• NAZORAT SAVOLLARI
  • Shahar ele




    Download 138.4 Kb.
    bet2/2
    Sana04.04.2023
    Hajmi138.4 Kb.
    #48624
    1   2
    Bog'liq
    21 маъруза Шаҳар электр тармоқларида электроэнергияни ҳисобга2 uz-assistant.uz
    2253-сон 11.08.2011. Avtomobil yo‘llarini qurish, ta’mirlash va saqlashda mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida, МАЖ.Эл.тар.ЛОТ (2), kimyo labaratoriya, kimyo mustaqil ish2, Dori vositalari xaqida tushuncha dorilarning boshqa omillar bilan uzaro munosabati, Metallorganik birikmalar va ularning ahamiyati, Asinxron motor ishga tushirilganda, quyidagi asosiy talablar, kafolat xat ota onalarga yozgi ta\'til 2023, O\'rnatilgan tizimlar yakuniy, s60LB1M4KDeJwKX2ry42MubwmleGxwpEE2d0Qnpw, kasr, Mahmudov Erkinjon, Shaxsiy ish reja Xodjayev 2023-24, 5-ma\'ruza
    Energiyani o‘lchash asboblari. Ko‘pchilik korxonalar energiya isteʼmoli hisobini aniqlovchi asosiy o‘lchash tizimini o‘rnatishgan. Bir oy davomida isteʼmol qilingan energiyani o‘lchash, uchun qanday isteʼmol qilinaѐtganligini bilish yetarli emas.
    SHuning uchun turli zonalardagi va ishlab chiqarish modullarda energiya sarfini o‘lchashda energiya isteʼmoli haqida ishonchli maʼlumotlar olish uchun turli usullarni qo‘llash talab etiladi. Hozirgi paytda neft, gaz, issiqlik va elektr energiya isteʼmolini o‘lchash uchun hisoblagichlar ishlatiladi.
    Elektr yuklamasi yuqori bo‘lgan ko‘pchilik korxonalarda 3 modifikasiyali energiyani nazorat kilish va hisoblashning informatsion-ulchash sistemasi-IISE-3m o‘rnatilgan.
    «Alьфа» turidagi elektr hisoblagichlar, shaxsiy kompyuterlarga ulanib Wh, I, U, W elektr energiya, tok, kuchlanish va quvvatni sutka va yillar davomida o‘lchab xotirasiga, yaʼni perfokartaga ѐzib boradi.
    1. Taftish qilishda ko‘tarib yuradigan o‘lchov asboblari. Korxonalarda o‘lchanadigan asosiy parametrlar quyidagilar:
    a) Harorat. b) Bosim.
    v) Gaz aralashmasining pechdagi hajmi. g) Elektroenergiya sathi.
    d) Yoritilganlik meʼѐri.
    Simob ѐki 3000S gacha o‘lchaydigan boshqa suyuqliklar ishlatiladi. Termometrlar va termojuftliklar (termoparalar) 10000S dan ortiq haroratda ishlatiladi. Pirometrlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontaktsiz haroratni o‘lchashni taʼminlaydi. Bu harakatda bo‘lgan buyumlarning haroratini o‘lchashda muhim bo‘lib, 20000S dan yuqori haroratni o‘lchashda ishlatiladi.
    2. Oqimni o‘lchash.
    Odatda gaz oqimi tezligini o‘lchashda Pito trubkasidan foydalaniladi. Pito trubkasining ishlash tartibi statik va harakatdagi suyuqliklar orasidagi differensiyaga, bosimni o‘lchashga asoslangan bo‘lib, bular harakatdagi gazning massasi va tezligi, tezlik bosimini hosil qiladi.

    Q=C*F*(2gh)0,5

    Q - oqim tezligi,


    S - oqim koeffitsiyenti,
    F - oqimning ko‘ndalang kesim yuzi, h - tezlik bosimi.
    3. Bosimni o‘lchash. Manometr ѐki elektron differensiallangan bosim kamerasi: 500ml. sim.ust gacha bo‘lgan bosimni o‘lchashda qo‘llaniladi. YUqori bosimlar uchun Burdon o‘lchash asboblari qo‘llaniladi.
