv larining aralashmasini anglatadi. Shahar oqova suvlarida ko‘proq ishlab chiqarishga xos (neft mahsulotlari, ishqorlar, tuzlar va bosh qa) chiqindilar uchraydi. Turli toifadagi oqova suvlarning turlicha chiqindi darajasiga ega boiishi, ularning tabiatan turlicha hosil boiish tartibiga bo‘ysuni- shi loyihachilar oldiga muhim masalani - ularni birga yoki alohida oqizish va tozalashni hal qilishni qo‘yadi.
Insonning yashash va ishlab chiqarish faoliyati natijasida aholi maskanlari hamda sanoat korxonalarida mineral va organik tarkib- ga ega turli chiqindi va axlatlar o‘z vaqtida bartaraf qilinmasa, ular maium ekologik xavf tug‘dirishi mumkin. Sanitariya nuqtayi nazaridan organik chiqindilar nihoyatda xavfli. Chunki ularda ro‘y beradigan mikrobiologik jarayonlar ta’sirida chirish hosil boiadi gan birikmalar atmosferani, yer osti suvlarini, ochiq havzalarni chiqindilantirishi mumkin. Aholi yashash joylari oqova suvlarini oqizish shakllarini aks ettiruvchi bosh reja tuziladi. Bosh rejada mavzelar bilan birgalikda tarmoqlar, nasos va tozalash stansiyalari, dukerlar va boshqa inshootlar ko‘rsatiladi.
Oqova suvlarni oqizish tizimi bu murakkab muhandislik tarmoq va inshootlari boiib, u turli qismlardan tashkil topadi. Oqova suv- lami oqizish tizimlarining shakli quyidagi unsurlardan iborat:
1) binolaming ichida joylashgan oqova suvlarni oqizish tar- moqlari;
2) mavze ichi oqizish tarmoqlari;
3) tashqi oqizish tarmoqlari;
4) avariya-rostlash sig‘imlari;
5) maxsus inshootlar;
6) nasos stansiyalari va bosimli tarmoqlar;
7) oqova suvlarni tozalash inshootlari;
8) tozalanmagan va tozalangan oqova suvlarni havzalarga tash- lash qurilmalari.
Aholi turar joylari, jamoat binolari hamda sanoat korxonalari binolarining ichki oqova suvlarni qabul qilish sanitar-texnik jihoz- lar, oqizish quvurlari, oqova suv tik quvurlari va binodan chiqish quvurlaridan iborat.
Oqova suvlarni oqizish tizimlarida oczi oqarlikni ta’minlash maqsadida quvurdar nishablikda yotqiziladi. Tik quvurlar tik o'rnatiladi va uchi yassi tomdan 0,3 m ga, qiya tomdan esa 0,5 m chiqib turadi. Tik quvurlarda yig‘ilgan oqova suvlar chiqishlar orqali binodan tashqariga chiqariladi. Chiqishlar deb, tik quvur- dan hovli kuzatish qudug‘igacha boigan tarmoqqa aytiladi. Ular ko'cha tomonga qarab ma’lum nishablikda yotqiziladi. Har bir suv qabul qiluvchi qurilma gidravlik to‘siq bilan jihoz- lanadi, bu to‘siq oqova suv tarmog‘idan xonaga badbo‘y hidlar- ni o‘tkazmaslik uchun xizmat qiladi. Tarmoqlarni shamollatish uchun oqova suv tarmoqlari qisman toiishgan hisoblanadi. Tik quvurlar orqali tarmoq ichidagi gazlar so‘rib olinadi. Gazlarning xonalarga kirishini cheklash uchun U-simon shaklga ega sifonlar o'rnatiladi. Bu qurilmalar gidravlik qulflar ham deyiladi va ular- da doimo 8-10 sm li suv ustuni mavjud boiadi. Ayrim paytlarda sifonlar sanitar asbobning tarkibida joylashgan bo‘lishi mumkin. Ichki tarmoqlarni tozalash uchun maxsus unsurlar - reviziyalar o‘rnatiladi. Binolardan yig‘ilgan oqova suvlar ko‘cha tarmoqlari orqa- ii kollektorga qo‘shiladi. Kollektorlar esa, o‘z navbatida, bosh kollektorga yoki tozalash inshootlariga jo‘natadi. Nasos stansi- yalari tarmoqlar nihoyatda chuqurlashib ketgan paytlarda o‘rna- tiladi. Tarmoqlar ishini kuzatish va ularni tozalab turish uchun ma’lum masofalarda kuzatish quduqlari va kameralari o‘rnatiladi. Yon tomondan qo‘shilishlarda, burilishlarda ham quduqlar o‘ma- tilishi zarur. Quvurlar tabiiy va sun’iy to‘siqlar bilan kesishgani- da maxsus inshootlar (duker va estakada) yordamida oqova suvlar oqizdiriladi. Yomg‘ir suvlarini qabul qilish uchun panjarasimon qopqoqqa ega quduqlar ishlatiladi. Tekis relyeflarda quvurlaming yotqizilish chuqurligi borgan sari oshib boradi va qurilish ishlarining murakkablashishiga olib keladi. Shu sababli ularning chuqurliklari cheklangan va 6-8 m ni tashkil qiladi. Bunday chuqur joylardan oqova suvlar nasos stansiyalari yordamida uzatiladi. Nasos stansiyalari oichami, shakli va o'rnatilgan joyiga qarab mahalliy, tuman va bosh nasos stansiyalari toifalariga boiinadi. Nasos stansiyalaridan oqova suvlar bosimli quvurlar yordamida uzatiladi.
Bosimli quvurlar ishonchliligini oshirish maqsadida ularning soni ikkitadan kam boimasligi kerak. Ko‘p hollarda nasos yor damida oqova suvlar tozalash inshootiga yuboriladi. Tozalangan oqova suvlar suv havzalariga qo‘shiladi. Avariya-rostlash sig‘im- Iatida zaruriy qurilmalar bilan jihozlangan maxsus rezervuar ish- lutiladi va ularning hajmi ma’lum vaqt davomida keladigan oqova .uvlarni ushlab turishga moijallangan. Oqova suvlarni oqizish tizimining barcha unsurlari bir-biri bilan o'/.aro bogianganligi sababli ularga juda yuqori talablar qo‘yila-
  • Tarmoqda oqova suvlarning o‘zi oqarligini tashkil qilish maq- sadida quvurlar ma’lum nishabliklarda yotqizilishi zarur Hosil boiadigan oqova suvlar yon kollektorlar va bosh kollektor yor damida hududdan tashqariga - sanitar xavfsiz joylarda joylashgan tozalash inshootlariga jo‘natiladi. Turli omillar ta’sirida bosh reja- da tizim shakli bir necha turga boiinadi. Perpedikular (markazlashmagan) shakl- oqova suvlarni oqi zish kollektorlari suv havzasi va gorizontallarga perpendikular joylashgan. Bu shakl, ko‘pincha, toiiq boiingan tizimda ish- latiladi. Atmosfera oqova suvlari havzalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri tashlanadi.

    REFERAT
    Mavzu: SUV TA'MINOTI SHAKLLARING ASSOSIY ELEMENTARI.


    Bajardi: ________________


    Tekshirdi: ________________
    Download 0.49 Mb.




  • Download 0.49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shaharlarning kengayishi, aholi sonining ortishi hamda sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalarining jadal rivojianishi suv havzalaridagi oqova suvlar ifloslanishining birdan bir omilidir

    Download 0.49 Mb.