Shahar elektr tarmoqlarida elektroenergiyani hisobga olish va nazorat qilish.
Hisobga olish va nazorat qilish tizimlarining qurilish prinsipi nazariyasi
Reja:
1. Hisobga olish va nazorat qilish tizimlarining qurilish prinsipi nazariyasi.
2. Energiyani nazorat qilish.
3. Energetik taftish asboblari.
4. Energiya isteʼmolining samaradorligini baholash.
Energetik taftish asboblari. Energetika nazorati ko‘p bosqichdan iborat. Ular oddiy ѐki mufassal tekshirishlar natijalarini o‘z ichiga olib, namunaviy tyekshirish va reja bo‘yicha tekshirishlarning natijalari bilan tasdiqlanadi. Nazorat uchun ajratilgan vaqt korxonaning turi va hajmiga bog‘liq bo‘ladi.
Energiyani avvaldan taftish qilish. Avvaldan taftish qilish ѐki tekshirish energiya taftishida muhim bosqich bo‘lib, boshlang‘ich maʼlumotlarni yig‘ishni taʼminlash uchun xizmat qiladi. (Davlat energiya nazorati). Nazorat paytida murakkab bo‘lmagan asboblar ѐrdamida nisbatan qisqa muddat ichida olingan maʼlumotlardan foydalaniladi. Boshlang‘ich nazorat kichik va o‘rta biznes korxonalari uchun bir ѐki ikki kunda o‘tkazilsa, katta korxonalar uchun esa bir haftadan ko‘p vaqt talab etadi. Energiyani sinchkovlik bilan energetik nazorat qilishdagi muhim maʼlumotlar talabni va energiya isteʼmol sohasini belgilangan holda texnik xizmat ko‘rsatish, ekspluatatsiya qilish bo‘yicha
tavsiyalar majmuasini yaratib, ularni bajarish esa energiya tejamkorligiga olib keladi.
Energiyani nazorat qilish. Sinchkovlik bilan energiyani nazorat qilish - bu asbob-uskunalar, o‘lchov asboblari ѐrdamida ko‘p energiya isteʼmol qiluvchi ishlab chiqarish jaraѐnlarini va jihozlarini tekshirishdir.
Energiya nazoratchilarida portativ ko‘chirib o‘quvchi
asbob- uskunalar, o‘lchov asboblari bo‘lishi kyerak. Ular ѐrdamida kerakli maʼlumotlarga ega bo‘lib, energiya isteʼmolining hajmini aniqlab, energiya tejalishini tadqiq qilish imkoniyati hosil bo‘ladi.
Energetik tekshirishlar o‘tkazish uchun quyidagi sakkizta bosqich bajarilishi kerak.
1. Vaqtdan unumli foydalanib korxonaning
muhim hududlarini byelgilab, loyiha-reja tuzish.
2. Standart hujjatlardan foydalanib ishlab chiqarishdagi energiya isteʼmoli haqidagi asosiy maʼlumotlar yig‘iladi.