    4. Elektrik o‘lchamlar. Kichik elektr o‘lchamlar kuchlanish, tok, quvvat, yuklash koeffitsiyenti kabi parametrlarni o‘lchashda ishlatiladi. Aktiv-reaktiv energiya hisoblagichlar 3 va 4 simli, nulli ѐki nulsiz va tok transformatorlari bilan birga bo‘ladi.
    Energiya auditi (tekshiruvi), energiya samaradorligi. Energetik tekshiruvlar O‘zbekiston Respublikasi “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida” gi qonunining 13-14- moddalariga asosan o‘tkaziladi.
    Majburiy energetik tekshiruvga taʼlluqli tashkilotlarga ѐqilg‘i – energetika manbalari isteʼmolining ѐki har bir turlarining yig‘indisi yiliga 6 ming t.u.t. dan ko‘p, ѐki 1 ming t. dan ko‘p motor ѐqilg‘isi tashkil qiladigan tashkilotlar kiradi.
    Tashkilotlarda energetik tekshiruvlarning 6 xili mavjud (ishga tushirishdan oldin va foydalanishdan oldin: dastlabki, davriy, navbatdan tashqari, mahalliy, ekspress tekshiruvlar).
    Yoqilg‘i - energetika manbalari isteʼmolchilarini energetik tekshiruvdan o‘tkazish huquqi quyidagilarga berilgan:
    -“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi va ¡здavneftgaz” inspeksiyasiga.
    -Energetik tekshiruvlar o‘tkazuvchi tashkilotlarga (bundan keyin - shu xildagi tekshiruvlarga ruxsatnomasi bo‘lgan energiya auditorlar (tekshiruvchilar) ga.
    Inspeksiya nazoratchilari muvofiqlashtirish rejasiga asosan ko‘rsatib o‘tilgan tekshiruv xillaridan faqat bittasini - ekspress tekshiruvini bajarishi mumkin. Qolgan tekshiruv xillarini faqat energiya tekshiruvlari (auditorlari) “¡здавэnyergonazorat” inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan dasturga muvofiq bajarilishi mumkin.
    Energiya auditorlari o‘z faoliyatida O‘zR davlat hokimiyati idoralarining meʼѐriy-huquqiy hujjatlariga va O‘zR Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 12 noyabr «Energetik tekshiruv va ekspertizalar o‘tkazishga oid faoliyatini lisenziyalash haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” gi 504-sonli qaroriga amal qiladi.
    Energetik tekshiruv natijalarida tashkilotlar tomonidan ѐqilg‘i– energetik manbalaridan foydalanishda aniqlangan kamchiliklar ko‘rsatilgan, aniqlangan tejash bo‘yicha mavjud zaxiralar, energiyani saqlashga doir tashkiliy va texnik qarorlar taklif qilinib, unda istiqboldagi iqtisodning jismoniy va puldagi ifodasi, hamda ularning sotilish narxi ko‘rsatilishi lozim.
    Energiyani tejash va ѐqilg‘i energetik manbalaridan oqilona foydalanish bo‘yicha byerilgan tavsiyalar ishlab turgan uskunaning ekologik xususiyatlarini va texnologik jaraѐnlarini, xavfsizlik darajasi, xodimlar ishidagi qulayliklarni, mahsulot sifati va xatarsizligini pasaytirmasligi lozim.
    Isteʼmolchining enyergetik salohiyatiga baho berish, ishlab chiqarish xususiyatini hisobga olib mahsulot ishlab chiqarish jaraѐnida qatnashuvchi har bir texnologik uskunaning turli ish rejimlaridagi energiya isteʼmolini asboblar ѐrdamida o‘lchash; energiya taʼminlashning matematik modelini tuzish; eng maʼqul energetik tyexnologik jaraѐnni aniqlash; tarkibiga turli kasb mutaxassislari (elektrik, issiqlik – texnik, mexanik, kimѐgar, metallchi va hokazolar) hamda asboblar bazasiga ega ixtisoslashtirilgan tashkilotlar berishi mumkin bo‘lgan energiya tejash salohiyatini har bir sex bo‘yicha va yaxlit korxona bo‘yicha baholash asosida amalga oshiriladi.
