hosil qilishi uchun 1 % jelelovchi pektin, 60 % shakar va 1 % kislota bo‗lishi
optimal sharoit hisoblanadi.
Tovar mahsulot sifatidagi pektin odatda quruq preparat (kukun) ko‗ri-
nishida bo‗lib, u turli xom ashyolardan (lavlagi, olma tulpi, sitrus mevalari va
boshqalardan) ishlab chiqariladi.
Pektin inson organizmidan og‗ir metallarning tuzlarini chiqaruvchi vosita
sifatida ishlatiladi. SHuning uchun tarkibida pektin moddalar ko‗p bo‗lgan
qandolat mahsulotlari qo‗rg‗oshin kabi og‗ir metallar bilan ishlay-digan ishchilar
uchun proflaktik vosita sifatida tavsiya etiladi. Pektin moddalar bilan mahsulotlar
ionlovchi nurlanishning zararli ta‘siriga qarshi vosita sifatida ham qo‗llaniladi.