Ruza. Non maxsulotlari assortimentlari va unli qandolat ishlab chiqarish texnologiyasi




Download 464,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana29.05.2024
Hajmi464,13 Kb.
#256455
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
13 MA’RUZA NON MAXSULOTLARI ASSORTIMENTLARI VA UNLI QANDOLAT ISHLAB



13-MA’RUZA. NON MAXSULOTLARI ASSORTIMENTLARI VA UNLI QANDOLAT 
ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
 
Reja: 
1.
 
Non mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha umumiy ma’lumot. 
2.
 
Non maxsulotlarini assortimenti. Non va non maxsulotlarini tayerlashda 
qo’llaniladigan asosiy va qo’shimcha xom ashyolar tasnifi. 
3.
 
Xamir tayyorlashda kechadigan jarayonlar (xamir bijg’itish, xamirni bo’laklash va 
tindirish). 
4.
 
Non va non maxsulotlarini pishirish. Non va non mahsulotlarini saqlash. 
5.
 
Unli kandolat mahxsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi 
 
 
Non ishlab chiqarish sanoati oziq-ovqat sanoatining eng muhim va rivojlangan sohalaridan 
biridir. Yil sayin non mahsulotlariga bo’lgan talab ortib bormoqda va ularning assortimenti 
ko’paytirilib bormoqda. 
O’zbekiston xududida 1929 yilgacha ishlab chiqarish sanoati yo’q edi, hamma erda maxalliy 
xalq o’z mexnati bilan tandirlarda non yopib ularni iste’mol qilingan. Respublikamiz bo’yicha 1-
non korxonasi Toshkent shaxrida 1929 yilda qurilgan. 1930 yil esa 2-si Samarqand va 3-si 
Toshkentda qurilgan 1980 yilga kelib Respublikamizning yirik shaxarlarida katta va o’rta quvvatga 
ega bo’lgan non ishlab chiqarish sanoati jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Non ishlab chiqarish 
korxonalariga asosiy va qo’shimcha xom ashyolar to’kma holda maxsus sig’imlarda keltiriladigan 
bo’ladi. Yangi texnologik jarayonlar qo’llanilib, lentali pechlar, xamir tayorlovchi agregatlar
xamir buklovchi mashinalar va boshqa texnologik uskunalar o’rnatiladi. Non mahsulotlarini 
pishirish gazli, elektr isitgichli pechlarda amalga oshirila boshlanadi. Nln tashishda konteyner 
usuli qo’llanilmoqda. Texnika va texnologiyalarning rivojlanishi ishchi qo’l mexnatini 
kamaytiradi, 1986 yil non ishlab chiqarish korxonalari Respublika oziq-ovqat vazirligidan Don 
maxsulotlari vazirligiga o’tkazilgan. 
Non ishlab chiqarish sanoati korxonalarida non, bulochka , makaron, qandolat maxsulotlari 
ishlab chiqarila boshlanadi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng non sanoatimiz tez 
rivojlanib ketdi. Katta quvvatli eski tipdagi non ishlab chiqarish korxonalari o’rniga zamonaviy 
uzluksiz ishlaydigan texnologik liniyalarga ega bo’lgan kichik korxonalar qurildi. Kichik non 
ishlab chiqarish korxonalarining avzalligi bir vaqtni o’zida aholini dasturxoniga 20-30 xil non 
bulka mahsulotlari issiq holda etkazib beriladi. Non ishlab chiqarish sanoati maxsulotlarning 
assortimentiga turli ko’rinish va navdagi non-bulka, suxariki, shafobaxsh xamda parxez milliy non 
mahsulotlari kiradi. Sanab o’tilgan bu maxsulotlar yuzlab nomlarga ega bo’lib bir biridan uning 
navi, shakli va pishirish usullari bilan farqlanadi. Non maxsulotlari turli navlardagi Javdar va 
bug’doy unlaridan tayyorlanadi. Non maxsulotlariga og’irligi 0,5kg va undan yuqori bo’lgan 
maxsulotlar kiritiladi. Non maxsus qoliplarda va pechning listlarida pishiriladi. Ularning 


restepturasi oddiy bo’lib, unga un, suv, tuz va xamirturush kiradi. Ayrim non turlariga kam 
miqdorda shakar, yog’, solod, patoka va xushbo’ylantiruvchi moddolar qo’shiladi. Bulka 
maxsulotlariga og’irligi 0,05-0,5 kg bo’lgan maxsulotlar kiritiladi. Ularning restepturasiga asosiy 
xom ashyolardan tashqari shakar, yog’ va boshqa ashyolar kiradi. 
Non asosiy oziqa mahsuloti hisoblanadi. Non-asosan uglevodli oziqadir, unda zarur bo’lgan 
optimal nisbat (4:1) talabiga javob bermaydi. Nonning oziqaviylik qimmati uning kaloriyasi, xazm 
bo’lishi, oqsil, vitamin va mineral moddalarning miqdori va tarkibi bilan baholanadi. Non 
tarkibidagi oziqa moddalar inson organizmi tomonidan butunlay barchasi xazm bo’lmaydi. Nonni 
xazm bo’lishiga uning g’ovakligi, ta’mi, tashqi ko’rinishi, uning navi va boshqa omillar ta’sir 
ko’rsatadi. Qanchalik uning navi yuqori bo’lsa, shunchalik uning oziqa moddalari ayniqsa oqsili 
yaxshiroq xazm bo’ladi. 1 kg nonda 70-80g oqsil mavjud bo’lib, u insonning oqsilga bo’lgan 
extiyojini taxminan 30% ni qoplaydi. Nonda mineral moddalarning umumiy miqdori 1-2 % ni 
tashkil qiladi. Uning navi qanchalik past bo’lsa, nonida shunchalik mineral moddalarning miqdori 
ko’p bo’ladi. Vitaminlar xam jaydari unlarda oliy Navli unga qaraganda ko’p uchraydi. Masalan, 
javdar va bug’doydan olingpn jaydari undan tayyolangan nonning 550g miqdori inson organizmi 
rr vitaminiga bo’lgan extiyojni to’liq, V1 vitamini 2.3 qismini, V2 vitamini 1.6 qismini qondiradi. 
Non va bulka maxsulotlari organoleptik (tashqi ko’rinishi, ta’mi, xidi, mag’iz holati) va 
fizik-kimyoviy (namlik, kislotalik, g’ovaklik, yog’ va shakarning miqdori) sifat ko’rsatkichlari 
birinchi darajali hisoblanadi, chunki maxsulot organoleptik ko’rsatkichlar bo’yicha sifatsiz deb 
topilsa, maxsulot brak (yaroqsiz) hisoblanadi va keyingi analizlar o’tkazilmaydi. 

Download 464,13 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 464,13 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ruza. Non maxsulotlari assortimentlari va unli qandolat ishlab chiqarish texnologiyasi

Download 464,13 Kb.
Pdf ko'rish