    Mavjud bo‘lgan ekspertlar bahosiga ko‘ra, hozirgi vaqtda ѐqilg‘i – energetik manbalarining isteʼmoli jahon miqѐsida yiliga o‘rtacha 1÷ 2% muntazam barqaror ortib boraѐtganligi, hamda uchinchi davlatlardan energiya borasida qaramlikning ortib boraѐtganligi kuzatilmoqda va u 2020 yil istiqboliga ko‘ra umumiy isteʼmolning 70% ga yetadi. Enyergiya
    isteʼmolining tez o‘sishi avvalambor jahon miqѐsidagi ishlab chiqarishi muntazam ko‘payib boraѐtganligiga bog‘liq.
    SHuning uchun energiya isteʼmolining dinamikasini ko‘rib chiqishda, uning darajasini tafsiflovchi asosiy ko‘rsatkichning o‘zgarishi bilan nisbatlash lozim.
    Yevropa Ittifoqi, AQSH, Yaponiya isteʼmolchilarining energiyadan samarali foydalanish siѐsatiga o‘tishga majbur qilgan omillar, bu – bozor mexanizmlari (enyergiya manbalari narxining oshishi energiya samaradorligi texnologiyalarini joriy qilishga darakchi bo‘lgan), hukumat miqѐsida kelishilgan va dasturlashtirilgan.
    Ushbu davlatlar tajribasining tahlili shuni ko‘rsatib turibdiki, davlat siѐsatisiz va energiya saqlash dasturisiz, energetik menejment tizimini yaratmasdan turib, tanglikdan chiqib bo‘lmaydi.
    1970 yillardagi neft tangligidan keyingi 15 yillar mobaynida g‘arbdagi sanoat davlatlarining syezilarli manbalari ishga tushirilishi mumkin bo‘lgan energiyadan samarali foydalanish siѐsati natijasida kishi boshiga energiya isteʼmol qilish hajmi barqarorlashgan, o‘sha vaqtda milliy mahsulot hajmi qariyb 30% ga oshgan.
    Bu natijalar energiya tejash siѐsatini tatbiq qilishning texnik va iqtisodiy jihatdan tashkil qilinganligi tufayli olingan.
    Agar ushbu davlatlarning energiya isteʼmoli 1973 yil darajasida qolganda edi, 1986 yilga kyelib energiya isteʼmoli 24% ga oshgan bo‘lar edi.
    Isteʼmolchilarning II guruhi ajratilgan: Energiya talablar Energiya taʼminotiga kam harajat qiluvchi yirik sanoat va isteʼmolchilar
    Birinchi guruhdagi isteʼmolchilar – sanoatning asosiy energiyaga talabgor tarmoqlari (pul, alyuminiy eritish, kimѐviy moddalar, syement, qog‘oz ishlab chiqarish va hokazolar) qatʼiy xalqaro raqobat sharoitlarida, ular energiyadan samarali foydalanishni taʼminlovchi texnologik jaraѐnlardan foydalanibgina tirik qolishi mumkin bo‘lgan. Ushbu tarmoqlarda shu ishga undovchi sabablar paydo bo‘lgan va energiyadan samarali foydalanish dasturini amalga oshirish uchun ularning asosiy vositalari bo‘lgan. SHunga qaramay, takomillashtirish jaraѐnini tezlashtirish va milliy nominasiyalarning raqobat bardoshligini oshirish uchun ular xukumat tomonidan qo‘llab quvvatlangan.
    Boshqa sohalarda, shu qatorda qolgan sanoat tarmoqlarida energiya taʼminoti bilan bog‘liq chiqimlar unchalik katta emas, shu sababli ushbu isteʼmolchilarni zudlik bilan harakat qilishga majbur qilish uchun hojat yo‘q.
