4-savol bayoni. Emulgatorlar va stabilizatorlar. Emulgator oziq-ovqat
maxsulotlaridagi buikki yoki undan ortiq bir-biriga aralashmaydigan moddalarning
bir jinsli dispersini xosil qilish va saqlanish imkoniyatini ta‘minolovchi
moddalardir. Oziq-ovqat sanoatida bunday moddalar sifatida fosfolipidlardan
foydalaniladi. Xozirgi kunda Blakeslea trispora zamburug‗i biomassasidan atseton
va etanol yordamida uch bosqichli ekstraksiyalash usuli
yordamida fosfolipidlar
ajratish yo‗lga qo‗yilgan. Texnologiyaga asosan Blakeslea trisporaning 100 kgdan
8,2 kg fosfolipid olish mumkin. Sanoatda oziq-ovqat soxasida ishlatish uchun
enzimatik va kimyoviy modifikatsiyalash natijasida fosfolipidlarning xosilalarining
turli xillarini olish mumkin.
Stabilizatorlardan mikroorganimlar
yordamida polimiksan, dekstran va
boshqa polisaxaridlarni olish mumkin.
Polimiksan- Bacillus polymyxa shtammidan olinadigan ekzopolisaxariddir.
Tarkibi glyukoza (36%),mannoza (36%),galaktoza (7%)
va glyukuron kislotasi
(21%) dan tashkil topgan, molekulyar og‗irligi 1-10MDa.
Polimiksinlar kleykovinasisi past undan non tayyorlashda yuqori samarali
sifatini
oshiruvchi hisoblanib, natijada nonning xajmi, g‗ovakligi
va elastikligi
oshadi. Polimiksinni qo‗shishning optimal me‘yori unning 0,4% miqdoridadir.
Polimiksindan qovoq sharbatini stabillashda ham foydalaniladi. Dekstran
Leuconostoc mesenteroides dan olinadi va xozirgi
kunda qandolat maxsulotlari,
muzqaymoq ishlab chiqarishda stabilizator sifatida foydalaniladi.