Ruza. Non maxsulotlari assortimentlari va unli qandolat ishlab chiqarish texnologiyasi




Download 464,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/14
Sana29.05.2024
Hajmi464,13 Kb.
#256455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
13 MA’RUZA NON MAXSULOTLARI ASSORTIMENTLARI VA UNLI QANDOLAT ISHLAB

Sut maxsulotlari
. Oziqlik qimmatiga ko’ra, sutning o’rnini xech qaysi maxsulot bosa 
olmaydi. Shuning uchun sut tabiat yaratgan ajoyib ozuqa sanaladi. Sut va sut maxsulotlari inson 
organizmi tomonidan engil va oson o’zlashtiriladi. 
Sutning oqsil moddalari to’liq qiymatli aminokislotalardan iborat. Sutda 2-4% kazein, 0,1% 
globulin va 91 % boshqa oqsillar mavjud. 
Qaymoq separatorlar yordamida sutni qaymoq va yog’siz sutga ajratish jarayonida olinadi. 
Qaymoqning tarkibida yog’dan tashqari 2.5-3.4% oqsil 3.0-4.2% laktoza, 0.4-0.6% mineral 
moddalar ham mavjud. Unda yog’ miqdori qanchalik ko’p bo’lsa, boshqa tarkibiy qismlari 
shunchalik kam bo’ladi. 
Qaymoqning xaqiqiy qismi smetana va sariyog’ ishlab chiqarishga, yog’liligi 10-20% 
bo’lgan qaymoqni esa bevosita iste’mol qilishga jo’natiladi. Qaymoqni kavlash vaqtida ko’pik 
hosil qilish hisobiga xajmini ortishi hususiyatidan qandolatchilik sanoatida foydalaniladi. 
Qaymoq sarg’ish oq rangda bo’lishi kerak. Konsistenstiyasi bir jinsli, yog’ va oqsil 
qumaloqlarsiz, ta’miga ega, toza bo’lishi kerak, Yog’ligi 10% bo’lgan qaymoqning kislotaliligi 
19T dan, yog’ligi 20.18 va 35% bo’lgan qaymoqning kislotaliligi esa 17T dan oshmasligi kerak. 
Sut konservalarning xossalari va yaxshi saqlanishi, ularni bevosita ovqatlanishda, non bilan
qandolat va makaron mahsulotlari bilan ta’minlashda foydalanish imkonini beradi. 
Quruq sut va qaymoq ikki yo’l bilan: yupqa klyonkali va purkash usulida tayyorlanadi. 
Quruq sut mahsulotlariga tabiiy va yog’sizlantirilgan quruq sigir suti, quruq qaymoq va 
boshqalar taaluqlidir. Quruq sut maxsulotlari oq, sarg’ish tusli kukundan iborat bo’lib, 
pasterizastiyalangan sutning xidi va ta’miga xos bo’lgan toza xid va ta’mga ega. Quruq sut va 
maxsulotlarining namligi germetik qadoqlanganda 4-5%dan, germatik bo’lmagan qadoqlashda 7% 
dan ortiq bo’lmasligi kerak. 
Novvoylik va qandolatchilik sanoatida xom ashyo sifatida sut zardobi va undan 
tayyorlangan turli xil maxsulotlar foydalaniladi. Sut zardobi tvorog va pishloq ishlab chiqarishning 
ikkilamchi maxsuloti hisoblanadi. U och sariq ranga, o’ziga xos nordon ta’m va xidga ega bo’lgan 
suyuqlikdir. 
Margarin. 
Margarin asosan bir necha yog’ turlardan iborat aralashma bo’lib, u xayvon va 
o’simlik yog’lariga qaymoq, sut yoki suv qo’shib tayyorlanadi. Mazasi va xidi jixatidan sariyog’ga 
yaqin turadi. Sanoatda sutli va qaymoqli margarinlar ishlatiladi. Korxonaga margarin bochkalar 
yoki yashiklarda keltiriladi. Margarinni saqlash muddati 4-10 S xaroratda 45 kun,0-4 S da 60 kun 
va 0 S dan past xaroratda 75 kun suyuq margarinning saqlash muddati 2 kun. 

Download 464,13 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 464,13 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ruza. Non maxsulotlari assortimentlari va unli qandolat ishlab chiqarish texnologiyasi

Download 464,13 Kb.
Pdf ko'rish