    Agar o‘sha narxda isteʼmolchi to‘lashga qodir bo‘lganda edi, unda ehtimol isteʼmolchining kamayishi ro‘y bergan bo‘lar edi, bunda xizmatlar soni kam berilgan ѐki ishlab chiqarishni boshqa xil kam energiya sarf bo‘ladigan mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan edi. Isteʼmolchilarning ushbu guruhiga tegishli mablag‘lar berish va rag‘batlantiruvchi shart – sharoitlar yaratish zarur bo‘lar edi.
    Keng doirada ochiq mablag‘lashtirish dasturlari, isteʼmolchilar xulqini shakllantiruvchi va ularni energiya tejovchi texnologiya va uskunalar tatbiq qilishga chorlovchi hukumat miqѐsidagi kyelishilgan harakatlar amalga oshirilgan edi.
    Afsuski, hozirgi MDH mamlakatlarida energiya mamlakatlarida energiya manbalarini samarasiz ishlab chiqarish saqlanib kelmoqda. Hozirgi vaqtda ѐqilg‘i jahon narxidan past bo‘lgan davrda, iqtisodiѐt tizimini o‘zgartirish va uni jonlantirishdagi birinchi alomatlar davrida iqtisodiѐtning energetik samaradorligini oshirish MDH mamlakatlari uchun juda muhimdir. Energetika holatiga baho byerish shuni ko‘rsatadiki, 2005 yilga borib iqtisodiy qisish surʼati oshsa, MDH mamlakatlarida energiya va elektrga talab rivojlangan sanoat davlatlarining hozirgi darajasiga yetishi mumkin. Energiyani tyejash ularning energetika siѐsatining muhim o‘zaklaridan biri bo‘lmog‘i lozim, MDH mamlakatlarida juda ulkan energiya tejash salohiyati mavjud va kompleks energiya tejash siѐsati va ѐqilg‘i – energetika manbalaridan samarali foydalanishni oshirish bo‘yicha belgilangan ayrim dasturlarni ro‘ѐbga chiqarish MDH aʼzolari va uzoq xorijiy davlatlarning xalqaro hamkorligida ustuvor o‘rin tutishi lozim.
    Energiya isteʼmolining samaradorligini baholash va uning istiqbolini byelgilash energyetik menejmentning 2 ta muhim vazifasini yechish uchun zarurdir:
    1. Ishlab chiqarish va energiya eltuvchilar bilan savdo - sotiq qilish strategiyasini ishlab chiqish;
    2. Iqtisodiѐtning barcha sohalarida uzoq muddatli davrlardagi energiya samaradorligi va energiya tejash siѐsatini ishlab chiqish va ro‘ѐbga chiqarish.
    3. Energiya samaradorlik siѐsati bu iqtisodni, ijtimoiy taraqqiѐt va mamlakatning milliy havfsizligini barqaror-lashtirish shart– sharoitlaridir.
    Misol: AQSH da 1974-1986 yillar sanoatining energiyani ko‘p talab qilishi har yili 3,7% pasayib borgan, keyinchalik pasayish surʼati yiliga 1,2% ni tashkil etgan. 1985-1995 yillarda sovitgich uskunalarning energiya saqlash samaradorligi 3-7 marta, muzlatgichlarniki 4-5 marta ortgan. Tejash miqѐslari to‘g‘risida uylarning ommaviy fluoressentli chiroqlarga o‘tilganligidan ham bilsa bo‘ladi. Ular energiya sarflash borasida 4 marta foydali, xizmat qilish muddati ham boshqa oddiy lampalarnikidan 10 marta uzoq. Ushbu lampalarning o‘rnatilishi AQSH da 1995 yilning o‘zidaѐq AQShni o‘z IEM lari quvvatini 9,6 mln kVt ga o‘stirish zaruriyatidan qutqardi.
    -1990 yil oxirlarida AQSH da ѐritish uchun taxminan 500 mlrd kVt/s, ѐki mamlakatda ishlab chiqarilgan elektr energiyaning 20% sarflanar edi. Bunda energiyaning 40% qismi lampalarda, 40% fluoressent lampalarda va 20% katta quvvatdagi gaz zaryadsizlantirgich lampalariga isteʼmol qilinar edi.
