Uni makkajo‗xori, donlar, kartoshka kraxmalini fermentativ yoki kislotali
gidrolizlash orqali olinadi, so‗ng ajratilib tozalanadi va quritiladi.
D-fruktoza asal va mevalarning tarkibida bo‗ladi. Boshqa monosaxaridlarga
nisbatan ular oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash uchun - yaxshi eruvchanlik,
gigroskoplik, past qovushqoqlik, eritmalarining turg‗unligi, mahsulotning ta‘mi
xushbo‗yligini oshirish kabi qator xususiyatlarga ega.
Fruktoza qandolatchilik, alkogolsiz ichimliklar, yogurtlar, meva sharbatlari,
sabzavot pyuresi, pudingli aralashmalar tayyorlashda qo‗llaniladi. Fruktoza
o‗simliklarning xom ashyolarini ekstraksiyalash va saxaroza gidrolizatlarini
ekstraksiyalash orqali olinadi. Xozirgi kunda 90-95% fruktoza tutuvchi fruktozali
siroplar ishlab chiqarilmoqda.