OZIQA QO„SHIMCHALARI VA ULARNI OLISH
BIOTEXNOLOGIYASI
Asosiy savollar
1. Oziqa tolalar
2. Radioprotektorlar
3. Enterosorbent va biosorbentlar
4. SHirin ta‘m beruvchi moddalar
5. Oziq-ovqat mahsulotlarinining antioksidantlari
6. Konservantlar
Tayanch so‟z va iboralar: oziqa tolalar, radioprotektorlar, enterosorbentlar,
biosorbentlar,
1-savol bayoni. Oziqa tolalar-bu bir yillik, ko‗p yillik o‗simliklar,o‗tchil
o‗simliklar, donlarning poyalari, qirindilari, insonlar iste‘mol qiladigan don, meva-
sabzavotlar, rezavor mevalarning asosiy biopolmerlaridir.
Oziqa tolalar (dietik, o‗simliklarning dag‗al va xom tolalari, ballast
moddalar)- polisaxaridlar, oligosaxaridlar, shuningdek o‗simliklarning xujayra
devorini shakllantiruvchi lignin va assotsirlangan o‗simlik
moddalari
biopolimerlari kompleksi bo‗lib insonlar ingichka ichagida xazm bo‗lmaydigan va
yo‗g‗on ichagida qisman fermentlar ta‘siriga beriladigan o‗zlashtirilmaydi.
Eruvchan va erimaydigan oziqa tolalar ovqat xazm qilish tizimiga turlicha
yo‗llar bilan ta‘sir ko‗rsatadi. Oziqa tolalarning klassifikatsiyalanish sxemasi
quyida berilgan.
10-Rasm Oziqa tolalarning klassifikatsiyasi
Ma‘lumki XX asr oxirida dunyoda ―Asr kasalligi‖ deb nomlangan bir qator
kolit,
ich qotish, divertikulez, diabet, ateroskleroz, to‗g‗ri
ichak saratoni
kasalliklari rivojlanib ketdi. SHu bilan bir vaqtda insonlar organizmining tashqi
muxitning zararli ta‘sirlariga bo‗lgan qarshiligi pasayib ketdi. Bu narsa
gipodinamiya va gipokiniziya deb ataldi. Insoniyat
muskullarni faoliyatiga
pasayishi, uning xarakatining kamayishiga, ichakning ishlashiga ijobiy ta‘sir
ko‗rsatdi. Oziq-ovqat maxsulotlari tarkibida oziqa tolalar (OT)ning kamayishi bu
jarayonni yanada chuqurlashtirishga olib keladi.
Oziq-ovqat maxsulotlari
tarkibidagi eruvchan va erimaydigan OT ovqat xazm qilish traktining ishiga turli
yo‗llar bilan ta‘sir ko‗rsatadi. Oshqozonda Ot ni parchalovchi fermentlar
bo‗lmaganligi, yo‗g‗on ichakga o‗zgarmasdan o‗tadi.
Bu erdagi bakteriyalarning
fermentlari ba‘zi tolalarni metobolizlab yangi xujayralarning ko‗payishi va
qurilishi uchun energiya oladi.
Bakteriyalar fermenlari erita olmagan tolalar ichakdagi suvni ushlab turadi,
motor faoliyatini stimullaydi, karies xosil bo‗lishini
oldini oladi, shuningdek
zaxarli moddalar va radionuklidlarni o‗ziga bog‗lab olib organizmdan chiqarib
tashlash kabi enterosorbentlar funksiyasini bajaradi.
Ot ning eng muxim
vazifalaridan biri prebiotiklik ya‘ni normal ichak mikroflorasini ivojlantirish uchun
ozuqa muxiti shakllantirishdir.