• 3-savol bayoni. Enterosorbentlar va biosorbentlar.
  • Biosorbentlar
  • -savol bayoni. Radioprotektorlar




    Download 332,25 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/12
    Sana22.02.2024
    Hajmi332,25 Kb.
    #160820
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    8-maruza mavzusiga qo\'shimcha ma\'lumot

    2-savol bayoni. Radioprotektorlar- sun‘iy radirezistentlik xolatini 
    yaratuvchi preparatlardir. Ularga kelib chiqishi sun‘iy bo‗lgan moddalar va 
    birikmalar kirib, inson va hayvonlar organizmiga ularning kiritilishi ionli 
    nurlanishning zararini kamaytiradi; nurlantirishdan bir necha minut yoki bir necha 
    soat oldin 
    kiritilganda 
    nurlanishga 
    qarshi ta‘sir ko‗rsatadi.Samarali 
    radioprotektorlar ikkita sinfga bo‗linadi ; oltingugurt tutuvchilar va 
    indolilalkilaminlar. 
    3-savol bayoni. Enterosorbentlar va biosorbentlar. Enterosorbentlarbu 
    ovqat xazm qilish traktida metobolitlar, toksinlar va boshqa moddalarni bog‗lash 
    uchun foydalaniladigan maxsulotlar va preparatlardir. Ular insonning oziqlanishini 
    boshqarishdagi muammolarni xal qilishda va organizmdagi ekologik zararli 
    moddalarni chiqarish, profilaktika qilish va turli kasalliklarni davolashda 
    qo‗llaniladi. Xozirgi kunda enterosorbentlarning enterosorbsiyalash davolash 
    ta‘siri to‗rtta mexanizmi ko‗rilmoqda:
    *qondan zaxarli moddalarni ichakga ajratish va sorbent bilan bog‗lash.
    *oshqozon-ichak traktini zaxarli shirasini moddalardan tozalash va uning 
    qonga tushishini oldini olish.
    *ichak ichidagilarning lipidli va aminokislota tarkibini sorbentlar tomonidan 
    tarmoqlangan zanjirli aminokislotlarni, erkin yog‗ kislotalarni va bosh.ni tanlab 
    yutish yo‗li bilan o‗zgartirish.
    * ichakda hosil bo‗ladigan indol,skatol,fenol,ammiak, bakteriyalarning 
    zaxarli moddalari kabi zaxarli moddalarni yo‗qotish va shu yo‗l bilan jigarga 
    bo‗lgan funksional yuklamani pasaytirish. 
    Sorbentlarga 
    adsorbentlar, 
    absorbentlar, 
    ionalmashinuv 
    materiallari, 
    komplekshosil qiluvchilar kiradi.
    Oziqa qo‗shimchalari uchun enterosorbentlar sifatida qattiq struktura, fizik 
    va ion sorbsiyasi xarakterlidir. Fizik sorbsiyalash xususiyatiga bog‗liq bo‗lgan 
    qadimgi sorbentlardan biri bu aktivlangan ko‗mir, ionli sorbsiyalashga pektin 


    moddalari, o‗simlik maxsulotlaridir misol bo‗la oladi. O‗simlik materiallaridan 
    enterosorbentlarni olishning kimyoviy va biologik usullari mavjud.Eng ko‗p 
    tarqalgan enterosorbent bu lignindir. Gidrolizlangan lignindan tibbiyot uchun 
    ―polifepan‖ (polimer va fenilpropan) enterosorbenti ishlab chiqariladi.Bu preparat 
    yuqori sifatli detoksikatsion modda hisoblanadi, u nafaqat oshqozon ichak 
    infeksiyalariga qarshi ko‗rashda , shuningdek turli patologik xolatni yuzaga 
    keltiruvchi intoksikatsiyani davolashda ham foydalaniladi. 
    Biosorbentlar-olish uchun xom ashyo sifatida xitin,xitozan va mikrob 
    biomassasidan 
    foydalaniladi. 
    Mikroorganizmlar 
    hujayrasi 
    sorbsiyalovchi 
    preparatlar olishda asos sifatida bir qator ustunlikga ega:
    -ishlab chiqarish chiqindilarini utilizatsiya qilishga imkon beradi;
    -agar u yoki bu ishlab chiqarishning chiqindisi bo‗lsa nisbatan arzon narxga ega;
    -turlitabiatga ega bo‗lgan kimyoviy birikmalarning keng spektriga nisbatan 
    texnologik etarli sorbsiyalash hususiyatiga ega;
    -Optimallash jarayonini standart tarzda o‗tkazish uchun ularning qatnashishi 
    xarakterli bo‗lishi mumkin. 
    Rossiya olimlari tomonidan etanol va sut zardobida o‗stirilgan Pichia 
    membranaefaciens va Kluyveromyces fragilis achitqi zamburug‗lari hujayra 
    devorlari asosida biosorbentlar ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan.
    Biosorbent sharbat va vino materiallardan uchuvchan fenolli birikmalar va 
    og‗ir metallar, zaxarli moddalarni bog‗lab olish hususiyatiga ega. 

    Download 332,25 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 332,25 Kb.
    Pdf ko'rish