    YAponiyada birinchi nyeft tangligidan so‘ng energiya tejash bo‘yicha choralar ko‘rilgan va u yalpi milliy mahsulot energiya talabining 35% ga pasayishga olib kyeldi.
    Biroq, oxirgi 7 yil ichida energiya taʼminoti o‘rtacha yiliga 3,1 % ko‘paygan, shuning uchun YAponiya xukumati 1993 yil “Energiya saqlash to‘g‘risidagi qonun” ni qayta ko‘rib chiqqan va yangi tahrirda quyidagi yo‘nalishlar o‘z aksini topgan:
    Umumiy energiyaning 50% ni isteʼmol qiluvchi sanoat sektorlarida tartibga solish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
    1. Sanoat korxonalari rahbariyati uchun uslubiy qo‘llanmalar (ular uchun standart va meʼѐrlarni byelgilaydi va energiyadan foydalanish bo‘yicha zaruriy ko‘rsatmalar beradi);
    2. Yiliga 3000 t.u.t. dan ortiq gaz va issiqlik ѐki 12 Gigavatt dan ortiq elektr quvvatini isteʼmol qiluvchi har bir sanoat va energetika korxonalariga energetik menejment xizmatini taʼsis qilishni yuklash;
    3. Elektroenyegiyadan foydalanish ustidan qatʼiy nazorat o‘rnatish;
    4. Korxona rahbari maʼlum bir miqdorda litsenziyalangan energiya menejerlarini tayinlash lozim va ularning faoliyatiga energiyadan oqilona foydalanish bo‘yicha choralar ko‘rish, hisobotlar berish kiradi.
    5. Energetik menejment xizmatini tashkil qilish lozim bo‘lgan katta korxonalarda zarur bo‘lgan nazorat uskunalari mavjud bo‘lib, ularning o‘zi energiya menejerlari ko‘magida energiya auditini o‘tkazishlari lozim, 300 kishidan kam ishlovchisi bo‘lgan kichik va o‘rta korxonalarida energiya auditi bepul o‘tkaziladi. Tekshirishda energiya tejash markazidan 1-2 nazoratchi qatnashadi. 1995 yil Yaponiyada taxminan 5600 ta shunday tekshirishlar o‘tkazilgan. O‘rta va katta kampaniyalarda shtatdagi energiya auditi tomonidan o‘tkaziladi. 2 ѐki 3 ekspert avval dastlabki tekshiruv o‘tkazadi, so‘ngra ishlab chiqarish jaraѐnlari mufassal tekshiruvdan o‘tkaziladi. Energiya tejash borasida aniq choralar taklif qilinadi, kutiladigan foyda va zaruriy mablag‘lar aniqlanadi.
    Rossiyada 3 ta auditorlik firmalari: ORGRES,”VTI” OAJ va “Intexenergo” MCHJ o‘tkazgan tekshirishlar quyidagilarni ko‘rsatadi:
    OR GRES tomonidan 7-IES va 7-tulgan qozonxonasi tyekshirilganda quyidagilar aniqlangan: haqiqatdan ham tekshirilgan IES larda energiya samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan asosiy ish dastlabki texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni meʼѐrdagi darajaga etkazish ѐki texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni meʼѐrdagi darajada saqlashdan iborat bo‘lgan.
    Ikkinchi muhim xulosa – uskunaning ishlatilishida bo‘lgan park manbalarining eyilganligi, demak unda yuqori xarajatli tadbirlar bajarish maqsadga nomuvofiqligidir.
    Uskuna ish ryejimlarini optimallashtirishni va nisbatan katta bo‘lmagan kapital xarajatlar bilan ishlatish tadbirlariga bog‘liq tadbirlar ro‘yxati alohida tavsifga ega.
    Energetik tekshiruvlar yakuni bo‘yicha chiqarilgan hujjatlar katta ahamiyatga ega. Ulardan asosiysi energetik pasportdir va u barcha
    manfaatdor idoralar bilan kelishilgan bo‘lishi lozim. Ushbu pasport bo‘yicha aniq bajarish muddati va xarajatlari ko‘rsatilgan tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. Ushbu hujjatni barcha bajarishga majburdir.
