• Saflor
  • Karotinoidli bo„yovchi moddalar
  • Oziq-ovqat bo„yoqlarning biotexnologik usulda olinishi




    Download 332,25 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet9/12
    Sana22.02.2024
    Hajmi332,25 Kb.
    #160820
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    8-maruza mavzusiga qo\'shimcha ma\'lumot

    Oziq-ovqat bo„yoqlarning biotexnologik usulda olinishi 
    Tabiiy bo‗yoqlar. Oziqaviy bo‗yoq sifatida ishlatiladigan tabiiy organik 
    moddalarga qo‗yidagilar misol bo‗ladi: qizil bo‗yoqlarga - karmin, meva 
    rezavorlarning sharbatlari, enobo‗yoq, malvin; sariq bo‗yoqlarga - shafran, 
    kurkuma, karotin; yashil bo‗yoqlarga - xlorofill, qo‗ng‗ir bo‗yoqlarga – qizdirilgan 
    shakar, qovurilgan kofe; oq bo‗yoqlarga - kraxmal, shakar talqoni va boshqalar. 
    Karmin - Lotin Amerika mamlakatlarida kaktuslarning ayrim turlarida 
    ko‗paytiriladigan koshenil hasharotlaridan olinadigan qizil rangdagi bo‗yovchi 
    modda. Karmin sovuq suvda qiyin eriydi, shuning uchun uning suv-ammiakli 
    eritmasi ishlatiladi. 
    Enobo„yoq - uzumning qizil navlarining tulpidan olinadigan qizil oziqaviy 
    bo‗yoqdir. Bu bo‗yoq faqatgina muhit rN 5 dan yuqori bo‗lmagan nordon 
    mahsulotlarni bo‗yash uchun ishlatilishi mumkin. U uzum tupidan ko‗-pincha 1 % 
    li xlorid kislotasi bilan ekstraksiyalash va vakuum ostida quyultirish yo‗li bilan 
    olinadi. Qizil bo‗yoqni olish uchun xom ashyo sifatida shotut (qora, qizil tut), qizil 
    lavlagi va sharbat ishlab chiqarish chiqindilari ishlatilishi mumkin. 
    Kurkuma - zanjabillar oilasiga mansub ko‗p yillik o‗tsimon o‗simlik 
    ildizidan olinadigan bo‗yoq. Kurkuma korxonalarga qurutilgan ildiz qalamchalari 
    yoki mayin yanchilgan kukun holida keltiriladi. Kurkuma suvda erimaydi, shuning 
    uchun u spirtli eritma ko‗rinishida ishlatiladi. 


    Saflor - respublikamizda o‗sadigan bir yoki ikki yillik o‗tsimon bo‗yovchi 
    saflor gullaridan olinadigan bo‗yoq.
    Krotsin - za‘faronning bo‗yovchi moddasi bo‗lib yuqori rang berish 
    qobiliyatiga ega, ko‗pincha ziravor sifatida qo‗llaniladi. 
    Karotinoidli bo„yovchi moddalar o‗simliklarning to‗qimalarida keng 
    tarqalgan va ko‗pchilik oziq-ovqat mahsulotlarining rangi ularda shu moddaning 
    mavjudligi bilan belgilanadi. Bu bo‗yovchi moddalar yordamida oziq-ovqat 
    mahsulotlarining tabiiy rangini kuchaytirish mumkin. 
    Xlorofill - yashil rangdagi qimmatli oziqaviy bo‗yoq bo‗lib, turli 
    mahsulotlarni va ichimliklarni bo‗yash uchun ishlatiladi. U o‗simliklar-ning 
    barglaridan va suv o‗tlaridan olinadi.
    Sintetik bo‗yoqlar. Bizning mamlakatimizda oziqaviy bo‗yoq sifatida 
    indigokarmin va tartrazindan foydalanishga ruxsat etilgan. 
    Indigokarmin - ko‗k rangli bo‗yoq bo‗lib, indigosulfokislotasining ik-ki 
    natriyli to‗zidaniborat. Bo‗yoq suvda yaxshi erib, toza, ko‗k rangli erit-ma hosil 
    qiladi.
    Tartrazin - sariq rangli bo‗yoq. Bo‗yoq suvda yaxshi eriydi, spirtda kam
    yog‗da erimaydi. Yaxshi yorug‗likka va haroratga bardoshliligi bilan farqlanadi, 
    lekin barcha sintetik bo‗yoqlar ichida kuchli gigroskopik modda hisoblanadi. 
    SHuning uchun uni saqlashda namlik ta‘siridan himoyalash kerak. 
    Barcha rang beruvchi moddalar qadoqlangan holda toza, quruq, yaxshi 
    shamollatiladigan, havo harorati 20 °C dan, nisbiy namligi 75% yuqori bo‗lmagan 
    sharoitda saqlanadi. 

    Download 332,25 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 332,25 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oziq-ovqat bo„yoqlarning biotexnologik usulda olinishi

    Download 332,25 Kb.
    Pdf ko'rish