Tabiiy antioksidantlardan tokoferol muxim ahamiyatga ega. Baliq moyi,
qand lavlagi, bug‗doy murtagi yog‗i, qoramol moyi tokoferolga boy. Tokoferol
moy massasining 0,003-0,02% konsentratsiyasida antioksidantlash ta‘siriga ega
bo‗ladi. O‗simliklar moylarida tokoferoldan tashqari
boshqa antioksidantlar
guruxi-gossipol va sesamol ham mavjud. Gossipol chigitda, sesamol kunju
donlarida bo‗ladi.
Natural antioksidantlarga letsiitin va karotin kiradi. Ular ko‗pchilik o‗simlik
moylari, mevalar, sabzavotlar tarkibiga kiradi.
Ularni rafinadlangan paxta, soya,
palma yog‗i, kakao yog‗iga 1-5% miqdorda qo‗shiladi.
Tabiiy antioksidantlar- ziravor o‗simliklar ekstraktlari%
Garimdori, murch, lavr yaprog‗i, shivit, razmorinlarning ekstraktlari
hisoblanadi.