    Moliyalashtirish masalalari hal bo‘lgan, yaʼni bunda energetik tekshiruv xarajatlarini tarifga kiritish nazarda tutilmoqda.
    Tekshirish natijalari malakali mutaxassislardan iborat uslubiy kengash tomonidan baholanadi.
    «2020 yilgacha bo‘lgan davrning energetik strategiyasi»ga asosan davlat siѐsatining yuqori ustuvorligi sanoatning energiya samarasini oshirish hisoblanadi. Oxirgi 20 yil ichida rivojlangan mamlakatlarda energiya samarasining oshirilishi milliy tuzumning enyergiyaga talabini 21-27 % kamayishga olib kelgan, Rossiyada esa bu ko‘rsatkich oshgan va 2000 yildan keyin ham xorijga nisbatan 3,5-3,7 baravar yuqori bo‘lgan. Energiyani behuda sarflash energiya xavfsizligiga taxdid hisoblanadi, chunki energiya eltuvchilarga bo‘lgan ehtiѐjning ortishiga olib keladi.
    Energetika tangligining oldini olish usullaridan biri, bu -korxonalarda energiya va manbalarni tejash texnologiyalarini keng miqѐsda tatbiq qilishni ko‘zlovchi siѐsat yuritishdir. Boshqacha aytganda texnika va iqtisodiѐtning yanada rivojlanishi ѐqilg‘ini energyetik manbalardan unumli fodalanishni taʼminlovchi huquqiy, tashkiliy, ilmiy-texnik, ishlab-chiqarish va iqtisodiy choralar va tiklanadigan energiya manbalarini xo‘jalik aylamasiga jalb qilish asosida ro‘y berishi lozim.
    2010 yil istiqboliga ko‘ra ryespublikamizning birlamchi energiyaga talabi 73 mln. t.n.e. ni tashkil etadi. Yoqilg‘i-energyetika kompleksi taraqqiѐtining optimal variantida ѐqilg‘i – energetik manbalariga bo‘lgan ichki ehtiѐjni taʼminlovchi istiqboldagi hajmlar 58 mln. t.n.e. darajasida aks etish lozim.
    Demak, 2010 yil energetik manbalarga ehtiѐj va ularni optimal ishlab chiqarish orasidagi farq 15 mln. t.n.e. (1 t.n.e.=1,43 t.u.t.) ni tashkil etadi.
    Respublikamiz energetika tizimi tomonidan foydali uzatiladigan energiyaning 44% ni sanoat, 25%ni qishloq xo‘jaligi (asosan keng miqѐsli sug‘orish ishlarida nasos stansiyalarni ishlatish uchun), 14% ni aholi isteʼmol qiladi.
    Hozirgi vaqtda issiqlik energiyasining 25% ni «¡zbekenergo» DAK elyektrstansiyalari, 30% ni yirik qozonxonalar, 45%ni quvvati 1 dan 100 Gkal/s gacha bo‘lgan mahalliy isitish va ishlab chiqarish – isitish qozonxonalari (Hokimliklarning kommunal xizmatlariga tegishli) bermoqda, respublikamizda isitish taʼminotining markazlashtirilgan tizimi ustunlik qiladi va issiqlik isteʼmolchilarining 80% o‘z ichiga oladi (bu ko‘rsatkich g‘arbdagi mamlakatlarda taxminan 45%ni tashkil qiladi, masalan: Avstriyada – 9,5%, Germaniyada - 6%, Italiyada - 0,5%, Daniya va Finlyandiyada – 45%). Respublikamizdagi markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti yuqori samarali emas, uning asosiy sababi ochiq issiqlik suv taʼminoti tizimidan foydalanish hisoblanadi. Ilgari shu
    uskuna va materiallar bo‘lganligi va ular oddiy hamda arzon bo‘lganligidan ushbu tizim tanlangan bo‘lgan. 30 yildan ortiq ishlatish tajribasi bu tizimning samarasi va ishonchliligi past ekanligini ko‘rsatdi.
