Ruza. Non maxsulotlari assortimentlari va unli qandolat ishlab chiqarish texnologiyasi




Download 464,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/14
Sana29.05.2024
Hajmi464,13 Kb.
#256455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
13 MA’RUZA NON MAXSULOTLARI ASSORTIMENTLARI VA UNLI QANDOLAT ISHLAB

Xamarturish
. Non pishirishda presslangan xamirturish, quritilgan xamirturish, suyuq 
xamirturish va xamirturish suti ishlatiladi. Xamirturish saxaramistedlar sinfiga kiruvchi dumaloq,
tuxumsimon shakldagi to’qimalardan iborat mikroorganizmdir. Tarkibida quruq moda 
quyidagilardan tashkil topgan oqsil 44-67 %, mineral moddalar 6-8%, uglevodlar 30%, vitaminlar 
va fermentlar bor. Xamirturushlar tarkibida bir qator fermentativ komplekslar bo’lib, ulardan 
asosiysi zimaza deyiladi. Bu moda xamirturish tarkibidagi shakarni achitib, etil spirt va karbonat 
angidridni (SO2) hosil qiladi. Shu xossaga ko’ra xamirda bijg’ish jarayoni bo’lib o’tadi. 
Xamirturish mikroorganizmlari uchun qulay sharoit 26-28 S, 45-50S da to’qimalar ko’payishi 
to’xtab, anabioz (karaxt) holatiga o’tib oladi. Namligi 75% ni tashkil etadi Xamirturish asosiy 
uglevodlar glikogen va tregolaza bo’lib, ular elektr manbai hisoblanadi. 
Preslangan xamirturish nordonligi 
120
-360 ml/gr (uksus kislotasi birligida) namligi 75%, 
ko’tarilish kuchi 76 minutigacha, xamirturish 6-8 S da o’z xossasini saqlab qoladi. Ishlab 
chiqarishda muzlatilgan xamirturish muzidan eritilib ishlatiladi (xona temperaturasida). 
Presslangan xamirturishga ozuqa bo’lib, shakar sanoatining chiqindisi melassa qo’llaniladi. 
Melassa to’q, suyuq konsistenstiyali bo’lib, 45-50% saxaroza, 12% azotli birikmalar, 10% mineral 
moddalardan tashkil topgan. 
Tuz
. Osh tuzi NaCl va oz miqdorda boshqa mineral tuzlar aralshmasidan iborat. Osh tuzi 
tarkibidagi aralashmalari miqdoriga ko’ra 4 ta navga bo’linadi: ekstra, oliy, 1 nav, 2 nav, yodlangan 
tuz xam ishlab chiqariladi. NaCl miqdori 97-99.5 % dan kam bo’lmasligi, suvda erimaydigan 
quruq moddalar cho’kmasi 0.03-0.85% dan oshmasligi kerak namligi 5-6% atrofida. Ishlov berish 
usuliga ko’ra tuz mayda kristalli, maydalangan va maydalanmagan tuzlarga bo’linadi. Non 
maxsulotlari ishlab chiqarishda maydalangan tuzning 1 va 2 navi ishlatiladi. Asosan tuz 26-28% 
eritma holida ishlatiladi. 
Tuz xamirning strukturasi mexanik xossasi va maxsulot ta’mini yaxshilaydi, fermentlar 
aktivligini kamaytiradi. Shu bilan birga xamirturish faoliyatini susaytirib, yarim fabrikatlar 
bijg’ish jarayonini sekinlashtiradi. 
Tuzning sifat ko’rsatkichlari organoleptik va fizik-kimyoviy usullar bilan tekshiriladi. 
Quyidagi qo’shimcha xom ashyolarni ko’rib chiqamiz. 
Shakar
. Shakarda 99,7 % saxaroza va 0.14 % namlik bo’ladi. U suvda batomom eriydi, yog’ 
ta’mi va xidi bo’lmaydi, mazasi shirin, qo’lga olib ko’rganda quruq. Shakar nam tortadigan 
bo’lgani uchun shamollatib turiladigan quruq xonada saqlanadi, bu xonaning nisbiy namligi ko’pi 
bilan 70% bo’lishi kerak, aks holda shakar nam tortib yopishqoq va kesak-kesak bo’lib qoladi. 


Undan tayyorlanadigan non maxsulotlariga shakar maza beradi, ularning to’yimliligini 
oshiradi va xamirning tuzilishini o’zgartiradi. Shakar kleykovinaning bo’kishini cheklab qo’yadi 
va shu yo’l bilan uning suv ko’tarish xususiyatini pasaytirib, xamirning qayishqoqligini 
pasaytiradi. 

Download 464,13 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 464,13 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ruza. Non maxsulotlari assortimentlari va unli qandolat ishlab chiqarish texnologiyasi

Download 464,13 Kb.
Pdf ko'rish