    Isteʼmolchilar tomonidan issiq suv ko‘p to‘kib yuborilaѐtganligi sababli suv tayѐrlagich uskunalar hisobsiz holatda ishlamoqda, suv sifati pasaymoqda, bu taʼminlovchi suvdagi kislorod va uglekislotaning ortishiga olib kelib, quvurlarning, isitish asboblarining ichdan zanglashi va ularning xizmat muddatining kamida 2 martadan ko‘p qisqarishiga sabab bo‘lmoqda.
    Mahalliy isitish qozonxonalarida 11 mingdan ortiq qozonlar ishlatilmoqda, ulardan ko‘pi pasportlashtirilmagan, maʼnaviy va jismoniy jihatdan emirilgan (foydali ish koeffitsiyenti 75% dan ko‘p emas), takomillashtirilgan ѐqgichlar bilan taʼminlanmagan (ѐnish jaraѐnining avtomatika vositalari va issiqlik ishlab chiqarishni rostlash vositalari yo‘q).
    Respublikamizda barcha sohalarda energiya tejash masalalari bo‘yicha vazirliklar, idoralar, korxonalar, hokimliklar faoliyatini yagona tyexnik siѐsat jihatdan muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanuvchi idora yo‘q, bu energiya tejashning perspektiv muammolari bilan unumli va maqsadli shug‘ullanishga imkon byermoqda.
    Iqtisodiѐtning yuqorida ko‘rsatilgan sohalarida yaqin orada energetika manbalarida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan tanglikni qoplashga qodir asosiy salohiyat hamda energetik samaradorlik doirasida tarmoq va hududlarning idoralararo muvofiqlashtirishni, yagona texnik siѐsat o‘tkazishni taʼmin-laydigan ishlarni boshqarish va muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat ѐki davlat-tijorat tuzilmasi shaklidagi idoraning yo‘qligi ko‘rsatilgan.
    Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 14 fevraldagi «Respublikada 2001 yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, iqtisodiy islohotlarning borishini baholash va 2002 yilda islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi yig‘ilishida Prezidentimiz I. A. Karimov energiya tejash bo‘yicha 2010 yilgacha dastur ishlab chiqishning muhimligini, foydali tyexnologiyalarni keng tatbiq qilish bo‘yicha choralar ko‘rish zarurligini, tabiiy, mineral xom ashѐ va ѐqilg‘i-energyetik manbalardan xo‘jasizliklarcha foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi lozimligini alohida ko‘rsatib o‘tdi.
    Elektr stansiyalarda 1 kVt/s elektr energiya ishlab chiqarishga sarflanadigan ѐqilg‘ining solishtirma sarfi taxminin 382 grammni tashkil qiladi, yaʼni u oxirgi 10 yillikda 13,5 grammga ko‘paygan. Rivojlangan mamlakatlarda (GTU va PTU dan foydalanadigan mamlakatlarda) 1 kVt/s elektr energiya ishlab-chiqarish uchun 230-235 gramm ѐqilg‘i sarflanadi.
    Respublikamizda 2005 yili taxminan 49,7 mlrd kVt/s elektr energiya ishlab chiqarildi. Umumiy hajmdan 48,7 mlrd kVt/s tarmoqlarga uzatildi, 20% isrof bo‘ldi, shulardan 12 % texnik isroflar, tijorat yo‘lida
    ketadigan isroflar 8-10 % ni tashkil etdi, ѐki elyektr stansiyalarning hususiy extiѐji uchun ishlatildi.

    NAZORAT SAVOLLARI:
    a) energetik taftish asboblarini vazifasi nimadan iborat? b) enyergetik tekshirishlar kanday o‘tkaziladi?
    g) korxonalarda o‘lchanadigan asosiy parametrlarni sanab uting?
    d) ѐqilg‘i - energetika manbalari isteʼmolchilarini energetik tekshi-ruvdan o‘tkazish huquqi kimlarga berilgan?
    ye) energetika tangligining oldini olish usullaridan birini ko‘rsating?
    Download 138.4 Kb.
    1   2




    Download 138.4 Kb.